"Kenja qizning javobi" (xanda)
Ona: Qani, men yo'g'imda ne qildinglar, qizlar, hoy?
Shahlo: Uyni supurib, damlab qo'ydim issiq choy.
Ona: Aytgin, sen ham opangday ish qildingmi, hoy Unsin?
Unsin: Oyi men yuvib qo'ydim piyolaning barchasin.
Ona: Qani, nelar qilibdi jajji Hadicha qizim?
Xadicha: Sindirgan piyolamni terib oldim-da o'zim!
O'qituvchi: Barchangizni "Mahalla-tarbiya maskani" mavzusida o'quvchilar tomonidan tayyorlangan rasmlar ko'rgazmasini tomosha qilishga taklif etamiz.
(Ko'rgazmada ishtirok etgan o 'quvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar).
O'qituvchi: So'z navbatini kollejimiz joylashgan hudud mahalla oqsoqoliga bersak.
Do'stlaringiz bilan baham: |