Ma’ruzalar 3-124
Hisob registrlaridagi xatolarni aniqlash va ularni tuzatish usullari
Download 237.88 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korrektura usuli
- Qizil storno usuli
11.2.Hisob registrlaridagi xatolarni aniqlash va ularni tuzatish usullari
Hisob jarayonida ayrim paytlarda xatolar uchraydi va ularni o‘z vaqtida tuzatish zarur. Xatolarni topish uchun yozuvlarni tanlab yoki yoppasiga tekshirish usullari qo‘llaniladi. Yozuvlardagi xatolar har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, hujjatlarda va hisob registrlarida matn yoki summa noto‘g‘ri yozilgan, natural yoki qiymat ko‘rsatkichlarini jamlashda xatoga yo‘l quyilishi, xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda schotlar korrespondensiyasi noto‘g‘ri tuzilishi, yozuvlar tegishli bo‘lmagan boshqa registrlarga yozilgan bo‘lishi mumkin va h.k. Aniqlangan barcha xatolar hisobot tuzilgunga qadar tuzatilishi lozim. Hisob registrlaridagi xatolarni tuzatishda xatoning xususiyati va aniqlangan vaqtiga qarab quyidagi usullardan birortasi qo‘llaniladi: korrektura, qizil storno vaqo‘shimcha yozuv. Korrektura usuli ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar topilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usulda noto‘g‘ri yozuv ustidan, uni o‘qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va yuqorisiga to‘g‘ri yozuv yozib quyiladi. Bunday tuzatish to‘g‘risida tegishli registrning bo‘sh joyiga izoh berilib, xatoni tuzatgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Jurnal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar tuzatiladi. Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin yozuvlar bosh daftarga o‘tkazilmasdan oldin, registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun belgilangan bo‘sh qator yoki grafada, maxsus buxgalteriya ma’lumotnomasi(spravkasi) asosida amalga oshiriladi. Jamlangan ma’lumotlar daftarga o‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni tuzatishga yo‘l quyilmaydi. Bunday vaqtda ham xatoni tuzatish maxsus tuziladigan buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu ma’lumotnomadagi yozuv Bosh daftarga alohida o‘tkaziladi. Ma’lumotnoma esa xato topilgan jurnal-orderga ilova qilinadi (tikib quyiladi). Qizil storno usuli schotlar aloqasida yo‘l quyilgan va schotlarga tarqatib yozilgandan so‘ng yoki hisobot tuzilgandan so‘ng topilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usul noto‘g‘ri schotlar aloqasi bilan yozuv yana o‘shaning o‘ziday qilib qizil siyoh bilan yoziladi. Shundan so‘ng to‘g‘ri yozuv oddiy rang bilan yozib quyiladi. Summalar jamlanganda xato yozuv va qizil rang bilan yozilgan (storno) yozuv o‘zaro bir-birini yo‘qotadi va to‘g‘ri yozuv qoladi.
Download 237.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling