Ma’ruzalar matni fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni 1-ma'ruza. Kirish. Chiqindilar rekuperatsiyasi haqida tushuncha Reja
Ikkilamchi mineral va energetik resurslar
Download 342.03 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
1.5. Ikkilamchi mineral va energetik resurslar.
Ikkilamchi materiallar resurslari - bu ishlab chiqarish chiqindilari va iste'molga yaroqsiz va chiqindilarning majmuasi bo‛lib, ularni mahsulot ishlab chiqarishda asosiy yo'ki yordamchi material sifatida qo‛llash mumkin. Bundan tashqari, bu guruhga shartli ravishda qo‛shimcha yoki alokador mahsulotlarni ham kushish mumkin. Ular sanoat uchun materiallar resursining potensial rezervlari hisoblanadi. Hozirgi paytda bunday resurslardan to‛liq foydalanilmayapti. Ikkilamchi energetik resurslar - texnologik jarayonlar natijasida qurilmalarda paydo bo’ladigan chiqindilar, qo‛shimcha va oraliq mahsulotlarning energetik potensiali bo‛lib, ulardan korxonaning o‛zida yoki qo‛shni korxonalarni energiya bilan ta'minlashda qisman yoki to‛liq qo‛llash mumkin. Ikkilamchi energetik resurslarni 3 guruhga bo’lish mumkin: 1. Yonilg‘i ikkilamchi energetik resurslari. 2. Issiqlik ikkilamchi energetik resurslari. 3. Mexaniq ikkilamchi energetik resurlari. Yonilg‘i ikkilamchi energetik resurslari guruhiga texnologik uchoqlardan chiqadigan tutunli gazlarning fizik issiqliklari, materiallar oqimining issiqliklari, issiqlik almashinuvi qurilmalaridan keyin sovutuvchi suvlarning issiqliklari va boshqalar kiradi. Mexanik ikkilamchi energetik resurslari guruhiga texnologik jarayonlarda paydo bo’ladigan yoki qo‛llaniladigan siqilgan gazlarning energiyasi kiradi. Nazorat savollari. 1. «Chiqindisiz texnologiya» atamasining shartliligini isbotlang. 2. «Chiqindisiz texnologiya» deb nimaga ataladi? 3. Kam chiqindili texnologiya deb nimaga aytiladi va uning tashkil etishning asosiy sharti nimadan iborat? 4.Xom-ashyolardan hamma tomonlama foydalanish, ishlab chiqarish chiqindilari, iste'molga yaroqsiz chiqindilar, ikkilamchi materiallar resurslari va ikkilamchi energetik resurslar haqida batafsil ma'lumot bering. 5.Ikkilamchi energetik resurslar necha guruhga bulinadi? 6. Xom-ashyo tarkibidan olinadigan qimmatbaho komponentlarga misollar keltiring. 7. Davriy (uzluksiz) ishlaydigan qurilmalarning FIK ni hisoblaydigan formulani keltiring. 8. Termodinamika qonunlarini «chiqindisiz texnologiya»ga qanday tadbiq etish mumkin? 9. «Chiqindisiz texnologiya» atamasi fanga birinchi marotaba kim tomonidan kiritilgan? 10. Tabiiy resurslarga misollar keltiring. 11. Chiqindisiz yoki toza ishlab chiqarish konsepsiyasining mohiyati nimada? 12. Chiqindisiz ishlab chiqarishni yaratishga nima to‛sqinlik qiladi? 13. Chiqindisiz ishlab chiqarishda energiyadan qanday foydalaniladi va termodinamika ikkinchi qonunining qanday cheklanishlari bor? 14. Chiqindisiz ishlab chiqarishning iloji bormi? Download 342.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling