Ma’ruzalar 3-124
Download 237.88 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analitik hisob registrlari
- Birlashtiruvchi hisob registrlari
Alohida varaqlar kartochkalarga o‘xshash bo‘lib, ulardan formatining kattaligi va yozuv qog‘ozida bosilishi bilan farq qiladi. Ular bir qancha afzalliklarga ega bo‘lganligi sababli hisob registrlari sifatida keng qo‘llaniladi. Alohida varaqlar bir-biriga biriktirilmaganligi uchun ish jarayonida qo‘llash ancha qulay va hisob xodimlari o‘rtasida ishni taqsimlashda qo‘l keladi, hamda hisobni avtomatlashtirish talablariga mos keladi. Alohida varaqlar shaklidagi hisob registrlariga jurnal-order va ularga qo‘shimcha qaydnomalar misol bo‘la oladi.
Hisob registrlari axborotlar hajmiga ko‘ra sintetik hisob registrlari, analitik hisob registrlari va birlashtiruvchi, ya’ni sintetik va analitik hisobni birlashtiruvchi registrlarga bo‘linadi. Sintetik hisob registrlarida xo‘jalik muomalalari umumlashtirilib, pul ifodasida sintetik schotlar bo‘yicha aks ettiriladi. Sintetik hisob registrlari yoziladigan yozuvning turiga ko‘ra xronologik, sistematik va uyg‘unlashgan bo‘lishi mumkin. Analitik hisob registrlari xo‘jalik muomalalarini analitik schotlar bo‘yicha yozish uchun mo‘ljallangandir. Bu registrlarda yozuvlar sintetik registrlarga nisbatan batafsilroq yoziladi. Bu esa sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini batafsil kuzatish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun analitik hisob registrlarida xo‘jalik muomalasining mohiyatini tavsiflaydigan tushuntirish matni yozish uchun joy ajratilgan. Analitik hisob registrlarining sintetik hisob registrlari bilan parallel, lekin alohida qo‘llanilishi, analitik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomalari tuzish yo‘li bilan hisob yozuvlarini umumlashtirish va tekshirish bo‘yicha texnik ishlarning ko‘payishiga olib keladi. Birlashtiruvchi hisob registrlari sintetik va analitik hisobni o‘zida birlashtiruvchi hisob registrlari keng qo‘llanilmoqda. Birlashtiruvchi hisob registrlarining qo‘llanilishi hisob yozuvlarini qisqartiradi, alohida obyektlar hisobni analitik yo‘nalishda yuritish va bir vaqtning o‘zida sintetik hisobning umumlashgan ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shunday qilib, analitik va sintetik hisob ko‘rsatkichlari bitta amalni bajarish natijasida olinadi va sintetik yozuvlar jamini tekshirishga zarurat qolmaydi. Bunday hisob registrlariga «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 6-jurnal-order va «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 7-jurnal-order misol bo‘ladi. Ularda nafaqat bir mol yetkazib beruvchi, hisobdor shaxs bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar dastlabki hujjatlarga asosan aks ettiriladi. Analitik va sintetik hisob yozuvlarini bitta hisob registrida bunday birlashtirilishi natijasida alohida analitik hisob kartochkalarini yuritishga ehtiyoj qolmaydi. Buxgalteriya hisobi registrlari hisob yozuvlarining turlariga ko‘ra: xronologik, sistematik va uyg‘unlashgan yozuvlar hisob registrlariga bo‘linadi. Download 237.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling