Маърузани олиб бориш технологияси


Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib


Download 1.51 Mb.
bet8/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib

dengizlar nazariyasi va Erning sharsimon globusini

yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif etdi, Er

radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini

izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va

Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi haqidagi

qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning

paydo bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga

asos soldi. SHuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy

fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb

atalishi bejiz emas.

Islom Karimov

2. Abu Rayhon Beruniy to‘g‘risida yirik nemis sharqshunosi Karl Eduard Zaxau shunday degan: “Dunyoda tog‘lar ko‘p, lekin ular orasida shunchalik yuksak bir cho‘qqi borki, bu cho‘qqini insoniyat hech qachon zabt etolmaydi. Bu – Beruniydir”. Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni “Beruniy asri” deb ta’riflaydi. Abu Rayhon Beruniy buyukligi o‘sha davrning deyarli barcha fanlariga qo‘shgan betakror ilmiy merosida yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Beruniyning olimlik salohiyatiga mashhur sharqshunos olim I.YU.Krachkovskiy “...uning qiziqqan ilm sohalaridan ko‘ra, qiziqmagan sohalarini sanab o‘tish osondir”, deb baho bergan edi. YAna bir taniqli sharqshunos

olim A.M.Belenitskiy Beruniyning yirik “Mineralogiya” asarini arab tilidan rus tiliga tarjima qilgan. Mana shu tarjima jarayonida, bu asar ta’sirida A.M.Belenitskiy turli minerallar to‘g‘risida 14 ta ilmiy maqola yozgan. Olimning ta’kidlashicha, bu asar bundan ming yil avval yozilgan bo‘lsada, minerallar va ularning hozirgi eng zamonaviy laboratoriyalardagina aniqlanishi mumkin bo‘lgan xossalari aniq berilgan. G‘arb tadqiqotchilaridan M.Meyerxoff esa “Beruniy musulmon fanini namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo‘lishi kerak” degan fikrni bildiradi. AQSHda chop etiladigan ommabop, akademik nashrlardan biri — “Science” (“Fan”) jurnalining shu yil 20 iyun sonida Richard Stounning Abu Rayhon Beruniy ilmiy asarlari haqidagi maqolasi bosilib chiqdi. 130 ming obunachiga ega va internet orqali 1 milliongacha o‘quvchi foydalanadigan mazkur nashrda hozirgi zamon olimlarining ulug‘ allomaning Evropa va Osiyo qatorida boshqa bir qit’a mavjudligi to‘g‘risidagi bashoratiga munosabatlari xususida mufassal hikoya qilinadi.

Alloma haqidagi fikrlarning eng shov-shuvlisi, bu — Abu Rayhon Beruniy tomonidan Amerikaning “kashf etilishi”dir. U qiblani, ya’ni namoz vaqtida Makkaning joylashgan o‘rnini aniq belgilash maqsadida o‘z qadami etgan har bir joyning koordinatalarini sinchkovlik bilan yozib borgan, shuningdek, boshqa manbalardan Evrosiyoning minglab aholi yashaydigan joylari haqidagi ma’lumotlarni to‘plagan. Beruniy butun dunyoga mashhur bo‘lgan 5 metrli globusini yaratgach, u Er sharining 3/5 qismi hali hisobga olinmaganini aniqlagan. F. Starr o‘zining 2013 yil dekabrida chop etilgan “Bugungi tarix” maqolasida “Beruniyning ish uslublari aynan bugungi kun uslublariga nihoyatda o‘xshashligi bilan kishini hayratga soladi, ularni ilmiy tadqiqotning bid’atparast va xurofiy o‘rta asr -dunyosi qa’ridan eshitilgan sokin, ehtiroslardan xoli ovoziga qiyoslash mumkin”-deb yozadi. Beruniyning turli fanlardagi ijodi va muvaffaqiyati uning tom ma’noda cheksiz bilim sohibi ekanligini ko‘rsatdi va uning nomini mangulikka muhrladi. X asrning qomusiy allomasi Abu Nasr Forobiyni zamondoshlari, universal bilimlarga ega bo‘lgani bois, “Sharq Aristoteli” deb ataganlar. U ko‘plab fanlarni ilmiy kashfiyotlar bilan boyitdi, turli mamlakatlar olimlarining falsafiy qarashlarini rivojlantirdi va 160 dan ortiq asar yozdi. Ulardan eng mashhurlari “Mohiyat xususida so‘z”, “Fanlarning paydo bo‘lishi haqida kitob”, “Tafakkur mohiyati” va boshqa asarlar hisoblanadi. Forobiy asarlarining asosiy qismi ko‘plab Evropa va Sharq tillariga tarjima qilingan va hozirgi kunga qadar chuqur tadqiqotlar mavzusi bo‘lib kelmoqda. Alloma o‘z asarlarida astronomiya bilan astrologiya o‘rtasidagi aniq chegarani ko‘rsatib bera olgan. O‘rta asrlardagi Sharq madaniyatini o‘rganish globallashuv davrida yanada dolzarblashmoqda. Bugungi kunning muhim vazifalaridan biri – o‘rta asrlar tajribasiga yana bir bor murojaat etib, ming yillik sinovlaridan o‘tgan ijobiy natija va madaniy boyliklarni to‘laroq o‘zlashtirish, insonparvarlik g‘oyalaridan samarali foydalanishdir.

Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiya buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosiga hurmat va qiziqish tobora oshib borayotganiga yana bir karra yorqin dalildir. “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiyaning qadim va hamisha navqiron Samarqand shahrida o‘tkazilishi esa boy madaniy-tarixiy merosimizni, yangicha qiyofa kasb etayotgan ulug‘vor shaharlarimiz, yuksak ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarimizni yana bir bor jahon ahliga namoyon etish imkonini beradi.

Islom Karimov o‘z nutqida hozirda O‘zbekistonning kitob fondlarida 100 mingtadan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanishi va ularning asosiy qismi YUNESKOning Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilganini ta’kidlab o‘tar ekan, O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining qo‘lyozmalari Evropa va Osiyoning Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Fransiya, Misr, Hindiston, Eron va boshqa ko‘plab mamlakatlaridagi kutubxonalarning “oltin fond”ini tashkil etishini ham aytib o‘tdi. Bu o‘rta asrlarda yashab, ijod etgan buyuk Sharq alloma va mutafakkirlarining tengsiz asarlari va ilmiy merosi faqat

bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu — bebaho boylik, yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, kerak bo‘lsa, yangi kashfiyotlar uchun ajoyib materialdir. Asosiysi, ayni paytda ham ana shunday ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi jahon olimlari, xalqaro jamoatchilikni o‘ziga maftun etib kelmoqda. Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiya yuqoridagi fikrni yana bir bor isbotladi.

Samarqand shahrida o‘tkazilgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro anjumanda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan, xalqaro tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlar olimlari qatnashdilar. Anjuman “O‘rta asrlar Sharq olimlarining aniq fanlar sohasida erishgan buyuk yutuqlari, ularning zamonaviy fanlarni shakllantirish va rivojlantirishga qo‘shgan hissalari” (astronomiya, matematika, geografiya, geodeziya); “Tabiiy fanlar rivojiga alohida hissa qo‘shgan olimlarning ilmiy merosi” (tibbiyot, farmakologiya, kimyo, mineralogiya); “Olimlar va mutafakkirlarning tarixiy va falsafiy merosi”; “Tilshunoslik va adabiyot sohasi olimlari va mutafakkirlarining ilmiy merosi” yo‘nalishlarida ish olib bordi. YAqinda Belgiyada nashr etiladigan “Diplomatic World” jurnali sahifasida “O‘zbekiston tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab-avaylash va uni boyitish haqida qayg‘uradi” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unda shu yilning may oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya yakunlari qalamga olingan. Maqolada ko‘p asrlar o‘tishiga qaramasdan dunyo O‘rta asrlar Sharq allomalarining daholigi, ulardagi qiziqishlarning rang-barangligi va bilimlarning qomusiyligidan hayratga tushayotganligi qayd etilgan. Xorijlik olimlarning bugungi kunda ham tariximiz, boy madaniy-ma’naviy merosimizni o‘rganiishga qiziqishi ortib bormoqda. Ayniqsa, mustaqillik yillarida bu borada shakllangan shart-sharoitlar bunga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Buning evaziga hamkorlikda olib borilayotgan keng ko‘lamli ilmiy-tadqiqotlar o‘z navbatida o‘tmishda yaratilgan insoniyat tafakkuri xazinasi bo‘lgan ilmiy merosning avlodlar va zamondoshlarimiz uchun xizmat qilishiga olib kelmoqda va sivilizatsiyalarning uyg‘unligini ta’minlamoqda. Bugungi kunda odamzotning ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar borasida erishayotgan ulkan yutuqlarini ko‘z oldimizga keltirar ekanmiz, beixtiyor ana shu buyuk mutafakkirlarimiz misolida bunday yuksak marralarga erishishda o‘zbek xalqining ham munosib hissasi borligidan qalbimiz iftixorga to‘ladi.




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling