Маърузани олиб бориш технологияси
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgulot shakli va turi Muloqat soati
- Mashg’ulotning maqsadi: Pedagagik vazifalar
- Oquv faoliyatining natijalari
- O’quv faoliyati shakllari
- Mashg’ulotning texnologik xaritasi
- O’qituvchi O’quvchilar I. Kirish
- II. asosiy qism (30 daqiqa)
- III. Yakiniy qism (5 daqiqa)
- Kattaga hurmatda, kichikka shafqatda bolish.
1. Mashg'ulotning modeli
Mashg’ulotning texnologik xaritasi
(1-ilova) Kattaga hurmatda, kichikka shafqatda bo'lish. Kundalik hayotimizda shunday narsalar borki, ularni bajarmas-dan hayot kechirishning o'zi mumkin emas. Masalan, ovqatlanish, kiyinish va hokazolar Biroq ahamiyatsizdek tuyulgan, aslida, zaruriyatdan ham zarurroq ba'zi bir taomillar, urf-odatlarni ham yoddan chiqarmaslikkerak. Insoniy tuyg'ular-la bog'liq, hamisha, harqan-day vaziyatda yaxshilikka undovchi udumlarimizdan biri kattaga hurmat, kichikka shafqatdir. Donishmand bobolarimiz, keksa kishilarga, ota-onaga, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug'larga, mahalla-guzar ahliga nisbatan hurmat, mehr-oqibat, shafqat, muhabbat tuyg'uiarini yurakdan eng asl gavhar donasiday asrash to'g'risida maxsus tarbiyaviy risolaiar bitganlar. Ahmad Yassaviy, Yusuf xos Xojib, Mahmud Qoshg'ariy, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy singari ajdodlarimiz, bobolarimiz ijo-diy merosining katta qismi mana shu chuqur insoniy mavzuga qaratilgan. Katta kishilar oldida odob saqlash, ularning gapi, o'giti, pand-nasihatlarini quloqqa olib, amal qilishning ma'nosi sirtdan qaragandagiga nisbatan juda keng va terandir. Chunki yoshi ulug' odamlarning zimmasiga o'zlaridan oldin o'tgan ota-bobolarning katta ma'naviy yuki yuklatilgandir. Bu tabarruk insoniyat hayotining bardavomligini, uzluksizligini ta'minlovchi "yuk"ni qabul qilib olishning ham o'ziga yarasha odob-qoidasi bor. Kichikka shafqat ham bejiz emas, ular hozirgi zamonni ham, o'tmishni ham kelajak avlodlarla bog'laydilar. Ularga har qancha mehr, shafqat ozlik qiladi bu mas'uliyatli vazifaning oldida! Sizlarning o'zingizdan kichik bolalarga, ayniqsa, qizchalarga hamishalik e'tiboringiz, mehribonchiligingiz, beminnat ko'magin-giz o'z eringizni, avlod-ajdodlarni nechog'li sevishingizni ham bildiradi, Kattalar orasida ham, o'zingizdan kishiklar o'rtasida ham ayrim nogiron, kasalmand kimsalar uchrashi mumkin. Ularga nisbatan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan muomalada bo'imoq talab etiladi. Munosabatingizning asosini izzat, saxovat, shafqat va mehr tashkil etishi kerak. Ayrim tengdoshlar o'zlaridan kichik va nogironlar uyoqda tursin, kaltabinlik bilan kattalarni, hatto o'z ota-onalarini ham mensimay, nazar-pisand qilmay qo'yadilar. O'zboshimchalik yo'liga kiradilar. Avvalo ularning o'qishlari susayib, yomonlashadi. Chek-ish, ichish kabi yaramas odatlarni o'rganadiiar. Bezorilik, kissa-vurlik, nashavandlik qiladilar. Oqibatda kelajak istiqboli, yuksak insoniy taqdir-a'moldan mahrum bo'ladilar. Axloq tuzatish ota-onalariga, qamoqxonalarga tushadilar. Siz shunday tengdoshlaringizning faoliyatini tuzukroq tahlil qilib ko'radigan bo'lsangiz, yengil-yelpi hayotdan hech qanday maqsad-muddaosi bo'lmagan bolalar unday noma'quchiliklarga qo'l urishini bilib olasiz. O'z xatti-harakatlaringiz, xulq-atvoringiz bilan ularga ta'sir o'tkaza olsangiz, qalbingizda go'zal his-tuyg'ular yana baquvvat tomir otadi, yanada ko'proq ijobiy fazilatlarga ega bo'lasiz. Udumlarimizning mohiyatiga e'tlbor beradigan bo'lsak, ularda hatto qora narsalardan ham yorug'lik qidirish, ularni ham to'g'ri yo'lga solish istagi yot-ganligiga guvoh bo'lasiz. Kattaga hurmat, kichikka shafqat aqidasigatobelik, mutelik ruhi-yati, tabiati, o'zidan kattaga, xususan, hokim sinfga nisbatan bo'yin tovlamaslik, qaramlik, qullik ifodasi, deya tanqidiy nazar bilan qa-raydiganlar ham uchraydi. Ayrimlar, hatto kattaning yuziga, ko'ziga tik qaramaslik, hurmat-odob saqlashni xurofat deb bilib, aksincha, yosh yigit-qiz kattalarning oldida ham mag'rur (bepisand) turu-shi, suhbatdoshining ko'ziga tik qarashi, ko'ngliga o'tirishmagan pand-nasihat, o'gitlarini keskin rad qilishi lozim, degan fikrdalar. Bunday mulohazalar bir tomonlamadir. Insonning xatti-haraka-ti, gap so'zi boshqa birovlarning diliga og'ir botmasligi kerak. Boyg'ozilik qilib yurish bilan hech narsa o'zgarib qolmaydi, aksincha, bu ba'zi birovlarga haqoratday tuyulib, ular hech qachon Sizga o'z dillarini ochishmaydi. Haqoratning katta-kichigi bo'lmaydi. Tarsaki bilan urasizmi, nojo'ya qilig'ingiz bilan g'ashiga tegasizmi, baribir, bu haqorat, ko'ngil og'ritishdir. Bu jihatdan qadim zamonlarda ko'pgina sharq xalqlari tari-xida kattaga hurmat, kichik va ojizlarga shafqat qonuniyati har bir kishining insoniy burchi sifatida qaralgan. Aks muomala esa g'ayriaxloqiy tushuncha sanalgan. Hurmat-izzat, e'zozlash, aziz tutish tuyg'usi nafaqat tirik odamlarga, balki dunyodan o'tgan mar-humlarga nisbatan, hatto jon-jonivorlar, insonning rizq-u nasibasi bo'lgan nonga, ilm-ma'rifat, madaniyat ramzi oq qog'ozga, tiriklik va hayot manbai suvga nisbatan ham keng qo'llanilgan. Izzat-hurmat nafaqat inson zotining tirikligida, balki u hayotdan ko'z yumganda ham saqlangan. Tirikligida odamlarga, jami-yatga, ilm-ma'rifatga, madaniyatga katta foyda yetkazgan shaxslar vafotlaridan keyin ham chuqur hurmat-izzatga sazovor bo'lishgan. Ularning qabrlari aziz deb bilingan. Maqbaralar ko'tarilib, obodon lashtirilgan. Bot-bot ziyorat qilib turiigan. Chunki u ham qachon-lardir yer yuzida ter to'kkan, zahmat chekkan. Aytaylik, biror daraxt ekkan, hovuz qazigan. O'z bola-chaqalari, yoru birodarlari, qarindosh-urug'Iariga g'amxo'rlik ko'rsatgan. Insonning yer yuzida yashab o'tgan umrinidan tashqari abadiyatga daxldor, hech qachon o'lmaydigan yana bir umri ham borki, shu sababli u dafn etilishi zamonoq unutilishga mahkum emas. Mayda, ojiz hasha-rotlarga, jonivorlarga mehribonlik ham ulug fazilatdir. "Aqalli bir mushukka bo'lsang mehribon, Demak, salomatdir sendagi ibo". — deydi Xusrav Dehlaviy. Ota-bobolar yerga tushgan non parchasi, uvog'ini ohista olib, o'pib, yuz-ko'zlariga surtib, oyoq ostidan chekkaga, qushlar, it-mushuklar yeb ketadigan joylarga ko'tarib qo'yishgan. Qog'ozga nisbatan ham shunday munosabatda bo'lib kelingan. Nonni, qog'ozni yerga tashlash, uni bosib o'tish gunoh hisoblangan. Obi hayot hususida ham shuni aytishimiz mumkin. Kattadir-kichikdir suvga peshob qilsa, ulug' gunoh sanalib, ko'zi ko'r bo'lib qoladi, deya cho'chishgan. Ko'l, daryo, ariqlarning suvlari shu sababdan ham toza, musaffo, shirin bo'lgan. Izzat-hurmat odatida erkak kishining ayol zotiga munosabati alohida o'rin tutadi. Qadimdan ota-boboiarimiz yer yuzidagi barcha ezguliklar manbai, inson hayotining sarchashmasi bo'lgan ayol zotiga hamisha hurmat saqlab kelganlar. Xotin-qizlar ro'zg'or tashvishlari, kimdalik turmush urunishlari uchun yugurib-elishdan xalos qilingan, Nozik jins sifatida har qanday og'r yumushdan saqlangan. Buvi-yu onaga, opa-singilga, amma-xolalarga zo'r hurmat bilan qaralgan. Ota-bobolar, erkaklar, yosh yigitlar-u, o'smir, o'spirinlar ayoi zotining xizmatida kamarbasta bo'lishgan. Ona tabaruk zot sanalib, bosgan izlari ko'zga surtilgan. Butun hayot davomida onani o'g'rintirmaslikka harakat qilingan. Onani farzand tomonidan savatga solib, boshga ko'tarib, yetti marta Makkadan Madinaga olib borib, tavof qildirish, onaizorning farzand beshigi ustida bedor o'tkazgan bir kuniga teng tutilmagan. Onalardan keying! opalarga hurmat-ehtiromni ayting. Amir Temur bobomiz Samarqandda yashagan opalarini jahon ayvonining qaysi puchmog'ida lashkar tortib yurishlariga qaramay, oy sayin yo'qlatib turganlar. Imkoni topiidi deguncha, sovg'a-salomlar bilan ziyorat qiiishni kanda qilmaganlar, Bobur Mirzo ham huddi shunday egachilari Xonzoda begimni yilning qaysi fasli bo'lishi-yu, yog'in-sochindan qat'i nazar, haftada bir bor ziyorat qiiishni tark qilmaganlar... Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling