Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet15/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

Shogirdlik odobi

Ustozlarga shogird bo'lish - katta baxt. Lekin shogird ustozi oldida shogirdlik odobini saqlashi kerak. Bular:

  1. Shogird ustoz oldida o'zini kamtar tutishi;

  2. Ustozning hamma topshiriqlarini a'lo darajada bajarishi;

  3. Ustozning gaplarini diqqat bilan tinglashi, tushunmay qol-
    ganda odob bilan tushuntirib berishni iltimos qilishi;

  4. Ustozni hamisha mammm qilish uchun vazifalarni sifatli va
    o'z vaqtida bajarishi;

  5. Hech qachon yolg'on gapirmasligi, ustoz ko'nglini ranjit-

masligi kerak.

"Ilm yaxshimi yoki davlat afzal?"

(O'quvchilar jamoasi)



1-o'quvchi: Ilmni qancha sarf qilsang, shuncha ko'payaveradi. Davlatni sarflasang, u tobora kamayib boraveradi.

2-o'quvchi: Ilmli odam shirinsuhan, odobli bo'ladi. Shuning uchun ham hamma unga o'xshashga intiladi.

Boy odamdan ko'pchilik o'zini uzoq tutadi. Chunki davlat hammada ham yo'q.

3-o'quvchi: Ilmli odam dunyodan o'tsa, esiz, falonchi olimdan ajraldik, deb afsuslanib yig'lab ko'madilar.

Boy odam o'lsa, ajal boy-kambag'alga qaramaydi, o'lim barchaga barobar. Bu dunyoda faqat yaxshilik qoladi, ko'madilar.



4-o'quvchi: Olim odam dunyoda doim farog'atdayashaydi. Chunki uning boshidagi ilmni hech kim o'g'irlab ketolmaydi. Boy odam doimo molimni o'g'ri urib ketmasin, bo'ri-shoqol yemasin, o'lib nobud bo'lmasin deb joni taxlikada yuradi.

5-o'quvchi: llm eskirmaydi, chirimaydi, nobud bo'lmaydi. Lekin mol-mulkni zax yerga qo'ysang chiriydi, oftobda rangi o'chib sitilib ketadi, sovuqda qotadi, issiqda kuyadi. Boy odam mudom uning g'amida bo'ladi.

6-o'quvchi: Ilmli odam yumshoq ko'ngil, shirinsuhan, xushchaqchaq, odarashavanda bo'ladi. Shuning uchun unday odamni el hurmat-izzat qiladi.

Boylikka ruju qo'ygan odamning ko'ngli toshday qattiq bo'ladi. Qo'l ostidagi kishilarko'p ishlasin, davlatim ko'paysin, deb uiarni qiynaydi,


O'qutuvchi: Shunday ekan hurmatli o'quvchilar, yoshlik davrini zo o'tkazgandan, vaqtida foydalanib qoling. Zero, oxirgi pushaymon o'zinga dushman bo'ladi.



Uztozimga

Bolalarga bilim berib, to'g'ri yo'lga boshlagan,

Aziz ustoz shunday kunda, bayramingiz muborak.

Yoru do'stlar baxtiga doim onion, sog' bo'ilng,

Bizlar uchun mehribon, sirdosh bo'ling.

Mehri daryo ustozim Sizga tazim aylaymiz,

Bu kun Sizga baxt tilab, chuqur tazim aylaymiz.

Boshlovchi: Tabrik uchun so'z ota - onalarga



Muallim

Ulug' ilm ildizi sizda mujassam,

Turli xil sohadan berasiz ta'lim.

Uni inglaganda kichik jussam ham,

Yetuk inson kabi o'sgay, muallim.

Qalbingizda doim ilm porlaydi,

Go'yo u nur kabi bizni chorlaydi.

Siz mening tundagi yorug' yulduzim,

Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling