Маърузани олиб бориш технологияси


«Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy


Download 1.51 Mb.
bet7/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

«Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy

ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini

ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi bo‘yicha

ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani

rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib,

Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari

algoritm” va “algebra” kabi zamonaviy ilmiy atamalarda



abadiylashtirildi.»

Islom Karimov

YUNESKO shafeligida Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlangani, uning faoliyati qayta tashkil etilgani mamlakatimizda ajdodlar xotirasiga, ilm-fan rivojiga qaratilayotgan e’tiborning yorqin namunasidir. Hozir bu qadimiy va navqiron ilm maskanida Xorazm tarixi, uning o‘ziga xos madaniyati, ekologiyasi, er va suv resurslarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda. Uyg‘onish davrining buyuk namoyandalaridan biri matematik, astronom, geograf va algebra fani asoschisi Muhammad Xorazmiyning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” asaridan “Algebra” so‘zi olingan. IX asrda Bag‘dod shahrida xalifa al-Ma’mun tomonidan barpo qilingan rasadxonaning barpo qilinishida ulug‘ vatandoshimiz Muhammad Xorazmiyning xizmatlari kata bo‘lganligi manbalarda alohida qayd qilingan.

Muhammad Xorazmiy “Erning surati kitobi”, “Kitob al- jabr va al-Muqobola” va boshqa o‘nlab buyuk asarlar yaratdi. Lekin olim asarlarining aksariyati bizgacha etib kelmagan. Muhammad Xorazmiyning insoniyat tarixidagi va oldidagi eng buyuk xizmati, uning “Kitob al-jabr va al-Muqobola” asari hozirgi zamon algebra faniga asos soldi va shu tariqa matematika fanining keyingi asrlardagi rivojini, shu tariqa jahon fanining va keyingi asrlarda paydo bo‘lgan texnika fanlarining rivojini ta’minlab berdi. Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy kabi olimlar hozirgi zamon hisoblash tizimini kashf etdilar. Manfiy va irratsional sonlar bilan ishlash yo‘lini, ildiz chiqarish, kvadrat tenglamalarni echish usullarini topdilar va o‘z kashfiyotlari bilan dunyo fanining cho‘qqisiga chiqdilar.

Ahmad Farg‘oniyning hayoti haqida o‘rta asrlarda Sharqda uning nomi mashhur bo‘lgan. Ibn an-Nadim (X asr), Ibn al- Qiftiy (XII-XIII asrlar), Abul Faraj Barbrey (XIII asr) kabi Sharq olimlari uni o‘z asarlarida eslatadilar. Ahmad Farg‘oniyning asosiy astronomik asari “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” (“Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum”) XII asrdayoq Evropada lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Evropa tillariga ham tarjima qilinganidan so‘ng uning lotinlashtirilgannomi “Alfraganus” shaklida G‘arbda bir necha asr davomida juda mashhur bo‘lib ketgan. “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” bir necha asrlar davomida Evropa universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik sifatida o‘qitib kelingan. Ahmad Farg‘oniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493 yilda nashr etilgan bo‘lib, u eng qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi. Ahmad Farg‘oniyning “Astronomiya asoslari” nomli asari o‘n ikkinchi asrda lotin va ivrit tillariga tarjima qilingani, keyinchalik Italiya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya vaAQSH kabi ko‘plab mamlakatlarda qayta-qayta chop etilgani uning naqadar ulkan ahamiyatga egaligidan dalolatdir. Allomaning Er sharsimon shaklda ekanligi borasidagi qarashlarini oradan sakkiz yuz yil o‘tib amalda isbotlagan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb “Er meridianining bir darajasi miqdori haqidagi Ahmad Farg‘oniy hisoblarining to‘g‘riligiga to‘la ishonch hosil qildim”, deya dastxat qoldirgan. O‘n oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga bobokalonimiz nomi berilgan.

Evropa Uyg‘onish davrining buyuk namoyondalaridan biri bo‘lgan mashhur olim Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyadan ma’ruzalarni Ahmad Farg‘oniy kitoblaridan o‘qigan. Ahmad Farg‘oniy nomini o‘z asarlarida buyuk Dante (XV asr) va SHiller (XVIII asr) ham qayd etgan. Evropaning yirik sharqshunos olimlaridan Dalambr, Brokelman, X.Zuter, I.Krachkovskiy, A.YUshkevich va B.Rozenfeldlar Ahmad Farg‘oniyning ijodini o‘rgangan va bu olimning faoliyatiga yuqori baho berganlar.

Ahmad Farg‘oniyning “Usturlob yasash haqida kitob” qo‘lyozmasi Berlin, London, Mashhad, Parij va Tehron kutubxonalarida, “Usturlob bilan amal qilish haqida kitob”ning birgina qo‘lyozmasi Rampurda (Hindiston), “Ahmad Farg‘oniy jadvallari” qo‘lyozmasi Patnada (Hindiston), “Oyning Er ostida va ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash haqida risola” qo‘lyozmasi Gota va Qohirada, “Quyosh soatini yasash haqida kitob” qo‘lyozmasi Halab va Qohirada saqlanadi. XVI asrda Oydagi kraterlardan biriga uning nomi berilgani bu fikrni isbotlaydi.

Buyuk ajdodimizning ijodi Evropa Uyg‘onish davridagi va undan ancha keyingi davrdagi fan va madaniyat rivojida sezilarli rol o‘ynadi. Farg‘oniyning nomi Abu Rayhon Beruniy va Muhammad Xorazmiylar kabi butun Sharq va G‘arbda tabiiy-ilmiy bilimlarning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olim sifatida G‘arb va Sharq mualliflari asarlarida, qolaversa o‘z yurti – hozirgi O‘zbekistonda ham g‘urur va iftixor bilan tilga olinadi. YUNESKO qaroriga muvofiq 1998 yilda Ahmad Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Quva va Farg‘ona shaharlarida mutafakkir haykallari bunyod etildi, Farg‘ona davlat universitetiga Ahmad Farg‘oniy nomi berildi.

Eramizning 748 yili hozirgi Termiz shahrida tavallud topgan Muhammad ibn al hakim at-Termiziy ham astronomiya ilmida chuqur iz qoldirgan. Matematika bilan shug‘ullangan bu olim kalendar yaratishda ham mashhur bo‘lgan. Bu allomadan bizgacha “Bayan risola-i solnama” asari etib kelgan.

Abu Rayhon Beruniy 973 yili Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tavallud topadi va Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo‘lida ta’lim oladi. U arab, so‘g‘d, fors, suryoniy, yunon tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini chuqur o‘rgangan. Beruniy o‘zining birinchi astronomik tajribalarini 16 yoshida Kat shahrida boshlagan. U Jurjon saroyida xizmat qilgan davrida 10 dan ortiq yirik asarlarini bitishga muyassar bo‘lgan, jumladan “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini yaratgan. Bu asar muallifning ko‘p qirrali ilm sohibi ekanini namoyish etdi va unga juda kata shuhrat keltirdi. Beruniy 1005 yilda vatani Xorazmga qaytdi. Beruniy Xorazm, Kat, Gurganj bilan bog‘liq joylar, shahar va qishloqlarning jo‘g‘rofiy kengliklarini va ular orasidagi masofalarni aniqlab, ushbu joylar tushirilgan Er kurrasi modelini yasadi. Bu insoniyat tarixida ilk bor yaratilgan yarim shar ko‘rinishidagi o‘ziga xos globus edi. Beruniy o‘z tadqiqotlarida hozirgi Amerika qit’asining mavjudligiga ham ishora qilgan. Beruniyning Aristotelga munosabati Abu Ali ibn Sino bilan yozishmasida o‘z ifodasini topgan. Ularning yozishmalari asosan Aristotelning “Fazo haqida” va “Fizika” asarlari bo‘yicha olib borilgan. Beruniy Aristotelni qadimgi dunyoning eng qomusiy etuk olimi deb hurmat bilan tilga olgan.

Qadimiy qo‘lyozmalarda aytilishicha, Ipak yo‘li yoqasida joylashgan mamlakatning qomusiy olimi dunyoda noma’lum qit’alar mavjudligini anglab etgan.



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling