Ma’ruzalar matni


Kislotaga chidamli plitkalar


Download 4.32 Mb.
bet40/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Kislotaga chidamli plitkalar oliy va birinchi navlarda 6 xil markada: farforli kislotaga bardoshli (KF), dunitli termokislotaga bardoshli (TKD), gidroliz sanoati uchun termokislotaga bardoshli (TKG), qurilish konstruksiyalari uchun kislotaga bardoshli (KS), shamotli kislotaga bardoshli (KSH) va shamotli termokislotaga bardoshli (TKSH). Plitkalar kvadrat, to‘g‘ri burchakli, ponasimon va qo‘shaloq shakllarda bo‘ladi.
Plitka o‘lchamlari: uzunligi va eni 50-200 mm, qalinligi 15-50 mm bo‘ladi. Plitkaning suv shimuvchanligi 0,4-8%, kislotaga bardoshligi 9799%, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10-15MPa, egilishdagi mustahkamlik chegarasi 10-40MPa, sovuqqa chidamligi 15-20 sikl va termik bardoshligi 2-10 marta issiqlik almashish sikli.
Plitkalar apparat va uskunalarni, qurilish konstruksiyalarini, pol va gaz yo‘llarini kislota ta’siridan, termokislotaga bardoshli plitkalar esa pishirish qozonlari ichini qoplash uchun ishlatiladi.
Kislotaga chidamli quvurlar tashqi va ichki tomonlari kislotaga bardoshli sir bilan qoplanadi. Quvurlar maxsus texnologik usulda gil massasini o‘ta zichlashtirib tayyorlanadi. Quvurlar kimyo, o‘g‘itlar ishlab chiqarish, sellyuloza-qog‘oz sanoatlarida ishlatiladi.
Olovbardosh keramik materiallar. Bu jixatdan keramik materiallar olovbardosh (1580-17700S), olovbardoshligi yuqori (177020000S) va olovbardoshligi o‘ta yuqori (20000S yuqori) turlarga bo‘linadi.
Olovbardosh materiallarga g‘isht, blok, plita va fason elementlari kiradi.
Mineral tarkibiga ko‘ra olovbardosh materiallar qumtuproqli, alyumosilikatli, magnezitli, xromli va uglerodli bo‘ladi.
Qumtuproqli (dinasli) olovbardosh buyumlar kvars qumi va gil asosida tayyorlanadi. Dinasli buyumlar olovbardoshligi 1710-17500S, siqilishga mustahkamligi 15-35 MPa. Dinasli buyumlar sanoat xumdonlari (marten, koks, sement pishirish) ichini qoplashda ishlatiladi.
Alyumosilikatli olovbardosh buyumlar kvars, shamot, gil va kaolin aralashmasi asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1610-17100S, siqilishga mustahkamligi kamida 10 MPa bo‘lib, koks, shisha eritadigan xumdonlar ichini qoplashda ishlatiladi.
SHamotli olovbardosh buyumlar olovbardosh gil va shamot asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1710-17300S, siqilishdagi mustahkamligi 10-12,5 MPa. Ular domna, keramika xumdonlari, bug‘ qozonlari ichini qoplashda ishlatiladi. Olovbardoshligi yuqori buyumlar tarkibida 45% ortiq Al2O3 bo‘lgan xom ashyo (boksit, korund) asosida tayyorlanadi. Ularning olovbardoshligi 1770-20000S bo‘lib, shisha eritish xumdonlari qurilishida va boshqa sanoat korxonalarida ishlatiladi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling