Ma’ruzalar matni


Uzluksiz vibroprokat usuli


Download 4.32 Mb.
bet99/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Uzluksiz vibroprokat usulini injener N.YA.Kozlov konstruksiyalagan bo‘lib, temirbeton buyumlar konveyer usulining mukammallashgan turidir. Vibroprokat stani to‘la mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan tizim bo‘lib, beton qorishmasini tayyorlashdan boshlab tayyor mahsulotni olishgacha bo‘lgan jarayonlar uzluksiz ishlaydigan qurilmada bajariladi.
Vibroprokat stani qoliplaydigan lenta, taranglash va yuritish stansiyasidan, qoliplaydigan va kalibrlaydigan bo‘limdan, issiqlik bilan ishlov beriladigan bo‘limdan iborat uzluksiz harakatlanadigan konveyerdir.
Bu usulda yassi temirbeton qavatlararo panellar, ichki va tashqi yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan panellar, keramzitbetondan tayyorlanadigan (320mm qalinlikgacha) tashqi devor bir qatlamli panellar, temirbeton qobiqlar, er osti kollektori plitalari va boshqalar tayyorlanadi.

Temirbeton konstruksiyalarning sifatini nazorat qilish


Temirbeton buyum va konstruksiyalar tayyor bo‘lgach albatta sifati zavod OTK (texnik kontrol bo‘limi) xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Ishlab chiqariladigan har bir buyum va konstruksiya sifat ko‘rsatkichlari jihatidan Davlat standarti talablariga javob berishi kerak. Buyumlar sifatini nazoratdan o‘tkazishda tashqi ko‘rinishi, shakli, o‘lchamlari, himoya qatlamining qalinligi, armaturalar va konstruksiyani ko‘tarishda ilinadigan po‘lat sirtmoqlarning sifati va joylashishi, betonning mustahkamligi va uning loyixaga muvofiqligi aniqlanadi. Tashqi va ichki devor panellari va plitalarining o‘rtacha zichligi ham aniqlanadi. Har bir buyum va konstruksiyalar guruhidan tanlab olingan kontrol namunalarning mustahkamligi, bikrligi, darzlar hosil bo‘lishga turg‘unligi va zarurat bo‘lganda boshqa xossalari sinab ko‘riladi.
Davlat standarti yoki texnik shartlar (TU) talabiga mos keladigan har
bir temirbeton buyum va konstruksiya maxsus bo‘yoqlar bilan markalanadi.
Markada buyum yoki konstruksiyaning pasport nomeri, indeksi (tipi), tayyorlovchi zavod markasi, OTK nazoratchilarining nomeri va xususiy hollarda tayyorlangan sana ko‘rsatiladi. Buyum yoki konstruksiyaning muayyan guruhiga ikki nusxada pasport tuziladi, ulardan biri iste’molchiga beriladi, ikkinchisi esa temirbeton zavodida qoldiriladi.

Temirbeton buyum va konstruksiyalarni tashish va omborga joylashtirish


Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalar qurilish maydonlariga odatda avtomobil transportida tashiladi. Xususiy hollarda maxsus konstruksiyalar (temir yo‘l shpallari, yuqori bosimda ishlatiladigan quvurlar va boshq.) temiryo‘l transportida tashilishi mumkin. Kichik o‘lchamli buyumlar (plitalar, bloklar, zinapoya supalari va marshlari va sh.k.) yuk avtomobillarda tashiladi. Yirik o‘lchamli massiv konstruksiyalar (ustun, to‘sin, ko‘prik elementlari va sh.k.) tirkamali tyagachlarda, devorbop panellar yarim tirkamali panel tashigichlarda (trellerlar) tashiladi.
Qurilish maydonida temirbeton buyum va konstruksiyalar maxsus vakil tomonidan qabul qilib olinadi. Bunda mahsulotning davlat standarti talablariga mos kelishi pasporti va OTK ning shtampiga qarab tekshiriladi. Buyum va konstruksiyaning tashqi nuqsonlari (darz, o‘lchamlarning nomutanosibligi va sh.k.) mavjudligi ko‘zdan kechiriladi. YUk ko‘tarishga mo‘ljallangan har bir konstruksiya, buyum va detallar esa tanlab ko‘zdan kechiriladi.
Temirbeton massiv buyum va konstruksiyalar qurilish maydonlarida montaj krani etadigan maxsus omborxonalarga taxlanadi.
Omborxonalarda temirbeton konstruksiyalar turlari bo‘yicha alohida joylashtiriladi. Bunda bir tomondan armaturalangan konstruksiyalar armaturasi pastki zonada bo‘lishi ta’minlanishi shart. Bunday konstruksiyalarda uchburchak belgi bo‘lib, uning uchi konstruksiyaning ish vaziyatdagi ustki tomonini ko‘rsatadi.
Omborxona maydonidan unumli foydalanish maqsadida buyum va konstruksiyalar shtabel ko‘rinishida ustma-ust yotqizib taxlanadi. Temirbeton buyumlar ortiqcha zo‘riqmasligi uchun shtabelning balandligi belgilangan meyordan ortmasligi kerak.
SHtabellarning balandligi va tayanchlarning holati texnik shartlar ko‘rsatilgan davlat standartlarida belgilab qo‘yilgan.
Devor panellari va boshqa turdagi panellar omborxonada vertikal yoki qiya vaziyatda (10-120 qiyalikda) saqlanadi. Temirbeton buyumlarni omborxonada saqlash namunalari 7.8-rasmda ko‘rsatilgan.
Hajmiy blokli uysozlik konstruksiyalari maxsus moslashtirilgan avtomobil transportida tashiladi va omborxonalarda alohida saqlanadi. Qurilish ishlari aniq tashkil etilgan maydonlarda hajmiy blokli xonalar transportdan bevosita montaj uchun uzatilishi mumkin. Bunda tushirish va montaj ishlari vaqti qisqaradi va qurilish maydonidagi omborxona kichik saxnni egallaydi.




Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling