Ma’ruzalar matni


G‘ovakli keramik to‘ldirgichlar


Download 4.32 Mb.
bet41/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

G‘ovakli keramik to‘ldirgichlar
Keramzit-tarkibida kimyoviy bog‘langan suvi ko‘p bo‘lgan oson eriydigan gillarni tez qizdirish natijasida ko‘pchitib olingan g‘ovak material. Gilning ko‘pchishini oshirish uchun ko‘mir kukuni, qipiq, pirit kuyindilari va shu kabilarni qo‘shish mumkin. Keramzit tayyorlash jarayoni keramik materiallar olish jarayoni singari bo‘lib, keramzit soqqachalari avval tayyorlanib keyin xumdonda kuydirib olinadi va zarur bo‘lsa keramzit maydalanadi. Keramzit soqqachalari granulyator, lentali presslar va teshikli vallar yordamida tayyorlanadi. Xomashyo quritish barabanlarida quritilgach aylanma pechlarda 25-45 minut davomida pishiriladi.
Keramzit shag‘ali 5-10, 10-20 va 20-40 mm fraksiyalarda, qumi esa 5 mm gacha bo‘ladi. O‘rtacha zichligiga nisbatan keramzit shag‘ali 150, 200, 250, 300, 350, 400, 450, 500, 550, 600, 700 va 800 kgm3 markalarda bo‘ladi.
Keramzitning silindrda siqilishga sinalgandagi markasi 0,3-5,5 MPa. Suv shimuvchanligi 15-25%, sovuqqa chidamligi 15 sikl.
Keramzit engil betonlar uchun to‘ldirgich va issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Agloporit-gil va ko‘mir kukuni aralashmasi granulalarini (soqqachalar) aglomeratsiya panjarasida pishirib olinadi. Aglomeratsiya panjarasida 25-45 minut davomida pishirilgan xom ashyo palaxsasi sovitilgach maydalanadi va fraksiyalarga ajratiladi. Uning o‘rtacha zichligi 300-1000 kgm3, siqilishga mustahkamligi 0,3-3 MPa. Agloporit keramzit singari engil betonlar olishda, issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Nazorat savollari

  1. Keramik materiallar xom ashyosi tarkibini qaysi asosiy minerallar tashkil etadi?

  2. Keramik buyumlar tayyorlashda plastik, yarim quruq usullarni tushuntirib bering.

  3. Oddiy va effektiv g‘isht turlarini izoxlab bering.

  4. CHinni, yarim chinni va fayans buyumlar tarkibi va xossalarini aytib bering.

  5. Keramik qoplama plitkalar tarkibi va asosiy xossalarini aytib bering.

  6. Qanday keramik g‘ovak to‘ldirgichlarni bilasiz?



Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling