Маърузани олиб бориш технологияси
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgulot shakli va turi Muloqat soati
- Mashg’ulotning maqsadi: Pedagagik vazifalar
- Oquv faoliyatining natijalari
- O’quv faoliyati shakllari
- Mashg’ulotning texnologik xaritasi
- O’qituvchi O’quvchilar I. Kirish
- II. asosiy qism (30 daqiqa)
- III. Yakiniy qism (5 daqiqa)
Mashg'ulotning modeli
Mashg’ulotning texnologik xaritasi
(1- ilova) «Agarki, dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblar ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir”. Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” asaridagi bu hikmatli so‘zni takror va takror o‘qir ekanman, bu sharafli so‘zlar menga tuganmas kuch baxsh etayotganini his etaman.Salkam yarimasrlik pedagogik faoliyatim davomida minglab yoshlarga imkonim qadar ilm berishga harakat qilgan bo‘lsam-da, hali ham zimmamdagi mas’uliyat meni tinimsiz izlanish va zamon bilan hamnafas yashashga undaydi. Millatning ertangi kuniga egalik qiluvchi vorislarning nechog‘lik amol topishlari, murg‘ak qalblarga ziyo nurini olib kiradigan biz muallimlarga bog‘liq ekan, bu kasbning mas’uliyati va sharafi haqida yana ne deyish darkor?! Buning shukronasini o‘qituvchilik — sharaf, millatning vaVatanning asl bunyodkoridir, degan e’tiqodni qalbimizga jo etish orqaligina ado etishimiz mumkin. Ana shunday o‘z kasbining ustalari safimizda qanchalar ko‘paysa, ertangi kunimizdan shunchalar ko‘nglimiz to‘q bo‘ladi. Muallim millatning yuzi, degan gapni kim aytgan bo’lsayam topib aytgan. Bolaligimizda muallimlarimizga havas qilardik, ularday jiddiy, aqilli bo’lishga intilardik. Haligacha ko’z oldimda- boshlang’ich sinfda dars bergan muallimimiz hamisha uzun ko’ylak kiyib, ro’mol o’rab yurardi. Boshqa ayol o’qituvchilarimiz ham undan qolishmasdi, hechqachon ularning bo’ynida yoki qo’lida yaltiroq taqinchoq taqib yurganini ko’rgan emasman. Men o’tgan davrlarni qo’msayotganim yo’q. Faqat bugungi o’qituvchi bilan kechagi o’qituvchinio qiyoslamoqchiman, xolos. Isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: o’quvchi o’zini tutishda, kiyinishda va hattoki fikrlashda ham o’qituvhcidan ibrat olishga harakat qiladi. Biz o’qituvchilarimizdan ibrat olar edik. Ammo bugungi o’quvhci o’qituvchidan ibrat olarmikan? Bir qarashda, kishining ko’ngliga og’ir botadi bu savol. Biroq unga javob berishga majburmiz. Qishloq maktablarini qo’ya turaylik. Shahar maktablarida mini yubka, ko’kragi ochiq ko’fta kiyib dars berayotgan ayol o’qituvchilar paydo bo’la boshladi. Yana ulaning qimmatbaho taqinchoqlani taqib, pardoz andozni meyordan oshirayotganliklari ham ko’z yumib bo’lmaydigan haqiqat.( Balki o’qituvchilar uchun maxsus forma kerakdir.) Tasavvur qiling: anshunday muallimlar o’z o’quvchilariga milliy qadryatlar, odob ahloq borasida dars o’tsa, o’quvchilar uning gaplariga ishonisharmikan? Axir! so’z taqvosi, ya’ni amali bilan qadri bilan deyishadi-ku! Quyidagi hikoyat xalq orasida og’izdan- og’izga ko’chib yuradi. Donishmandning oldiga bir kishi kelib o’g'li haddan tashqari shirinlikni ko’p iste’mol qilishini aytib, unga bir -ikki og’iz nasihat qilishini o’tinib so’rabdi. donishmand biroz o’yga tolibdi-yu so’ngra to’rt haftadan so’ng kelishini aytibdi. Bu muddat tugagach, ota- bola yana uning huzuriga kelishibdi. Donishmand shirinlikni ko’p yema, uning mana bunday zarari bor, deya bor – yo’g'i, uch-to’rt og’iz nasihat qilibdi. Bolaning otasi bundan ajablanib: “SHu to’rt og’iz gapingizni birinchi marta kelganimizdayoq aytsangiz bo’lardi-ku, bizni ikki marta ovora qilib o’tirmay”, debdi. Shunda donishmand bunday deb izoh bergan ekan: - Siz birinchi marta kelganingizda o’zim ham shirinlikni ko’p iste’mol qilar edim. Amal qilinmagan so’zning tasiri bo’lmaydi. Qolaversa, o’zimni tiyolmagan ishdan, o’g'lingizni qaytarishdan uyaldim. Bunday ustozlar hozir ham yo’q emas. Ammo o’qituvchilik sha’niga dog’ tushirib qo’yayotganlar ham ko’zga tashlanib qolyapti. Yanglishmasam, hazrat G’azzoliy asarlarida shunday gap bor: ” Ustoz o’z shogirdiga bergan ilmi uchun mol- dunyo ta’ma qilmaydi, u ilmini savob va Ollohning roziligi uchun beradi”. Darhaqiqat shunday, ana shu talablarga talab bergan insongina ustozlik martabasiga loyiqdir. Ha, ustozlik fidoyilikdir. Fidoyi odamgina o’z shogirdlariga g’arazsiz ta’lim beradi. Lekin bunday kishilar bugungi o’qituvchilar orasida qanchani tashkil etadi? Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling