Маърузани олиб бориш технологияси


(4-ilova) Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.51 Mb.
bet11/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

(4-ilova)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. SHarq renessansining qanday belgilarini bilasiz?

2. Buyuk SHarq mutafakkirlaridan kimlarni bilasiz?

3. SHarq mutafakkirlarining qanday ilmiy kashfiyotlari yoki asarlari bilan tanishsiz?

4. Mustaqillik yillarida allomalarimiz merosiga e’tibor natijasida amalga oshirilgan qanday ezgu ishlarni sanab bera olasiz va ularning ahamiyati nimada?
Xulosa.

Mamlakatimizda ma’naviy merosga munosabat, uni o‘rganish, tadqiq etish va avlodlarga etkazish masalasi davlatning ma’naviyat sohasidagi ustuvor siyosatining ajralmas qismiga aylanganini ko‘rsatadi. Bizning o‘tmish madaniyatimiz butun insoniyatni qiziqtirib kelayotgani, albatta, tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Termiz, Qarshi, Toshkent, Qo‘qon va Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarimiz faqat olimlar va san’at ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha insonlar uchun qutlug‘ ziyoratgohga aylangan. Mustaqillik davrida o‘zbek olimlarining kuch-g‘ayrati bilan tariximizning ko‘pdan-ko‘p g‘oyat muhim sahifalari, eng avvalo, temuriylar davri, XIX asr oxiri - XX asr boshlari tarixi yangitdan kashf etildi.



Xalqimizning xotirasi ajoyib nomlarga boy. Butun jahonga mashhur bo‘lgan Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy va boshqa ko‘pgina allomalarimiz insoniyat tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ siymolardir. Bizning davrimizgacha etib kelgan bu boy merosdan Vatan ravnaqi yo‘lida oqilona va samarali foydalanish — barcha vatandoshdarimizning burchidir. Har bir xalq o‘zining buyuk ajdodlari bilan faxrlanadi va ularga munosib avlod bo‘lishga, ularning merosini boyitish va ko‘paytirishga harakat qiladi.







    1. Download 1.51 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling