Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet105/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

Uyga vazifa: Navbatdagi tadbirning mavzusi e'lon qilinadi, vazi-falar belgilanadi va topshiriqlar taqsimlanadi.

1. Mashg'ulotning modeli



O’quv soati: 1 soat

O’quvchilar soni:____

Mashgulot shakli va turi

Muloqat soati


Mashg’ulot rejasi

  1. "Hozirgi zamon ekologik vaziyati"

  2. "Hozirgi zamon ekologik halokati"

  3. "Real ekologik salbiy oqibatlar"

  4. "Potensial ekologik xavf-xatarlar"




Mashg’ulotning maqsadi:


Pedagagik vazifalar:

  • Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;

  • O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;

  • Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;

  • Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish

Oquv faoliyatining natijalari:

- Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

- Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

-Mavzuni o’rganadilar;

- O’ fikrlarini aytadilar.


O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari:

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




  1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi. (1-ilova)

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Mavzu bo’yicha og’zaki savol-javob tashkl etadi (2-ilova)

2.3. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi



Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Uyga vazifa beriladiMashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.


(1-ilova)

"Hozirgi zamon ekologik vaziyati"

Tabiat - o'zaro bog'liq bo'Igan ob'ektlar va jarayonlarning yagona, juda murakkab majmui (kompieksi)dir. Inson jamiyati esa tabiatning ajralmas bir qismidir. U tabiat bilan doimiy ravishda o'zaro ta'sirda bo'Igan holdagina mavjud bo'la oladi. Insonga nima kerak bo'lsa, u ularni faqat tabiatdan oladi. Ijtimoiy mavjudot sifa-tida inson, eng birinchi navbatda, o'zining mehnat faoliyati bilan tabiatga juda katta o'zgartiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

Insonning mehnat faoliyati jarayonida tabiat bilan inson jami-yatining sifatiy jihatdan mutlaqo yangi o'zaro ta'siri yuzaga keladi. U hayvonlarning atrof-muhit bilan o'zaro ta'siridan tamomila farq qiladi. Qisqacha qilib aytganda, hayvon tabiatdan faqat foy-dalanadi. U unda ishtiroki kuchi doirasidagina o'zgarishlar so-dir qiladi. Inson esa tabiatga kiritgan o'zgartishlari bilan uni o'z maqsadlari yo'lida xizmat qilishiga majbur etadi, to'g'rirog'i, uning ustidan hukmronlik qilishga intiladi. Hozirgi zamon ekologik vaziyatni tadqiq etish bu mulohazalarning naqadar to'g'ri ekanini tasdiqlaydi. Insonning biosferaga bir tomonlama va stixiyali ta'siri bizning sivilizatsiyani shunday dunyoga aylantirdiki, unda nafaqat cho'l-u biyobonning gulzorlarga, botqoqliklarning unumdor yerlar-u ekinzorlarga, dasht-u yaylovlarning shaharga aylanishi, balki dastlabki bog'-rog'lar o'rnida sahroni, hayvonlarning qirilib, butunlay yo'qolib ketishi arafasida turgan holatlarni ham kuzatish mumkin.

Insoniyat hayoti tabiiy muhit bilan uzviy bog'liqdir. Ta­biat - hayot beshigi, inson yashaydigan tabiiy muhitdir. Inson bu tabiiy muhit yoki hayotdan tashqarida yashay olmaydi. U dengiz va okeanlar tubida maxsus yashash maskani yaratsa-da, hatto samo-larda kichik shaharlar barpo eta olsa ham, mazkur joylarda biologik tur sifatida mavjud bo'lishi uchun tegishli hayotiy shart-sharoitlar ni ta'minlashi lozim bo'ladi. Biroq hozirgi vaqtda atrof-muhit ifloslashuvining tobora kengroq tus olishi oxir-oqibatda odamlar hayo-tining tabiiy asoslarining yemirilishiga olib boradi. Hozirgi zamon sanoati, energetik qurilmalar, transport vositalari, qishloq xo'jaligi sohasidagi faoliyatlar tufayli atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar miqdori butun dunyoda jadal sur'atlar bilan ortib bormoqda. Oqibatda sayyoramizning qator hududlaridagi tabiiy muhit inson hayoti uchun borgan sari yaroqsiz holga kelmoqda. Xalqimizda "Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi", degan naql bor. Ekologik xavf-xatar ko'lami pinhon tutilgani bilan uning halokatli belgilari aniq ko'rina boshlaydi. Ammo bugungi kunda vaziyat ancha o'zgardi. Dunyoning turli nuqtalaridagi ekologik tanglik ochiq oydin muhokama etilmoqda. Chunki atrof-muhitning ifloslanishi, zaharlanishi va ishdan chiqishi butun sayyora miqyosidagi hodisaga aylandi. Ekologik tanglikning aks-sadosi barcha qayta tiklanish jarayonlarida o'z ifodasini topmoqda.



Inson faoliyatining tabiiy muhitga ko'rsatadigan ta'siri borasida tashvish cheka boshlanganiga half unchalik ko'p vaqt ham bo'lgani yo'q. Bu ta'sirni iimiy asosda aniqlash-o'lchashga urinish hollari endigina boshlandi va u hali o'z takomilidan ancha-muncha yiroqdir. Ayni bosqichda biz, albatta, Yerning iflosliklarni qanchaiik da-rajada "yutib yubora olish" qobiliyatiga ega ekani borasida so'nggi xulosa chiqarish imkoniga ega emasmiz, ammo ayrim mulohazalarni bildirib o'tishimiz mumkin (global, dinamik nuqtai nazardan). Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbaalar rivojlanib, kengayib borgani sari, uning iflosanish darajasi ham shunchalik ortib boraveradi. Xo'sh, u holda bu ortib borishning biror chegarasi bormi? Ona sayyoramizning tabiiy tizimi bu ortish jarayoniga bardosh bera oladimi? Axir, yerning imkoniyatlari ham cheklangan-ku! Afsuski, insoniyat bunday kelajak haqida hozircha ko'pam bosh qqtirayotgani yo'q. U bugun ko'proq o'zining kundalik muammolari bilan bandga o'xshaydi. Uni hozirgi vaqtda yerdagi tabiiy boyliklarning chekli ekani emas, balki ishlab chiqarish amaliyoti ko'proq qiziqtirmoqda. Albatta, jamiyatni taraqqiyot qonunlariga moslashtirish uchun jahon tizimida katta o'zgartirlshlar qilish va tegishli shart-sharoitlar yaratish iozim bo'ladi. Ammo chekli o!amda o'sish chegarasi muammosiga ham duch kelish mumkinligini unutmaslik kerak. Umuman, hozirgi zamon jamiyati tanlash va amaliy faoliyat bilan bog'liq vaziyatni e'tirof etishga hali o'rgana olgani yo'q.

Inson va tabiat o'zaro munosabatining hozirgi holatini hamda ularning tarixini o'rganmasdan turib, ijtimoiy-ekologik nazariyani yaratib bo'lmaydi. Ijtimoiy-ekoiogik nazariyasiz esa inson o'zining tabiatni o'zgartirish borasidagi amaliy faoliyatlarida katta muvaf-faqiyatlarga erisha olmaydi. Ijtimoiy-ekologik konsepsiyalar hozir­gi zamon ekologik holat haqidagi ma'lumotlarga ekologiya tarixi va ekologiya fani asoslariga tayanadi. Ma'lumki antropogen davr yer tarixida inqilobiy hisoblanadi. Inson sayyoradagi faoliyatning miqiyoslariga ko'ra o'zini buyuk geologik kuch tarzida namoyon etmoqda. U o'zining qisqa hayoti davomida biosferaga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Insonning tabiatni o'zgartirish borasidagi texnik imkoniyatlari jadal sur'atda ortdi. Bu, ayniqsa, ilmiy-texnika inqilobi davrlarida yaqqol ko'zga tashlandi. Hozirgi vaqtda inson tabiiy rnuhitni o'zgartirishning shunday loyihalarini amalga oshirishga qodirki, yaqin o'tmishlarda u hatto bu haqda orzu ham qilolmasdi. Inson tabiatni tobora o'z izmiga bo'ysindirmoqda, maqsadlari yo'lida xizmat qildirmoqda. Insonning tabiatga bog'liqligi go'yo kamayib borayotgandek tuyuladi. Aslida, bunday emas. Hozirgi vaqtda "tabiatni muhofaza qilish", "ekologik tang ahvol" kabi iboralarning tez-tez eshitilishi biming aksini ko'rsatadi. Aksincha, tabiiy muhit holatiga inson hayoti tobora bog'liq bo'lib bormoqda. Bundan ravshan bo'ladiki, inson qudratining ortib borishi nafaqat tabiat uchun, balki oxir-oqibatda uning hayoti uchun xavfli bo'lgan salbiy oqibatlarning ko'payishiga olib kelar ekan. Buning ahamiyati va salmog'i endilikda anglab yetilmoqda. Ko'pgina ilmiy ma'lumotlar bizning sayyoramizdagi ekologik holatning hamisha bir xil tarzda bo'lganini ko'rsatadi. Bundan tashqari, unda keskin o'zgarishlar ro'y bergan. Bu o'zgarishlar uning barcha kornponent-larida kuzatiladi. Bunday global o'zgarishlardan biri, aftidan, Yerda hayot rivojlanishining boshlang'ich bosqichlarida sodir bo'lgan. Bu davrda tirik moddalar faoliyati tufayli bizning sayyoramiz atmosferasi keskin o'zgargan va unda kislorod paydo bo'lgan. Natijada esa hayotning shakllanishi va uning butun yer yuzi bo'ylab keng tarqalishi uchun imkoniyat tug'ilgan. Tirik mavjudotlar o'zlari uchun zarur bo'Igan atmosferani yaratgan. O'zining evolutsiyasi jarayonida tirik modda shakl-ko'rinishini o'zgartirgan va shu bilan bir vaqtda, qotib qolgan moddiyatni o'zgartirib, biosferani shakllantirgan. Biroq biosfera ham o'z-o'zidan osonlikcha yuzaga kelmagan. Uning shakllanish jarayoni yangi komponentlarning paydo bo'lishi va mavjudlari o'rtasidagi ziddiyatlarning juda keskinlashgan davrlarini ekologik tanglik deb atash mumkin. Inson jamiyatning shakllanishi hamda rivojlanishi mahalliy va hududiy ekologik tangliklarni yuzaga keltirgan. Albatta, buning bosh sababchisi — inson faoliyatidir. Insonning ilmiy-texnika taraqqiyoti yo'lidan to­bora olg'a borishi salbiy holatlarni keltirib chiqardi. Buning oqibati keskinlashib, ekologik tanglikni yuzaga keltirdi. Ilgari zamonlarda bunday ekologik tangliklar mahalliy va hududiy miqyoslarda sodir bo'lgan. Chunki insonning tabiatga ko'rsatgan ta'sirining o'zi ham asosan mahalliy va hududiy miqiyoslarda sodir bo'lgan. Endilik da esa butun sayyora miqiyosida kuzatilmoqda. Qadimgi ovchilar biror hududdagi hayvonlarni ovlab tugatishsa, ov qilish uchun boshqa joylarga borishgan; qadimgi dehqonlar esa agar yer eroziyaga uchrasa yoki unirig mahsuldorligi kamaysa, yangi yerlarni o'zlashtirish uchun boshqa hududiarga ko'chib o'tishgan. To'g'ri, aholining bunday ko'chishlari ijtimoiy qiyinchiliklarni va hatto fo-jealarni keltirib chiqargan. Shunday bo'lishiga qaramay, nazariy va amaliy jihatdan uning reallikka aylanishi mumkin bo'lardi. Hozirgi zamonda esa mutlaqo boshqa sharoit. Aholi soni yildan-yilga ko'payib, o'zlashtiriladigan yerlar esa kamayib borrnoqda. Xullas, hozirgi zamonda aholi soni jadal sur'atlar bilan ortib, insonning atrof-muhitga ko'rsatayotgan ta'siri tobora jadallashib va globallashib bormoqda. Oxir- oqibatda bu ta'sirning salbiy oqibatlari ham dunyo miqyosidatez tarqalib, globallashmoqda. Agar ilgari insoniyat mahalliy va hududiy ekologik tanglik muammolariga duch kelgan bo'lsa, bugungi kunda yomon oqibatlarga olib keluvchi global ekologik vaziyatlarni kuzatmoqda. Hozirgi zamon insoni biosferaning butun yaxlit faoliyatini sayyora miqiyosida izdan chiqarmoq-da. Aynan ana shu holat global ekologik tanglik va ekologik halokat xavfi mavjudligidan dalolat beradi.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling