Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet2/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

Jami:

4

Izoh: “Mustaqillik darsi” yuqori kurslarda 3-10 sentyabr kunlari, 1-kurslarda oktyabr oyining birinchi yarmida o‘tilishi mumkin. 3-10 sentyabr kunlari vazirlik va idoralardan biriktirilgan xodimlar ham dars o‘tadilar.




Mavzu: Mustaqillik – milliy taraqqiyot poydevori

Reja:

1. Sen-qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!

2. Tarixingdir ming asrlar ichra pinxon, o‘zbegim...

3. “Millat gullari”dagi Vatanni sevish mas’uliyati

4. Milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi

5. YAngi O‘zbekiston: milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari

Sen-qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!
Mustaqillik bayramini alohida shior ostida nishonlash an’anaga aylanib qoldi. SHiorlar odatda butun jamiyatni, ijtimoiy fikrni o‘zida jamlagandagina, fuqarolarni yagona maqsad yo‘lida birlashtirgan va yangi zafarlarga yo‘naltira olgandagina real kuchga aylanishi mumkin. SHu ma’noda har qanday shior millatning manfaatiga mos kelishi lozim.

Kuni kecha davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev tomonidan mamlakat mustaqilligining yigirma to‘qqiz yillik muqaddas bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha alohida qaror qabul qilindi. Qarorda ushbu bayramni “Sen-qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan shior ostida nishonlash tavsiya etildi. G‘oya, shubhasiz, o‘ta jozibali, serqirra. U har qanday O‘zbekistonlikni ruhlantira oladi. Ayni paytda, mazkur shior mamlakatimizning bugungi kundagi holatiga ham mos.

YUrtboshimiz qayd etgani kabi, mamlakatimiz va xalqimiz shu yilning boshida o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘ygan edi. Biroq, butun dunyoga tarqalgan koronavirus infeksiyasi mart oyida yurtimizga kirib kelgani, keyinchalik Buxoro viloyatidagi qattiq shamol, Sardobadagi suv toshqini barcha rejalarimiz o‘zgarib ketdi. Bugun tojdor virus O‘zbekiston xalqini qiyin sinovdan o‘tkazmoqda. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, bu qiyinchiliklar oldida xalqimiz dovdirab qolmadi. Aksincha, xalqimiz ana shunday og‘ir qiyinchiliklar davrida jasorat, ahillik va birlikning tom ma’nodagi namunasini ko‘rsatdi.

Bu bejiz emas edi. CHunki xalqimiz uzoq ming yilliklar davrida qanchadan-qancha qiyinchiliklaru, og‘ir sinovlarni ko‘rmadi, deysiz! Ayniqsa, xalqimizning milliy mustaqillik, o‘z ozodligi, or-nomusi yo‘lida olib borgan kurashlari bunga dalildir.

Mamlakat rahbari tomonidan e’lon qilingan ushbu qarorda xalqimizning bugungi kundagi kuch-qudrati, shijoati, matonati, qahramonlik manbai, shubhasiz, mustaqillik degan fenomen hodisa bilan bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratilgan. Darhaqiqat, bugun mustaqilligimizning muazzam bayramini munosib ravishda nishonlash arafasida biz barchamiz Vatanimiz va xalqimizning uzoq va yaqin tarixiga, uning istiqlol kabi muqaddas tuyg‘u uchun ming yillar davomida olib borgan kurashlari tarixiga nazar tashlashimiz aslida bugungi dorilomon kunlar uchun o‘z joni va qonidan kechgan minglab yurtparvarlar ruhini shod qilish bilan barobardir.

Qaror mamlakatimiz xalqlarini o‘z Vatanidan faxrlanish, uni sevish, uning har bir qarich erini muqaddas, deb bilish ruhi bilan sug‘orilgan. Axir, kindik qoni to‘kilgan, ota-bobolar tomonidan buyuk sivilizatsiya yaratilgan, ma’rifatli dunyo doimo tan bergan O‘zbekistondek jannatmakon yurtni qanday qilib sevmaslik mumkin?



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling