Маърузани олиб бориш технологияси
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgulot shakli va turi Muloqat soati
- Mashg’ulotning maqsadi: Pedagagik vazifalar
- Oquv faoliyatining natijalari
- O’quv faoliyati shakllari
- Mashg’ulotning texnologik xaritasi
- O’qituvchi O’quvchilar I. Kirish
- II. asosiy qism (30 daqiqa)
- III. Yakiniy qism (5 daqiqa)
Mashg'ulotning modeli
Mashg’ulotning texnologik xaritasi
(1-ilova) 1. Ajdodlarimizning ilmiy merosi – bebaho ma’naviy boylik. 2. Mustaqillik yillarida boy tariximiz, betakror ilmiy-madaniy merosimizning tiklanishi. (2-ilova) 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.:O‘zbekiston, 2012. 2. Karimov I. A. “Ajdodlarimizning bebaho merosi –abadiyatga daxldor ma’naviy xazinadir”. // Xalq so‘zi, 2014 yil 16 may. 3. Karimov I. A. Mustaqilliksiz kelajak yo‘q. – T.: O‘zbekiston, 1998. 4. Karimov I. A. YUksak ma’naviyat –engilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 5. Karimov I. A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: O‘zbekiston, 2009. 6. Karimov I. A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimizdir. – T.17.– T.: O‘zbekiston, 2009. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori // Xalq so‘zi, 2012 yil 29 may, № 104 (5524) 8. CHet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori // Ma’rifat, 2012 yil 21dekabr, № 99 (8540) 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni // Xalq so‘zi, 2012 yil 25 iyul, №145 (5565). 10. O‘rta asrlar SHarqining mashhur olim va mutafakkirlari: kitob-albom. SH.Salixov va boshq. - Toshkent: “O‘zbekiston”, 2014 – 156 b. 11. Solihov SH. Ilm-fan – mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biri. // Ma’rifat, 2013 yil 18 dekabr. 12. Quronov M. Qudratli elning bolalari sog‘lom bo‘lur. //Ma’rifat, 2014 yil 8 yanvar. 13. Ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi. // Xalq so‘zi, 2014 yil 15 yanvar. 14. Amerika o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda “kashf etilgan”mi? //Xalq so‘zi, 2014 yil 5 iyul. 15. O‘zbekiston erishgan muvaffaqiyatlar malayziyalik mutaxassislar nigohida // Xalq so‘zi, 2014 yil 8 iyul. 16. “O‘zbekiston tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab-avaylash va uni boyitish haqida qayg‘uradi” // Xalq so‘zi, 2014 yil 8 iyul. (3 ilova) 1. Markaziy Osiyo, shu jumladan, O‘zbekiston kishilik tarixida insoniyat sivilizatsiyasi qaror topgan va rivojlangan mintaqalardan biri sifatida o‘z o‘rni va salohiyatiga ega hudud sanaladi. Prezident Islom Karimov 15 may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. O‘z nutqida davlatimiz rahbari milliy ma’naviyatimiz, uning tarixiy ildizlari hamda o‘zining salkam uch ming yillik tarixi mobaynida dunyo sivilizatsiyasi va turli xalqlar madaniyatiga munosib hissa qo‘shib kelgan, O‘zbekiston zaminida tug‘ilib o‘sgan buyuk ajdodlarimiz, ularning samarali faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. SHu o‘rinda davlatimiz rahbari konferensiyadan ko‘zlangan maqsad – O‘rta asrlarda SHarq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berishdan iboratligini ta’kidlab o‘tdi. O‘z nutqida prezidentimiz “O‘rta asrlar SHarq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo bo‘lishi va voyaga etishi –bularning barchasi birinchi navbatda iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan”, deb ta’kidlar ekan, agar tinchlik va barqarorlik bo‘lmasa, ilm-fan sohasida hech qanday o‘sish, taraqqiyot bo‘lishi mumkin emasligi, qaerda tinchlik va barqarorlik bo‘lsagina ilm-fan markazlari, akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari paydo bo‘lishi, eng asosiysi, ta’lim-tarbiya ravnaq topib, unga qiziqish, e’tibor kuchayishiga alohida urg‘u berdi. O‘z davrida hozirgi zamon ilm-fanining ilk poydevorini qo‘ygan va rivojlantirgan ajdodlarimiz qadim-qadimlardan G‘arb SHarq xalqlari yaratgan tafakkur, g‘oya, kashfiyotlar va donishmandlikni sinchiklab o‘rganganlar. SHuning uchun ham o‘rta asrlarda G‘arbda “Nur SHarqdan taraladi” degan iboraning paydo bo‘lishi ham bejiz emas. Tarixga nazar tashlasak, ajodlardan yuksak ma’rifat, kelajak avlod uchun ulkan madaniy-ma’naviy meros qolganki, bugun ham u o‘z qadr-qimmatiga ega. SHarqu G‘arbni o‘zaro bog‘lagan, buyuk sivilizasiyalar tutashgan yurtimiz hududida ilm-fan, madaniyat azaldan rivojlangan. Ayniqsa, o‘rta asrlarda ona zaminimizdan minglab olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar etishib chiqqan. Ularning matematika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi ko‘plab sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, SHahrisabz, Termiz va boshqa shaharlardagi qadimiy obidalar butun bashariyatning ma’naviy mulki hisoblanadi. XIV-XV asrdagi ijtimoiy va madaniy yuksalish ham o‘z mazmun-mohiyati bilan IX-XII asrlardagi Uyg‘onish davrining uzviy davomi bo‘ldi. O‘rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining butun bir avlodi haqida so‘z yuritar ekanmiz, Amir Temur va Temuriylar davri deb nom olgan davr haqida, nomi ilm-ma’rifat osmonida bamisoli yorqin yulduz bo‘lib porlab kelayotgan Mirzo Ulug‘bek va uning Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi singari ko‘plab safdoshlari va shogirdlari xususida eslamasdan o‘tolmaymiz. SHu o‘rinda buyuk bobolarimizning ma’naviy olami xususida fikr yuritganda, Sohibqiron Amir Temur haqida alohida to‘xtalishimiz tabi-iydir. CHunki Amir Temur buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o‘zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo‘l ochdi. Umumjahon madaniy taraqqiyotini buyuk ilmiy kashfiyotlar bilan boyitgan Mirzo Ulug‘bek Samarqandni dunyoga dong‘i ketgan ilm-fan, madaniyat va ma’rifat markaziga aylantirdi. Samarqand Ulug‘bek davrida nafaqat Movarounnahr, balki butun temuriylar saltanatining yirik ilmiy-madaniy markaziga aylandi. Bu erda ko‘plab taniqli olimlar etishib chiqdi va ular o‘z davrining nodir kashfiyotlarini amalga oshirdilar. Mirzo Ulug‘bek yurtimizning bir qator shaharlarida madrasalar qurdirgan, Samarqandda o‘ziga xos ilmiy muhit, hozirgi tilda aytganda, akademiya tashkil etgan. U erda 200 dan ortiq olim faoliyat yuritgan. Falakiyot ilmining nazariy va amaliy masalalari to‘la qamrab olingan Ulug‘bekning “Zij”i o‘rta asrlardayoq Osiyo va Evropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Evropalik astronom olimlar uni lotin, fransuz, ingliz tillariga tarjima qilgan, sharhlar bitgan. “Ziji Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” nomlari bilan shuhrat qozongan bu asarda 1018 yulduzning o‘rni va holati aniqlab berilgan. YUlduzlarning balandligi va ular orasidagi masofa, quyosh va oyning harakati, ularning tutilish vaqtlari bayon qilingan. Bu hisob-kitoblar zamonaviy texnologiyalar orqali aniqlangan kuzatuv natijalaridan deyarli farq qilmaydi. Masalan, Ulug‘bek hisobi bo‘yicha bir yil 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniyani tashkil etadi. Bugungi kunda bir yil 365 kun 6 soat 9 daqiqa 6 soniyaga teng. Mirzo Ulug‘bek nomi haqli ravishda Kopernik, Jordano Bruno, Galiley va boshqa ulug‘ ilm-fan daholari qatorida turadi. Asrimizning 60-yillarida akademik Qori Niyoziy Ulug‘bekning ilmiy merosi va faoliyatini o‘rganib chiqib, Samarqandda “Ulug‘bek astronomik maktabi”ning shakllanganligini e’tirof etgan. Istiqlol yillarida Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatini o‘rganish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 1994 yil mamlakatimizda Ulug‘bek yili, deb e’lon qilindi. O‘sha yili Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Parij shahridagi YUNESKO qarorgohida buyuk allomaning ilmiy merosi va uning ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi. Mirzo Ulug‘bek siymosi xalqimiz hayotining ajralmas qismiga aylanib qolgan. YUrtimizda Ulug‘bek nomi berilgan tuman, ma’naviyat maskanlari, mahallalar, ko‘chalar ko‘p. Ota-onalar ezgu niyatlar bilan farzandlariga Ulug‘bekning muborak ismini qo‘yishadi. Bularning barchasi xalqimizning buyuk allomaga cheksiz hurmatidan darak beradi. YUrtboshimiz o‘z nutqlarida Markaziy Osiyoda qadimdan sivilizatsiya bo‘lgani va qator yirik tarixiy davlatlar vujudga kelib, unda savdo-sotiq, ilm-fan, madaniyat rivoji uchun keng sharoitlar yaratilgani haqida gapirib o‘tdi. Jumladan, IX-XI asrlarda Xivada tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi va “Baytulhikma”, ya’ni “Donishmandlik uyi” degan nom bilan shuhrat qozongan Bag‘dod akademiyasi, XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo Ulug‘bekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan bir guruh olimlar butun dunyoga dong taratganini ta’kidladi. Prezidentimiz o‘z nutqida O‘rta asrlarning ilk davrida SHarqda amalga oshirilgan buyuk ilmiy kashfiyotlardan zamonaviy matematika, trigonometriya va geografiya, astronomiya, tibbiyot fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ilmiy merosi hamda uning jahon ilm-fani rivojigan qo‘shgan hissasi, shuningdek, ularning davomchilari sifatida shuhrat qozongan Mirzo Ulug‘bek va uning Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi singari ko‘plab safdoshlari va shogirdlari hamda Abu Abdulloh Ro‘dakiy, Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz SHeroziy, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ko‘plab buyuk faylasuflar, shoir va ma’rifatparvarlarning ijodiy merosining jahon ahamiyatiga molik bebaho boylik hisoblanishiga to‘xtalib o‘tdi. Dunyo tarixidagi birinchi turkiy tillar lug‘ati bo‘lmish “Devonu lug‘atit-turk” kitobi muallifi Mahmud Koshg‘ariy bo‘lib, u o‘z asarida yuksak mahorat bilan to‘plashga erishgan so‘z boyligining tom ma’nodagi oltin zarralarini – turkiy maqol va she’rlarni ham keltirib o‘tgan. Koshg‘ariy turkiy xalqlarning tili, madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisi hisoblanadi. Arab tili grammatikasining asoschisi sifatida tan olingan buyuk tilshunos, adabiyotshunos, geograf va faylasuf alloma – Mahmud Zamaxshariy tarixdagi birinchi ko‘p tili lug‘at – arabcha-forscha-turkiy lug‘atning asoschisi bo‘lgan. Albatta, biz barchamiz o‘rta asrlarda SHarqda yashab ijod qilgan, o‘sha davr voqealaridan guvohlik beradigan bebaho asarlar yaratgan buyuk tarixchilar avlodiga, eng avvalo, Ahmad ibn Arabshoh, Nizomiddin SHomiy, SHarafiddin Ali YAzdiy, Hofizi Abro‘, Xondamir, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa allomalarga o‘zimizning cheksiz hurmat-ehtiromimizni bildirishimiz ham qarz, ham farzdir. O‘sha davrlarda bunday erishilgan yutuqlar e’tirof etilishi, o‘lkamizda taraqqiyot hukm surganligidan, ajdodlarimiz azaldan ilm-fan sohasida yutuqlari bilan dunyoni hayratga solganligidan dalolat beradi. YOsh avlod ongiga jahon ilmu fani va madaniyati rivojiga benazir hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlarimiz hayoti va ijodini, shuningdek yurtimizda bunyod etilgan moddiy merosni asrab-avaylash mas’uliyatini singdirish, ularni munosib vorislar etib tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. 2. Istiqlol yillarida allomalar hayotiga oid ko‘plab asarlar chop etildi va xalqimizga tuhfa etildi. Bu asarlar yoshlarimizni ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qilmoqda. Hozirgacha etib kelgan tarixiy yodgorliklar va yozma manbalar diyorimizda uzoq moziyda, ayniqsa, o‘rta asrlarda ilm-fan, madaniyat gullab-yashnaganidan darak beradi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi 7000 dan ortiq madaniy meros durdonalari, minglab arxeologik ob’ektlar va qazilmalar buning tasdig‘idir. Ular qadim tarixdagi madaniy hayot, ajdodlarimiz turmush tarzini o‘rganishda beqiyos ahamiyatga ega. Binobarin, istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda ana shu yodgorliklarni qayta tiklash, ta’mirlash, restavratsiya qilish, arxeologik izlanishlar olib borish ishlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi muzeylar barpo etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillikning o‘tgan davri mobaynida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda YUNESKO rahnamoligida buyuk allomalar va mutafakkirlar hamda tarixiy shaharlarning yubileylari keng nishonlandi. Bunday ajodlarga va tariximizga hurmat faqat mustaqillik tufayligini tiklandi va qaror topdi. Bugungi kunda birgina O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan 4 mingdan ziyod moddiy-ma’naviy yodgorlik umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Markaziy Osiyo zaminida kamol topgan, turli fanlar rivojiga hissa qo‘shgan allomalar merosini o‘rganish insonni taraqqiyotga etaklaydi, jaholatdan yiroqlashtiradi hamda qalbida yurtga muhabbat, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlaydi. Ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga hurmat va ehtirom bugun dunyoning turli chekkalarida ham namoyon. Moskvada Alisher Navoiyga, Misrda Ahmad Farg‘oniyga haykal o‘rnatilishi buning yorqin dalilidir. Muhimi shundaki, ularning bizga qoldirgan merosini yanada boyitadigan muhit yaratilgan va ularning ishlarini davom ettiradigan avlod voyaga etmoqda. Istiqlol tufayli yurtimizda tarixiy adolat qaror topdi, tarixga munosabat o‘zgardi. Toptalgan milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz qayta tiklandi. Aziz-avliyolarimizning muborak qadamjolari obod go‘shalarga aylantirildi. Vatanimiz ozodligi yo‘lida jonini fido etgan yurtdoshlarimiz ruhini shod etish, nomlarini abadiylashtirish yuzasidan katta ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, biz orzu etgan buyuk davlatni bunyod qilish barchamizdan mustahkam iroda, iymon-e’tiqod, milliy g‘urur tuyg‘usi, buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan ma’naviy merosning munosib vorislari bo‘lishni talab qiladi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling