Ma’ruzalar 3-124


Realizatsiya jarayoni va moliyaviy natijalar hisobi


Download 237.88 Kb.
bet59/75
Sana06.05.2023
Hajmi237.88 Kb.
#1434717
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi va audit

10.3.Realizatsiya jarayoni va moliyaviy natijalar hisobi
Sotish jarayonining hisobi. Sotish jarayoni xo‘jalik jarayonlarini ichida oxirgisi bo‘lib, bunda ishlab chiqarish jarayoni natijasida tayyorlangan mahsulotlar sotilib, pul ko‘rinishida korxonaga kirim qilinadi. Shu bilan birga bu jarayonda sotish natijalari aniqlanadi, sotish natijalari esa, foyda yoki zarar bo‘lishi mumkin.
Sotish jarayoni hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
-sotish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobini tashkil etish;
-sotish natijasida olingan daromadlarni ular hosil bo‘lgan joylari bo‘yicha to‘g‘ri hisobini tashkil etish;
- sotish natijalarini to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida aniqlash.
Sotish jarayonida ishlab chiqarishda tayyorlangan mahsulotlarni realizasiyasi ro‘y beradi, uning hisobini yuritish uchun 9000 «Asosiy faoliyatdan olingan daromad» scheti mo‘ljallangan.
Maxsulotni sotishdan olingan daromadni xisobi 9010 schetda, tovarlarni sotishdan olingan daromadlarni xisobi 9020 schetda, ishlarni bajarish va xizmat kursatishdan olingan daromadlarning xisobi esa, 9030 schetda xisobga olinadi.
Sotilgan tayyor maxsulotlarni tannarxini xisobini yuritish uchun 9110 schet, sotilgan tovarlarning tannarxini xisobini yuritish uchun 9120 schet, bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxini xisobini yuritish uchun esa, 9130 schetlar mo‘ljallangan.
Masalan, tayyor maxsulot uchun xaridorlarga schet yuborilsa,
Debet 4010 schet 2 000 000 so‘m.
Kredit 9010 schet 2 000 000 so‘m.
Sotilgan tayyor maxsulotlarning tannarxini xisobdan chikarilishi esa, kuyidagi buxgalteriya provodkasi orkali aks ettiriladi:
Debet 9110 schet 1 500 000 so‘m.
Kredit 2810 schet 1 500 000 so‘m.
Maxsulotni sotishdan olingan moliyaviy natijani aniqlanishi 9910 –«Yakuniy moliyaviy natija» scheti orqali amalga oshiriladi, ya’ni:
Debet 9910 schet 1 500 000 so‘m.
Kredit 9110 schet 1 500 000 so‘m.
Bir vaqtning o‘zida
Debet 9010 schet 2 000 000 so‘m.
Kredit 9910 schet 2 000 000 so‘m.
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» scheti yordamida mahsulotni sotishdan olingan daromad va shu mahsulotning tannarxi solishtiriladi. 9910 schetning kredit qoldig‘i foydani, debet qoldig‘i esa, zararni bildiradi.
Korxonalarda tayyor mahsulotda tashqari asosiy vositalar, valyuta mablag‘lari, materiallar, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa aktivlar ham sotilishi mumkin. Ushbu sotish jarayonlarining hisobi 9210 –«Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish», 9220 –«Boshqa aktivlarni hisobdan chiqarish» schetlarda aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni sotishdan olingan foydaning hisobi 9310 schetda, boshqa aktivlarni sotishdan olingan foydaning hisobi esa, 9320 schetda yuritiladi.
Sotish jarayonining xususiyati shundan iboratki, uning ro‘y berishi natijasida sotilgan aktivlarning o‘rniga korxonga pul mablag‘ining kirimi amalga oshiriladi.

Download 237.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling