Ma’ruzalar matni


-rasm. Ikki yarusli prokat stani


Download 4.32 Mb.
bet98/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

16.6-rasm. Ikki yarusli prokat stani


Konveyer usuliga ikki yarusli prokat stanini misol qilib keltirish mumkin. Bu prokat stani (6-rasm) pulsatsiyalanuvchi ritm asosida harakatlanadigan qolip-vagonetkalardan iborat vertikal-tutash konveyerdir. YUqori yarusda beton qorishmasini quyish va armaturani joylashtirish, buyum va konstruksiyalarni qoliplash va kalibrlash uchun mexanizm va agregatlar, pastki yarusda esa tirqish tipidagi issiqlik bilan ishlov berish kamerasi joylashgan.
Buyum issiqlik bilan 4,5 soat davomida ishlov berilganda markadagi mustahkamlikning 70% iga erishadi.
Prokat stani 18 minutga teng qat’iy ritmda ishlaydi, qolipni postdan postga ko‘chirish vaqti 10 minutni tashkil etadi. Qolip-vagonetkalarning
o‘rtacha harakatlanish tezligi 20-30msoat.

16.7-rasm. Kasseta ustanovkasi


Ikki yarusli stanlarda temirbeton konstruksiyalarni tayyorlash texnologiyasi bitta-ikkita nomenklaturadagi mahsulotni tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘ladi. Bu usulda panellar, plitalar, to‘sinlar, ustunlar va boshqalar tayyorlanishi mumkin.


Kasseta usuli stend texnologiyaning bir turi bo‘lib, buyumlar vertikal qolip-kassetalarda tayyorlanadi.
Qolip-kassetalar yonma-yon joylashgan, metall plastinkalar bilan birbiridan ajratilgan qoliplardan iborat bo‘ladi. Kasseta ustanovkasida temirbeton buyumlar qoliplanadi va issiqlik bilan ishlov beriladi.
Qolip-kassetalarga quyilgan beton qorishmasi osma yoki chuqurlik titratkichlar yordamida zichlashtiriladi.
Ular buyumni bug‘ yoki elektr toki bilan isitish uchun moslashtirilgan maxsus moslamalarga ega bo‘ladi. Kassetalarda buyumga 85-950S haroratda 610 soat davomida issiqlik bilan ishlov beriladi. Issiqlik bilan ishlov berilib, etarli mustahkamlikka erishgan buyumlar ko‘prik krani vositasida bir oz bo‘shatilgan qoliplardan chiqarib olinadi. Buyum maxsus transport yoki ko‘prik krani yordamida tayyor mahsulotlar omborxonasiga olib boriladi.
Kasseta usulida tashqi va ichki devor panellari va plitalari, yopmalar paneli, zinapoya marshlari va supalari, balkon plitalari va boshqa yassi yuzali yupqa temirbeton konstruksiyalar tayyorlanadi.
Bu usul boshqa usullarga nisbatan mehnat unumdorligining yuqoriligi, ishlab chiqarish maydonining kichikligi, energiya resurslarni kam sarflanishi va majburiy qat’iy ritmning talab etilmasligi bilan farqlanadi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling