Ma’ruzalar 3-124


Hisob siyosatini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat


Download 237.88 Kb.
bet72/75
Sana06.05.2023
Hajmi237.88 Kb.
#1434717
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi va audit

Hisob siyosatini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
I. Hisob siyosati ishlab chiqish uchun zarur buxgalteriya hisobi obyektlarini aniqlash
II. Hisob obyektlaridan kelib chiqib hisob siyosatini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan shart‐sharoitlar
III. Birlamchi qoidalarni tanlash va asoslash, hisob siyosatini tuzish
IV. Har bir obyekt bo‘yicha buxgalteriya hisobining zarur usullari va amallarini tanlash
V. Konkret korxona uchun hisob yuritishusullarini tanlash
VI. Korxona hisob siyosatini rasmiylashtirish (buyruq, farmoyish)
Hisob siyosatini shakllantirishning birinchi bosqichida uning predmeti aniqlanadi. Chunki har bir xo‘jalik yurituvchi sub’yekt o‘zining buxgalteriya hisobi obyektlari to‘plamiga ega. Ikkinchi bosqichda hisob obyektlarining tarkibidan kelib chiqqan holda, hisob siyosatini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadiganmuayyan shart-sharoitlar aniqlanadi. Uchinchi bosqichda oldingi bosqichda aniqlangan, yo‘l quyilgan qoidalarga nisbatan hisob siyosatining tuzilishi tahlil qilinadi. To‘rtinchi bosqich buxgalteriya hisobini yuritishning muqobil usullaridan maqbulini tanlashdan iborat. Beshinchi bosqichda muayyan korxona uchun buxgalteriya hisobi usullari tanlanadi. Oxirgi, oltinchi bosqichda tanlangan hisob siyosati hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Hisob siyosatining variantini tanlashga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
- korxonaning tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy maqomi (mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli, tarmoq va faoliyat turi, ko‘lami);
- tadbirkorlikdagi joriy va uzoq muddatli maqsadlari (korxonani kengaytirish, qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish,
raqobatbardoshlikni mustahkamlash va b.);
- faoliyat xususiyatlari – ishlab chiqarish (texnologik tuzilmasi, ishlatiladigan resurslar), tijorat (ta’minot va sotigshni tashkil etish, hisob kitob tizimi va shakllari), moliyaviy (bank, soliq inspeksiyasi bilan o‘zaro munosabatlar), boshqaruv (tuzilmasi, mulkdorlarga bog‘liqligi, ularga hisobot taqdim etish tartibi);
- kadr ta’minoti – xodimlarning malakasi;
- xo‘jalik vaziyati – bozor infratuzilmasining rivojlanganligi, buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligining ahvoli.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy tamoyillari va qoidalari O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni, Buxgalteriya hisobi Milliy standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan.
Korxona hisob siyosatini tanlashda uning muayyan xo‘jalik vaziyatiga mos kelishini ta’minlaydigan, ma’lum tamoyillardan kelib chiqish zarur.

Download 237.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling