Ma’ruzalar matni


-rasm. Keramik g‘isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi


Download 4.32 Mb.
bet32/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

5.1-rasm. Keramik g‘isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi 1-gil kareri; 2-ekskavator; 3-gil zaxirasi; 4-vagonetka; 5-yashikli uzatgich; 6qo‘shimchalar; 7-begunlar; 8-valetslar; 9-lentali press; 10-keskich; 11taxlovchi moslama; 12-telejka; 13-quritish xonalari; 14-tunnel pechi; 15-o‘zi yurar telejka; 16-omborxona.
Gidravlik yoki mexanik press qolipda bir va bir necha buyum presslab olinishi mumkin. Bu usulda plastik usulda olinadigan hamma buyumlar tayyorlanishi mumkin.
Quruq usul yarim quruq usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli bo‘lib, presskukun 2-6% namlikda bo‘ladi. Bunda xom ashyo massasidan tayyorlangan buyumni quritishga zarurat bo‘lmaydi. Bu usulda zich keramik buyumlar-plitkalar, yo‘lka g‘ishtlari, fayans va chinni buyumlar tayyorlanadi.
SHliker usuli xom ashyo massasi ko‘p komponentli bo‘lganda, notekis tarkibli va qiyin pishadigan komponentlar bo‘lsa, murakkab shakldagi buyumlarni qoliplashda quyma uslubiyat zarur bo‘lganda ishlatiladi.
Bunda xom ashyo massasi namligi 40% gacha bo‘ladi. Bu usulda qoplama plitkalar, sanitariya-texnika buyumlari tayyorlanadi.
Buyumlarni quritish. Buyumlar pishirishdan avval 5-6% namlikgacha quritilishi kerak, aks holda ular notekis kirishishi, darz ketishi va shakli o‘zgarishi mumkin. Buyumlarni tabiiy va sun’iy usulda quritish mumkin.
Buyumlarni tabiiy usulda 10-15 kun davomida bostirmalarda quritiladi va quritish jarayoni havoning nisbiy namligi va haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Buyumlar sun’iy quritish usulida davriy va doimiy ravishda ishlaydigan maxsus quritish kameralarida amalga oshiriladi. Kameralar pishirish xumdonlari tutun gazlari, maxsus xumdonlarda hosil qilingan gazlar (harorat 120-1500S) bilan isitiladi. Buyumlar 1-3 sutka davomida quritiladi.

5.2-rasm. Lentali vakuumli press


1-shnekli val; 2-presslovchi golovka; 3-munshtuk; 4-gilli brus; 5-parrak; 6vakuum-kamera; 7-reshetka; 8-gilni ezg‘ilovchi moslama.
Buyumlarni pishirish. Pishirish keramik buyumlar ishlab chiqarishning oxirgi va xal etuvchi jarayonidir. Bu jarayonni shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin: buyumni qizdirish, kuydirish va sovitish. Buyum 100-1200S qizdirilganda undan fizik bog‘langan suv chiqib ketadi. Harorat 450-7500S ko‘tarilganda buyumdan kimyoviy bog‘langan suv chiqib ketadi va organik aralashmalar yonib ketadi, gilli mineral buzilib amorf xolatga o‘tadi.
Harorat 800-9000S etganda oson eriydigan birikmalar eriydi va komponentlar zarrachalari yuzalari chegarasida qattiq fazalarda kimyoviy jarayonlar davom etadi. Buyum 1000-12000S haroratgacha qizdirilganda zichlashadi va massa kirishadi. Bu kirishish gilning turiga qarab 2-8% tashkil etadi. Buyum asta-sekin sovitiladi. Sovitilgan keramik buyumlar toshsimon xolatga o‘tadi va mustahkam, suvga va sovuqqa chidamli bo‘ladi.
Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli, rolikli va boshqa xumdonlarda pishiriladi.
Halqasimon xumdon ellips shaklidagi tutash pishirish kanali bo‘lib, shartli ravishda 16 dan 36 gacha bo‘linadi. Kameralarda yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va xumdondan chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi. Halqasimon xumdonda olov markazi, maxsus moslama vositasida, boshqa zonalar kabi pishirish kanali bo‘ylab to‘xtamasdan siljiydi, pishirilayotgan buyumlar esa qo‘zg‘almas holatda bo‘ladi.
Halqasimon xumdonlarda asosan g‘isht va cherepitsa pishiriladi.
Pishirish harorati 900-11000S bo‘lib, bu jarayon 3-4 sutka davom etadi. Xalqasimon xumdonlarda harorat kanal bo‘ylab bir tekis taqsimlanmaganligi uchun buyumlar turlicha sifatda pishadi. Bu usulda qo‘l mehnati ko‘p bo‘lib, jarayonni mexanizatsiyalantirish qiyin.
Tunnel xumdonlarda (uzunligi 100 m gacha) buyum vagonetkalarda harakatlanadi. Bu usulda buyumlar harakatlanib pishirish operatsiyalari qo‘zg‘almas bo‘ladi. Buyumlar yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va xumdondan chiqarib olish operatsiyalari natijasida pishirib olinadi. Pishirish jarayoni 18-38 soat davom etadi. Bu xumdonlar ishlashini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin. Tunnel xumdonlarda mehnat unumdorligi yuqori bo‘lib, brak mahsulot kam bo‘ladi. Tunnel xumdonlarda sirlangan plitkalar, sanitariya-texnika buyumlari, kanalizatsiya quvurlari ikki marta pishiriladi. Birinchi marta pishirishda maxsus konsellarda joylashtirilgan plitkalar 1240-12500S haroratda pishiriladi. Pishirilgan plitkalar navlarga ajratiladi, sirlanadi, kapsellarga joylashtiriladi va ikkinchi marta 11400S haroratda pishiriladi. Kanalizatsiya quvurlari, qoplama g‘ishtlar va fasadbop plitkalar quritilgandan keyin sirlanadi va bir marta pishiriladi.
Keramik buyumlar pishirilish darajasi, shakli, o‘lchamlari, tashqi ko‘rinishi, turli nuqsonlariga nisbatan navlarga ajratiladi. Pishirilish darajasi bo‘yicha ularni normal pishgan, chala pishgan va o‘ta pishgan buyumlarga bo‘lish mumkin.
Keramik buyumlar omborxonalarda qurilish ob’ektlariga yuborilguncha saqlanadi. G‘isht va keramik toshlar metall tagliklarga terilgan xolda ochiq maydonlarda, sanitariya-texnika buyumlari komplektlangan holda maxsus yashiklarda berk omborlarda saqlanadi.


  1. Download 4.32 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling