Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet6/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

Mavrulov Abduhalil,

tarix fanlari doktori, professor



1.1 Mashg'ulotning modeli

O’quv soati: 1 soat

O’quvchilar soni:____

Mashgulot shakli va turi

Muloqat soati


Mashg’ulot rejasi

1. Buyuk Sharq alloma va mutafakkirlarining ma’naviy merosi zamonaviy ilm-fan hamda taraqqiyotning poydevori.

2. Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi – Dunyo olimlari nigohida.




Mashg’ulotning maqsadi:


Pedagagik vazifalar:

  • Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;

  • O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;

  • Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;

  • Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish

Oquv faoliyatining natijalari:

  • Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

  • Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

  • Mavzuni o’rganadilar;

  • O’ fikrlarini aytadilar.

O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari: “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing”

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




    1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi. (1-ilova)

Tinglaydilar

1.2. Adabiyotlar ro’yxati bilan tanishtiradi. (2- ilova)

Tanishadilar


II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (3-ilova)

2.2 Mashg’ulot rejasining savollari bo’yicha og’zaki savol-javob o’tkazadi. (4-ilova)

2.3. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi


Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Mashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.


(1-ilova)

1. Buyuk Sharq alloma va mutafakkirlarining ma’naviy merosi zamonaviy ilm-fan hamda taraqqiyotning poydevori.

2. Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi – Dunyo olimlari nigohida.

(2-ilova)

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.:O‘zbekiston, 2012.

2. Karimov I. A. “Ajdodlarimizning bebaho merosi –abadiyatga daxldor ma’naviy xazinadir”. // Xalq so‘zi, 2014 yil 16 may.

3. Karimov I. A. Mustaqilliksiz kelajak yo‘q. – T.: O‘zbekiston, 1998.

4. Karimov I. A. YUksak ma’naviyat –engilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.

5. Karimov I. A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: O‘zbekiston, 2009.

6. Karimov I. A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimizdir. – T.17.– T.: O‘zbekiston, 2009.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori // Xalq so‘zi, 2012 yil 29 may, № 104 (5524)

8. CHet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori // Ma’rifat, 2012 yil 21dekabr, № 99 (8540)

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni // Xalq so‘zi, 2012 yil 25 iyul, №145 (5565).

10. O‘rta asrlar SHarqining mashhur olim va mutafakkirlari: kitob-albom. SH.Salixov va boshq. - Toshkent: “O‘zbekiston”, 2014 – 156 b.

11. Solihov SH. Ilm-fan – mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biri. // Ma’rifat, 2013 yil 18 dekabr.

12. Quronov M. Qudratli elning bolalari sog‘lom bo‘lur. //Ma’rifat, 2014 yil 8 yanvar.

13. Ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi. // Xalq so‘zi, 2014 yil 15 yanvar.

14. Amerika o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda “kashf etilgan”mi? //Xalq so‘zi, 2014 yil 5 iyul.

15. O‘zbekiston erishgan muvaffaqiyatlar malayziyalik mutaxassislar nigohida // Xalq so‘zi, 2014 yil 8 iyul.

16. “O‘zbekiston tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab-avaylash va uni boyitish haqida qayg‘uradi” // Xalq so‘zi, 2014 yil 8 iyul.

(3 ilova)

1. Ma’lumki, Movarounnahr va Xurosonda ilm-hunar, madaniyat va falcafiy tafakkur ancha erta shakllangan edi. Eramizdan oldingi IV-II asrlardagi oromiy va mixxat, Xorazm va so‘g‘d yozuvlari, Turkiston hududidan topilgan VI-VII asrlarga tegishli O‘rxun-Enasoy alifbosidagi qator bitiklar ham bu erlik xalqlarning qadimdan savodxon bo‘lganligidan dalolat beradi. Buyuk ipak yo‘li xalqlarning o‘zaro madaniy aloqalariga ham imkon yaratdi. U orqali O‘rta Osiyolik olimlar Qadimgi Xitoy, Qadimgi Hindiston, Qadimgi YUnoniston, Qadimgi Rim tibbiyoti qo‘lga kiritgan yutuqlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lganlar. Milodgacha bo‘lgan II asrdan milodiy XV asrga qadar qadimiy xalqaro transport arteriyasi vazifasini bajarib, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo, O‘rta va YAqin Sharq, O‘rta er dengizi mintaqasi kabi hudud va mamlakatlarni bog‘lab kelgan Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati beqiyos bo‘lgan.

Ayniqsa, o‘rta asrlarda Buyuk Ipak yo‘lida Movarounnahrning ustuvor mavqega ega bo‘lishi Sug‘d ilm-fanining, jumladan, tibbiyot ilmining rivojlanishiga omil bo‘lgan. SHu davrdan boshlab, tibbiyot ilmi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan farmatsevtika sohasi ham shakllana boshlagan. Bu davrga kelib O‘rta Osiyo shaharlarida maxsus dorixonalar va shifoxonalar mavjud bo‘lgan. Arablar bosqinidan keyin O‘rta Osiyolik olimlar Aleksandriya kutubxonalarida saqlanayotgan tibbiyotga oid kitoblar bilan tanisha boshladilar. Ularning kitoblari arab tiliga tarjima qilindi. Bunday imkoniyatdan foydalangan olimlar orasidan tibbiyot sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan Abu Mansur Hasan ibn Nuh al Qamariy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Hasan Alquttoniy Marvaziy, Hakim Azraqiy, Badruddin Muhammad ibn Bahrom Qalonasiy kabi tabiblar etishib chiqishdi.

Abu Mansur Hasan ibn Nuh al-Qamariy X asrda Buxoroda yashab ijod etgan. Uning qator asarlari tibbiyot tarixida kata ahamiyatga ega bo‘ldi. Al-Qamariydan saboq olgan iste’dodli olim Abu Ali ibn Sino tibbiyot fanida katta burilish yasadi. Ibn Sinoning nomi dunyo fani va madaniyati tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan. Doimo yashil bo‘lib turuvchi tropik o‘simlik “Avitsenniya” deb atalgan. Ko‘plab mamlakatlarda ko‘chalar, o‘quv va tibbiyot muassasalariga uning nomi qo‘yilgan, alloma sharafiga medal va mukofotlar ta’sis etilgan.

Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yil 6 noyabrda YUNESKOning xalqaro Abu Ali ibn Sino oltin medali bilan taqdirlandi. Ovro‘pada Avitsenna nomi bilan tanilgan, o‘z faoliyatida 450 dan ortiq asar yozgan qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino ta’limotlari bugun ham o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Abu Ali ibn Sinoning ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko‘plab olimlar uning asarlarini o‘qib, hayratlangan. Ibn Sinoning 1024 yilda yozilgan besh tomdan iborat «Tib konunlari» 36 marta nashr qilingan. Asar XII asrdayoq kremonlik Gerard tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan, Evropada XV asrda chop etilgan dastlabki kitoblardan biri bo‘lgan va qit’adagi etakchi universitetlarda qariyb 500 yil davomida tibbiyotdan darslik sifatida o‘qitilgan. Ibn Sino nafaqat tib ilmi, balki falsafa, astronomiya, kimyo, fizika, geografiya, musiqa va adabiyot sohalarida ham keng ijod qilgan.

O‘rta Osiyolik yana bir qomusiy olim Marvaziy tib ilmidan tashqari, astronomiya ilmida ham mashhur bo‘lgan. U tib ilmiga bag‘ishlab “Rasoiyl fit tib” (“Tabobat haqida risolalar”) asarini yozgan. Tib ilmining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan YAna bir tabib Badruddin Muhammad ibn Bahrom Qalonasiy asli samarqandlik bo‘lgan. U dorishunoslikka bag‘ishlab 49 bobdan iborat “Qarobodin” nomli asar yozgan. Buyuk Ipak yo‘li orqali Sokrat, Platon, Aristotel, Ptolomey va antik davrga mansub boshqa buyuk allomalarning ilmiy asarlari, g‘oya va kashfiyotlarini o‘rganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. IX-XI asrlarda Xivada tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi va “Baytulhikma”, ya’ni “Donishmandlik uyi” o‘z vaqtida shuhrat qozondi. XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo Ulug‘bekning ilmiy maktabida faoliyat ko‘rsatgan olimlar o‘z vaqtida butun dunyoga mashhur bo‘ldilar. Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda jahonning boshqa mintaqalaridagi uyg‘onish davriga ham ta’sir ko‘rsatganini dunyo ilmiy jamoatchiligi haqli ravishda e’tirof etgan. Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida yaqqol namoyon bo‘lganini ko‘ramiz.

IX-XII asrlar o‘z mazmuni, salmog‘i jihatidan O‘rta Osiyo uyg‘onish davri deb tarixga kiradi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyatlarida dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yo‘lda o‘tmish va dunyodagi davlatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy falsafiy, diniy, tarixiy hamda ijtimoiy ilmlarni rivojlantirishga e’tibor qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. O‘rta asrlarda Xorazm Ma’mun akademiyasi kutubxona, madrasa, tarjimon va xattotlar maktabi kabi tuzilmalarga ega bo‘lgan va unda yuzdan ortiq allomalar, iste’dodli talabalar ilmiy izlanishlar olib borgan. Ularga Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Xo‘jandiy, Ahmad ibn Muhammad Xorazmiy va Ahmad ibn Hamid Naysaburiy kabi qomusiy olimlarni misol keltirish mumkin.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling