Маърузани олиб бориш технологияси


Mamlakat obodonchiligi yo‘lida


Download 1.51 Mb.
bet104/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

Mamlakat obodonchiligi yo‘lida. O‘zining ko‘p yillik harbiy yurishlari bilan Sug‘arma SHarqning juda ko‘p obod viloyatlarini va shaharlarini qo‘lga kiritgan Temur davlatining shon-shuhrati uchun uning markaziy qismi bo‘lgan Movarounnahrning, ayniqsa poytaxti Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat beradi. Buning uchun u zabt etilgan mamlakatlarning faqat moddiy boyliklarinigina talab olib kelmay, balki juda ko‘p hunarmandlar, san’at ahllari va olimlarini asir qilib Movarounnahrga olib keladi va mamlakatni obod etishda ularni foydalanadi. Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham me’morlik obidasini barpo etish bilan nishonlash odati bo‘lgan. SHu maqsadda Hindistondan olib kelingan yuzlarcha mohir g‘isht teruvchi bannolar, SHeroz, Isfaxon va Damashqning mashxur usta-hunarmandlari mamlakatda go‘zal imoratu inshootlar bino qiladilar. Temur Tabrizda masjid, SHerozda saroy, Bag‘dodda Madrasa, Turkistonda mashxur shayx va shoir qulxuja Ahmad YAssaviy qabri ustiga maqbara bino qildirsa-da, lekin o‘zining saxovat va himmatini Kesh va Samarqandda oliy imoratlar qurdirishda ko‘rsatdi. O‘zining Ona Vatani Keshda otasining qabri ustiga maqbara, o‘g‘li Jahongirga maqbara bilan birga masjid qurdirdi. Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida bo‘lib, uning obodonligiga katta ahamiyat berdi. Unda dunyoga dong‘i ketgan mashxur Oqsaroy qad ko‘tardi. Eroniy me’morlarning mahorati bilan bino qilingan bu muhtasham saroyning peshtoqi, toqu ravoqlari va devorlari zangori va oltin rangdagi arabiy naqshli koshinlar, guldor o‘ymakor parchinlar bilan ziynatlandi. Soxibqiron Keshga alohida e’tibor berib uni O‘rta Osiyoning ma’naviy markaziga aylantirishga harakat qildi. SHu boisdan bu shahar «qubbatul ilm val adab" unvoniga ega bo‘ldi. Ammo Zahriddin Bobur ta’riflaganidek, «Temurbekning zodi-budi Keshtin uchun uni shahar va poytaxt qilurra ko‘p sa’y va ehtiromlar qildi. Oliy imoratlar Keshta bino qildi... CHun Keshning qobiliyati shahar bularga Samarqandcha emas edi. Oxir poytaxt uchun Temurbek Samarqandni uq ixtiyor qildi".

Samarkand saltanat poytaxti qilib olingach, u alohida imtiyozga ega bo‘lgan shax^arga aylanadi. Samarqandda Isfixon, SHeroz, Xalab, Xorazm, Buxoro, qarshi va Kesh shaharlarining me’moru binokorlari qo‘li bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, mAqbaralar quriladi. SHahar tashqarisida esa bog‘-rog‘lar barpo etiladi. 1403—1404 yillarda Samarqandda bo‘lgan Ispaniya elchisi Don Ryui Gonzales de Klavixo Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan xayratda qolgan edi. Xuddi shu davrda SHohi Zinda me’moriy yodgorliklari guruhining SHodimulk Og‘o, Amir Xusayn, SHirinbeka Og‘o kabi qator ajoyib maqbaralari, xozirgi vaqtda Bibixonim nomi bilan mashxur bo‘lgan Jome Masjidi, Go‘rimir dahmasi va boshqalar bino qilinadi. SHunisi e’tiborliki, Temur o‘zining butun harakatlarida, shu jumladan binokorlik sohasidagi faoliyatida ham hammadan avval siyosiy maqsadlarni ko‘zda tutadi. Masalan, SHaxrisabzdagi mashhur Oqsaroyning koshinkor va parchinkor peshtoqining guldor naqshlari orasiga «Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga bok»' degan xitobnoma bitilgan. Turkiston shaxrida qulxo‘ja Axmad YAssaviy maqbarasini bino qilishda ham shunday maqsad nazarda tutilgan. CHunki dexqonchilik vohalari bilan bepoyon Dashti qipchoq yaylovlari chegarasida qad ko‘targan bu ulug‘vor me’moriy imorat ko‘chmanchi chorvadorlar nazdida Temur davlatining qudrati va maxobatiga ishora qilib turardi.

Ispan elchisi tashqi savdoda ham Samarqandning katta o‘rin tutganini qayd qilib, «Rus va Tatariyadan charm va surp, Xitoyda juda yaxshi to‘qilgan ipakliklar, Ayniqsa dunyoga dong‘i ketgan atlaslar olib kelinadi. Ular ichida eng qimmatlisi sidirg‘a jujunchalardir. Bundan tashqari yana Xitoydan tashqi dunyoning boshqa erlarida topilmaydigan mushk hamda la’l, brilliant, gavhar, ravoch va ko‘plab ziravor va dorivorlar keltiriladi. Hindistondan bu shaharga oliy navli turli-tuman mayda attorlik mollari: muskat yong‘og‘i, qalampirmunchoq, zanjabil, anbar, dolchin va Iskandariyaga olib borilmaydigan boshqa turli narsalar keltiriladi».

O‘sha davr muarrixi Ibn Arabshoxning yozishicha, Samarqandga chet mamlakatlardan, xususan Xurosondan ma’danlar, Xind va Sinddan yoqut, olmos; Xitoydan atlas, yashin toshi, mushk va boshqa mollar; o‘zga mamlakatlardan oltin va kumush olib kelinardi. CHet mamlakatlardan Samarqandga olib kelingan mollarning miqdori naqadar ko‘p bo‘lganki Klavixoning bu shaharda bo‘lgan vaqtida Xitoy poytaxti Xonbaliqdan 800 tuyalik savdo karvoni kelganidan faraz qilish mumkin.



SHubhasiz, bu davrda Temur va uning mahalliy noiblari Xitoy va X,indistondan O‘rta Osiyo orqali YAkin SHark, va Ovrupo mamlakatlariga yo‘nalgan asosiy xalqaro savdo «Buyuk ipak yo‘li»ni egallab savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini ta’minlashda muhim chora-tadbirlar ko‘radilar va SHarq bilan g‘arb o‘rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga g‘oyat katta e’tibor beradilar.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling