Ma’ruzalar matni


SHisha buyumlar va konstruksiyalar


Download 4.32 Mb.
bet45/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

5. SHisha buyumlar va konstruksiyalar
Kovakli shisha bloklar payvandlangan ikki bo‘lakdan iborat bo‘lib, nurni taratuvchi, issiqlik va tovush izolyasiyalovchi xususiyatlarga egadir. SHisha blok ichki tomonidagi chiziqli bo‘rtmalar nurni taratishga yordam beradi. Ularning nur o‘tkazuvchanligi 65% kam emas, nurni taratishi 25%, issiq o‘tkazuvchanligi 0,4 Vtm0S atrofida bo‘ladi. SHisha bloklar rangli va ko‘p bo‘lmali bo‘lishi mumkin. Ular santexkabinalarda, maishiy xizmat, ovqatlanish muassalarida, zinapoya bo‘lmalarida ishlatilishi mumkin. SHisha bloklar temirbeton karkas ichiga maxsus qorishma bilan terilib konstruksiya tayyorlanadi. Ular yonmaslik talablari qo‘yiladigan sanoat va jamoat binolarida ishlatiladi (4.1-rasm).
SHishapaketlar ikki yoki uch qatlam oynani maxsus ramalarga havo kirmaydigan qilib germetiklar yordamida o‘rnatiladi. SHishapaketlar terlamaydi, issiqlik va tovush izolyasiyalovchi bo‘ladi. Ular oynaning oddiy, toblangan, nur qaytaruvchi va rangli turlari asosida tayyorlanadi.
SHishapaketlar jamoat va sanoat binolarida ishlatilishi mumkin.
SHishaprofilit qobirg‘a, shveller, tavr, yarimaylana, paket ko‘ndalang kesimli (profilli) bo‘lib, maxsus mustahkam shishadan tayyorlanadi. SHveller profilli shisha profilit eni 250-500 mm, paketliniki 250-300 mm bo‘lishi mumkin. Ularning armaturali va armaturasiz, rangli va rangsiz turlari bo‘lib, yig‘ilayotganda maxsus sovuqqa va suv muhitiga chidamli moslamalar (prokladka) yordamida zichlashtiriladi. Ular sanoat binolari, sport inshootlari, transport to‘xtash joylari qurilishida ishlatiladi
SHisha naylar ingichka kapillyardan tortib to diametri 150 mm gacha bo‘lgan qalin devorli holda ishlab chiqariladi. SHisha naylar kimyo, oziqovqat, dorishunoslik, meditsina va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Ular ichi silliq bo‘lib, gigiena talablariga javob beradi. SHisha naylar mo‘rt, egilishdagi mustahkamligi kichik, issiqqa bardoshligi 400S atrofida bo‘ladi.
Ko‘pik shisha bir tartibda joylashgan yumaloq kovakchalarning (diametri 0,1-0,6 mm) o‘zaro yupqa shisha devor bilan ajratilishidan hosil bo‘lgan. Ko‘pik shisha sanoatda ishlab chiqariladigan shisha chiqindilarni obdon tuyib, unga gaz hosil qiluvchi qo‘shilmalar (koks, ohaktosh, marmar va sh.k.) qo‘shiladi va 700-9000S eritilib, qolipga quyiladi. Suyultirilgan shishada qo‘shilmalar gaz hosil qiladi va qotish jarayonida buyumda mayda g‘ovakchalar paydo bo‘ladi. Bu esa buyumning o‘rtacha zichligi, issiqlik va tovush o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Ko‘pik shishaning g‘ovakligi 85-95%, o‘rtacha zichligi 200-400 kgm3, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,080,12 Vtm0S, siqilishdagi mustahkamligi 0,5-12,5 MPa atrofida bo‘ladi.
Ko‘pik shishadan o‘lchamlari 1000x500x125 mm yoki 500x500x125 mm li blok va plitalar tayyorlanadi. Ko‘pik shishani arralash, kesish yoki parmalash mumkin. Undan tayyorlangan buyumlar sovuqqa hamda kimyoviy agressiv muhitlarga chidamli bo‘ladi.
Ko‘pik shisha qurilishda ko‘p qatlamli temirbeton panellarda, g‘isht va yog‘och taxta devorlarda, pollar va qavatlararo plitalarda, issiqlik izolyasiyasi qatlami sifatida ishlatiladi. Sirti 4000S gacha qiziydigan uskuna va quvurlarni qoplashda ham issiqlik izolyasiyasi materiali tarzida ishlatish mumkin.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling