Ma’ruzalar 3-124
Ko‘p grafali registrlarda
Download 237.88 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiziqli hisob registrlarida
Ko‘p grafali registrlarda bir tomonida (odatda debet tomonida) bir necha kolonkalar bo‘ladi (xarajatlarni moddalar bo‘yicha hisobga olish daftarlari yoki kartochkalari).
Shaxmatli registrlar – bu kataklarga bo‘lingan registrlardir. Bunday registrlarda yozuvlar kolonkalar va satrlarning kesishgan joyida amalga oshirilib, bir vaqtning o‘zida schotning debeti vakrediti bo‘yicha aks ettiriladi (jurnal-orderlar, bosh daftar va boshqalar). Chiziqli hisob registrlarida bir xil axborotlar bitta satr bilan yoziladi. Masalan, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar qaydnomasi tegishli sintetik schotni hisobdor shaxslarning nomlari bo‘yicha zarur miqdordagi analitik schotlarga bo‘lish imkonini beradi. Hisobning avtomatlashtirilgan shaklida hisob registrlari sifatida natijaviy ma’lumotlarni alfavit tartibda belgilashga mo‘ljallangan mashinagrammalar qo‘llaniladi. Analitik hisob mashinogrammalarida analitik schotlar bo‘yicha sistemalashtirilgan dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari, zarur vaqtlarda esa xarajat moddalari bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatilgan holda aks ettiriladi. Bunday mashinagrammalar jurnal-order shaklida qo‘llaniladigan qaydnomalar o‘rnini bosadi. Ular hisob yuritish, nazorat va xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish hamda hisobotlar tuzish uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Buxgalterlik yozuvlarni hisob registrlariga sifatli yozish hisobning aniqligini oshirishning muhim shartidir. Yozuvlar hisob registrlariga qo‘lda (siyoh yoki sharikli ruchka pastasi bilan)yoki yozuv mashinkasi yordamida yoziladi. Hisob registrlariga yoziladigan yozuvlar: hujjat bilan asoslangan, o‘z vaqtida, qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi lozim. Bu talablarga rioya qilish korxona faoliyatini joriy nazorat va iqtisodiy tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlarni hisob registrlaridan olishga imkon beradi. Hisob registrlariga yozilgan yozuvlar to‘g‘risida shu registrlarga yozish uchun asos bo‘lgan dastlabki hujjatlarning jami ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. Download 237.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling