Ma’ruzalar matni


Keramik buyumlar strukturasi va umumiy xossalari


Download 4.32 Mb.
bet33/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Keramik buyumlar strukturasi va umumiy xossalari

Keramik materiallar tarkibi qotib qolgan eritmaning uzluksiz fazasi (matritsa) va erimagan gilsimon, changsimon va qumli fraksiyalar (karkas) hamda havo to‘lgan g‘ovak va bo‘shliqlardan iborat bo‘lgani uchun ularni kompozitsion materiallar deyish mumkin. Matritsa materiali mikrostrukturani va matritsa karkas bilan birgalikda makrostrukturani tashkil etadi. Keramik materiallarning matritsa qismi kristall tuzilishdagi alyumosilikat minerallardan va amorf tuzilishdagi shishasimon oson eriydigan komponentlardan iborat bo‘ladi.
Keramik materiallarning zichligi 2,5-2,7gsm3; o‘rtacha zichligi 200-2300 kgm3; siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,05 dan 1000MPa gacha bo‘ladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti: absolyut zich keramikani 1,16 Vt(m.0S), g‘ovak keramik materiallarniki 0,07-1,0 Vt(m.0S) bo‘ladi. Keramik materiallarning issiqlik sig‘imi 0,18-0,22 KJkg.0S, issiqlikdan chiziqli kengayish koeffitsienti esa 0,00014.
Keramik materiallarning suv shimuvchanligi g‘ovakligiga qarab 0 dan 70% gacha bo‘ladi, sovuqqa chidamliligi esa quyidagi markalarga teng: 15; 25; 35; 50; 75 va 100 (sikllar).

  1. Devorbop keramik buyumlar

Devorbop keramikaga oddiy keramik g‘isht, turli effektiv keramik materiallar (kovakli, g‘ovakli va kovakli-g‘ovakli g‘ishtlar, engil, kovakli keramik toshlar, bloklar va plitkalar) hamda yirik o‘lchamli bloklar va g‘isht, keramik tosh asosidagi panellar kiradi.
Keramik g‘ishtlar va toshlar. Keramik g‘isht va toshlar oson eriydigan gillar va qo‘shimchalar qo‘shilgan gillar asosida tayyorlanadi va asosan bino, inshootlar tashqi va ichki devorlarini qurishda ishlatiladi.
G‘isht va keramik toshlar o‘lchamlariga qarab quyidagicha turlanadi: Oddiy g‘isht 250x120x65 mm (5.3, a-rasm.), modulli 250x120x88 mm (5.3, brasm), yirik 288x138x65 mm (5.3, v-rasm), oddiy tosh 250x120x138 mm (5.3, grasm), yirik tosh 250x138x138 mm(5.3, d-rasm), modulli tosh 250x250x138 mm (5.3, e-rasm) va kovaklar gorizontal joylashgan toshlar 250x250x120 mm va 250x250x80 mm(3.3, j, z).


Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling