Ma’ruzalar 3-124


Hisob siyosatini shakllantirish tamoyillari


Download 237.88 Kb.
bet73/75
Sana06.05.2023
Hajmi237.88 Kb.
#1434717
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi va audit

Hisob siyosatini shakllantirish tamoyillari:

  • To‘liqlik

  • O‘z vaqtidalik

  • Muvofiqlik

  • Ehtiyotkorlik

  • Mazmunning shakldan ustuvorligi

  • Oqilonalik

To‘liqlik. Korxona tomonidan tanlangan buxgalteriya hisobini yuritish usullari korxonadagi barcha xo‘jalik faoliyati faqtlarini aks ettirishi lozim. Ushbu talab har bir faktni hujjatlashtirish vap hisobda aks ettirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
O‘z vaqtidalik moyili xo‘jalik faoliyati faktlarini sodir bo‘lgan paytda aks ettirish lozimligini bildiradi.
Muvofiqlik. Korxona tomonidan tanlangan hisob usullari hisobning har xil turlari tomonidan shakllantiriladigan ma’lumotlarning muvofiqligini, masalan, har bir hisobot davrida analitik hisob oborotlari va qoldiqlarining sintetik hisob schotlarinikiga tengligini ta’minlash uchun asos yaratadi.
Ehtiyotkorlik. Korxonada qo‘llaniladigan usullar buxgalteriya hisobida daromadlar va aktivlarni aks ettirishga qaraganda, yo‘qotishlar va passivlarni aks ettirish imkoniyatini ko‘proq ta’minlashi lozim. Bu hisobga faqat olingan daromadlar qabul qilinishini, ayni paytda barcha kutilayotgan majburiyatlar va potensial zararlar hisobga olinishi lozimligini bildiradi.
Mazmunning shakldan ustuvorligi. Buxgalteriya hisobining tanlangan usullari sodir bo‘lgan xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shakli, balki iqtisodiy mazmuni va vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda hisobga olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Ushbu tamoyil korxonaga boshqa korxonalardan noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan, lekin bunday faktlar aniqlanganidan so‘ng, korxona ichida tuzatilishi lozim bo‘lgan dastlabki hujjatlar olinganida amalga oshiriladi. Shuningdek, operatsiya sodir bo‘lganligi boshqacha usul bilan, masalan, olingan tovar alohida tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha barcha quyilgan talablarga rioya qilingan holda, qabul qilinishi mumkin.
Oqilonalik. Hisob siyosati shunday tuzilishi lozimki, bunda buxgalteriya hisobi oqilona va tejamli, korxona ko‘lami va faoliyat miqyosiga mos tarzda yuritiladi. Ko‘rsatilgan tamoyillar korxona tomonidan o‘z hisob siyosatini ishlab chiqish va qabul qilishning asosini tashkil etishi lozim. Ularga rioya qilinmasligi korxonanig mulkiy va moliyaviy ahvolini buzib ko‘rsatishi mumkin.
Korxona tomonidan yuqorida ko‘rib chiqilgan farazlar va tamoyillardan kelib chiqqan holda, qabul qilingan hisob siyosati korxonada buxgalteriya hisobi tizimining yahlitligini ta’minlaydi. U korxonadagi hisob jarayonlarining barcha – uslubiy, tashkiliy va texnik jihatlarini qamrab oladi.
Hisob siyosatining uslubiy jihati korxonada mulklarni va majburiyatlarni baholash, amortizatsiya hisoblash va shu kabilarni qanday usullari qo‘llanilishini ko‘rsatadi.

Download 237.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling