Маърузани олиб бориш технологияси


"O'zligini anglagan o'zbek"


Download 1.51 Mb.
bet101/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

"O'zligini anglagan o'zbek"

Mustaqillik bois biz milliy g'urur, milliy ma'naviyat, milliy qadriyat, o'zlikni anglash haqida ko'p gapirayapmiz. Bu tabiiy hoi, albatta. Chunki biz ko'p yillar shunga tashna bo'lib yashadik. Yaratganga shukurlar bo'lsinki, bugun milliy g'ururimiz oshdi, milliy ma'naviyatimiz yuksaldt, milliy qadriyatimiz qadr topdi, o'zligimizni - kirn ekanligimizni yaxshiroq anglab yetdik.

Ochig'ini aytadigan bo'lsak, buyuk allomalarimiz, aziz avliyolarimiz, ulug' sarkardalarimiz bugun barcha yurtdoshlarimiz, katta-yu kichik dunyo tan olgan boshqa ulug' zotlar nomlarini tilga olib, ana shular avlodidanman, deb faxrlanayapti. Ulug' bobolarimizdagi halollik va poklik, mehr-oqibat va muruvvat, mardlik va jasorat, to'g'rilik va qat'iyatlik, ezgulik va saxovat, e'tiqod va sadoqat bizning hayotimizga, ongimizga qay darajada singayapti?

Menimcha, tnilliy g'urur bu muqaddas tuyg'u, pokiza ong, yoqimli hissiyot, dilga darmon beravchi malham. Biz avlod-ajdod-larimizdan, buyuk allomalarimizdan, ulug' bobolarimizdan ibrat olsakkina milliy g'urur bilan bar qancha faxrlanishga haqlimiz.

O'zbeklarda odob milliy ma'naviyatning asosi hisoblanadi. Har qanday ezgu ish, avvalo, odobdan boshlanadi. Bizning milliy ma'naviyatga asoslangan odob qoidalarimiz asrlar davomida shakllanib, kundalik hayotimiz bilan uyg'unlashib, har birimizning qal-bimizda muhrlanib qolgan.

Hayotda so'z erkiniigi, fikr erkinligi degan tushunchalar bor. Bu tushunchalar turli ma'naviy me'yorlardan kelib chiqib, G'arbda va Sharqda turlicha talqin qilinadi. G'arbda kim nimani xohlasa, gapir-averishi mumkin. Bu — uning demokratiya bilan niqoblangan shaxsiy erkinligi, bizda esa so'z erkinligi degan tushuncha odob doira-sida gapirish mumkin degan ma'noni anglatadi. Ya'ni fikr bayon qilganda chuqur mulohaza va mushohada bilan hech kimni kamsit-may, hech kimning shaxsiyatiga tegmay va jismoniy kamchiligidan kulmay, har bir so'zni odob va andisha bilan ishlatish lozim.

"So'z ichra mudom aql yashirindir, So'z chimildig'-u aql kelindir", degan edi Sharq shoiri Nosir Hisrav.

To'g'risini aytganda, bizning odob qoidalarimiz G'arbda qaror topgan shaxsning shaxsiy erkinligi mezonlariga unchalik to'g'ri kelmaydi. Beandishalik, behayolik, kattalarni sensirash, o'zgalarga hurmatsizlik, nikohsiz turmush qurish, bunda ota-ona roziligini olmaslik, ko'cha-ko'yda va jamoat joylarida o'pishish kabi mil­liy ma'naviyatimizga butunlay yot bo'lgan erkinlik bizning odob qoidalarimizga xavf solib turibdi. Shuning uchun ham bu haqda har birimiz chuqur o'yiab, mushohada qilib ko'rishimiz va xulosa chiqarisbimiz zarur.

Yuqorida biz ma'naviyat odobdan boshlanadi dedik. Halollik esa ma'naviyatning ko'zgusi, ma'naviyatning yuksakligi poklikda. Poklik borjoyda imon-e'tiqod bor, halollik ustivorjoyda ezgulik va saxovat bor, to'g'rilik hukumron joyda insof, diyonat, mehr-oqibat bor. Biz ulug' bobolarimiz bilan faxrlanar ekanmiz, avvalo, ulardan hallolik degan muqaddas e'tiqod bo'lganini unutmasligimiz zarur. Halollikning eng muhim sharti nafsni tiyishdir.

Odob va halollik singari yaxshlik ham inson ma'naviyatining ko'rkidir. Yaxshilikni har kim har xil tushunadi. Uning ma'nosi ham juda keng. Biroq har qanday holatda ham yaxshilik beminnat, beg'araz, samimiy bo'lishi kerak. Yaxshilik oddiy muomalada shi-rin so'zlikdan boshlanadi.

Keksayib qolgan mo'tabar qariyalarning titroq qo'llaridan tutish, ularni e'zozlash, ularga nisbatan muruwatli va saxovatli bo'lish yaxshiliklar yaxshiligidir. Shuningdek. yolg'iz kishilar, nogironlar, betoblar, ko'ngli g'arib insonlar, yetim-yesirlar, kam ta'minlangan oilalar mehr-muruvvatga, saxovatga muhtoj bo'ladi. Avvalo, shularga yaxshilik qilish savoblarning savobidir. Umar Xayyom: "G'arib ko'nglini qila olsang shod, Yaxshidir yer yuzin qilgandan obod", deb bejiz aytmagan.

Ma'lumki, bozor iqtisodining o'z qonuniyatlari bor. Bu qonuni-yatlarga jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi jarayonida aholini ham turli sinovdan o'tkazadi. Bir oilada haddan ortiq to'kinchilik bo'lsa, boshqasida yetishmovchilik bo'lishi mumkin. Ana shunday paytda yaxshi insonlar olijanoblik bilan bir-birlaridan xabar olish-lari, bir-birlariga mehr-oqibat ko'rsatishlari, bir-birlariga saxiylik bilan yordam berishlari zarur. Bu milliy ma'naviyatimizning asosiy mezonlaridan biridir.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling