Ma’ruzalar matni


SHlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar


Download 4.32 Mb.
bet47/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

6. SHlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar
Temir rudasini eritib cho‘yan olganda eritma yuziga suyuq shlak ko‘tariladi. Uni turli shakldagi qoliplarga quyib, qurilish uchun buyumlar olinadi. Bunday buyumlar pollar qurishda, qoplama plitalar sifatida agressiv muhit ta’sir etadigan joylarda ko‘plab ishlatiladi. Bunday texnologiya asosida tez va arzon qurilish buyumlarini tayyorlash mumkin.
Aynan shu usul bilan bazalt, qumtosh, karbonatli tog‘ jinslarini eritib, qoliplarga quyib yuqori mustahkam, agressiv va atmosfera muhitiga chidamli buyum olish mumkin. Xom ashyoning turi olingan buyumning xossalariga va rangiga ta’sir qiladi.
Xom ashyoning erish haroratini pasaytirish uchun plavik shpat (SaF2) singari qo‘shimchalar qo‘shiladi. Mayda donali bir xil strukturali massa olish uchun xom ashyo tarkibiga minerallashtiruvchi qo‘shimchalar (xromit, magnezit va sh.k.) qo‘shiladi. Eritma kimyoviy tarkibini o‘zgartirish bilan uning issiqqa bardoshligini, haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientini, mustahkamligini, agressiv muhitga chidamligini boshqarish mumkin.
Ayniqsa, domna va marten pechlari shlaklaridan qurilish materiallari tayyorlash iqtisodiy samara beradi. CHunki, pechdan maxsus qorishtirgichga uzatilgan, 1350-14500S haroratdagi shlakka istalgan qo‘shimcha aralashtirib quyish, shtamplash, prokatlash va sentrafugalash usullarida buyumlar tayyorlash imkoniyati mavjud.
Quyma tosh buyumlarning o‘rtacha zichligi 2900-3000 kgm3, g‘ovakligi 12% bo‘lib, yopiq xarakterga ega. SHu tufayli ular sovuqqa o‘ta chidamli, issiqqa bardoshli bo‘ladi. Ularning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 200-240 MPa, egilishdagi mustahkamligi 20-30 MPa. Edirilishi 0,7 gsm2 bo‘lib, tabiiy toshlarga (diabaz, granit) nisbatan 2-5 marta bardoshlidir. Eritilgan tosh materiallar atmosfera, agressiv muhitga chidamlilik talab etilgan joylarda, intensiv edirilish, erish va muzlash kuzatiladigan muhitlarda ishlatiladi. Ular yo‘l qurilishida mustahkam, chidamli toshli qoplamalar, kimyoviy moddalar ishlab chiqaradigan zavodlar, metall quvurlar o‘rnini bosadigan diametri 200-1200 mm bo‘lgan tosh quyma quvurlar sifatida ishlatilishi mumkin.
Rangli tosh quyma plitalar bino fasadlarini bezashda, arxitektura qismlarini tayyorlashda ham ishlatiladi.
YUqori haroratdagi suyuq shlakni ko‘pirtirib va tez sovitib ko‘p g‘ovakli material-termozit olish mumkin. YUqori 1200-14000S haroratdagi suyuq shlak juda kichik teshiklardan bosim ostida ip singari chiqqan eritmaning sovishidan hosil bo‘lgan engil, issiqlik izolyasiyasi materiali shlak paxtasi deyiladi. Uning o‘rtacha zichligi 250-300 kgm3, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,05 Vtm0S.
7. Sitallar va ular asosidagi buyumlar

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling