SIYOSIY SOHADAGIYUTUQLARIMIZ
O'zbekiston suveren, mustaqil respublika, mustaqil davlat deb e'lon qilindi va O'zbekistonning suvereniteti tan olindi, ya'ni O'zbekiston mustaqil respublika sifatida dunyo xaritasidan joy oldi. Tenglik huquqinl qo'lga kiritdi. Millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi ta'minlandi va kafolatlandi. Davlatimiz o'z ramzlariga, Konstitutsiyasiga, Davlat tiiiga, milliy valutasiga, milliy armiyasiga ega bo'ldi. Jahon ham jamiyatining teng huquqli a'zosiga aylandi. Xalq manfaatlarini ifoda etuvchi demokratik tamoyillami o'zida mujassam etgan davlatga asos solindi.
Mustaqil o'zbek davlatchiligining o'ziga xos yorqin timsoli, uning chinakam erki, suverenligining haqqoniy ramzi bo'lgan Davlat bayrog'imiz va madhiyamizning qabul qilinishi hamda hayotga yo'llanishi ham mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida katta voqea bo'ldi.
Davlat va hokimiyatni boshqarishda Prezidentlik boshqaruvi joriy etildi, mahalliy hokimlik instituti va o'zini-o'zi boshqarish organlari faoliyati qayta zamonaviy tusda tashkil etilib, hayotga tadbiq qilindi. Ikki palatali Oliy Majlis faoliyat ko'rsatmoqda. Sud-huquq tizimida islohotlar izchil davom ettirilmoqda.
O'zbekistormi 170 dan ziyod davlat tan oldi va jahonning 130 mamlakati bilan diplomatik aloqalar o'matildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |