Ma’ruzalar matni


-rasm. Fasadbop keramik plitkalar


Download 4.32 Mb.
bet36/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

5.4-rasm. Fasadbop keramik plitkalar


Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar. Devor qoplanadigan plitkalar mayolika va fayans turlariga bo‘linadi. Fayans plitkalari kaolin, dala shpati va kvars qumi aralashmasi, mayolika esa qizil gillardan press avtomatlarda yarim quruq, presslash usullarida tayyorlanadi.
Plitkalar sirlangan va sirlanmagan, gulli va gulsiz, relefornamentli, shaffof, yaltiroq va yaltiramaydigan, bir xil rangli va turli rangli bo‘lishi mumkin. Plitkalar shakli va ishlatish joyiga qarab kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, fason shaklli bo‘ladi.
Ichki bezak plitkalari 150x150 mm, 150x100 mm, 150x75 mm va qalinligi 4-6 mm va boshqa o‘lchamlarda ishlab chiqariladi (5.5-rasm). Ichki devor plitkalarining suv shimuvchanligi 16% gacha, egilishdagi mustahkamlik chegarasi 12 MPa bo‘lishi, 125±50S dan 15-200S gacha harorat o‘zgarishida darzlar hosil bo‘lmasligi kerak.
Gilam nusxa-koshinkor plitkalar quyma usulda tayyorlanadi. Plitkalar
20 tur o‘lchamlarda ishlab chiqariladi: chekkalari 25, 35, 50, 75, 100 va 125 mm kvadrat, 25x100 mm to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida va boshqa o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin. Plitkalarning qalinligi 2,5 mm, tashqi yuzasi esa turli rangli va fakturali bo‘ladi.
Ichki devorlarni bezak plitalari turar joy, jamoat va sanoat binolarining sanitariya-gigiena xonalarini bezashda, konstruksiyalarni namdan va vaqtincha alangadan saqlash maqsadida qoplanadi.

5.5-rasm. Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar


Polbop keramik plitkalar qiyin eriydigan va erimaydigan gil va qo‘shimchalar asosidagi xom ashyoni pishirib olinadi. Polbop plitkalar suv o‘tkazmaydigan, kislota va ishqor eritmalari, yog‘ va shirin moddalar eritmalariga chidamli, edirilishga bardoshli bo‘lishi kerak. Suv shimuvchanligi 4% oshmasligi shart. Plitkalar kvadrat,to‘g‘ri to‘rtburchak, besh, olti, sakkiz qirrali bo‘lishi mumkin. Ular 16 tipda (200-4)x(17349)x(10-13) mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Plitkalar yuzasi silliq, relefli, bir va bir necha rangli, yaltiroq va yaltiramaydigan, rasmli va rasmsiz bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda seriografik usulda qoplangan yirik o‘lchamli plitkalar (200x200x11 mm) jamoat va turar joy binolari pollarini bezashda ishlatilmoqda.
Pollarni qoplash uchun tomonlari 23 va 48 mm bo‘lgan qalinligi 6 va 8 mm kvadrat va to‘g‘ri burchakli mozaika plitkalar ishlatiladi. Plitkalar oq va rangli bo‘lishi mumkin, suv shimuvchanligi esa 4% gacha bo‘ladi. Mozaik plitkalardan gilam nusxalar tayyorlanishi pollar qilishda mehnat sarfini kamaytiradi.
Polbop plitkalar jamoat binolarining vestibyullarida, yo‘laklarida, laboratoriya xonalarida ishlatiladi. 5.Maxsus keramik materiallar va buyumlar
CHerepitsa. CHerepitsa oson eriydigan gillardan pazli shtamplangan, pazli lentasimon, yassi lentasimon va konkisimon turlari ishlab chiqariladi (3.6rasm). CHerepitsa ishlab chiqarishdagi jarayonlar keramika texnologiyasi singaridir. CHerepitsa tombop mustahkam, atmosfera muhitiga chidamli, olovga bardoshli material bo‘lib, 300 yilgacha xizmat qilishi mumkin. CHerepitsa massasining kattaligi, tomga o‘rnatish nishabining yuqoriligi (30% kam emas), tomga yopish jarayonida qo‘l mehnatining ko‘pligi uning kamchiligi hisoblanadi. CHerepitsa tomda biri ikkinchisining ustiga chok bostirib qo‘yilgani uchun foydali yuzasi 50-85% tashkil etadi. CHerepitsaning suv shimgandagi massasi 50-60 kgm2 bo‘lishi mumkin. Sovuqqa chidamliligi esa 25 sikldan kam bo‘lmasligi shart.


Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling