Masala va mashqlar 11-mavzu. Statistik indekslar


Download 121.37 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi121.37 Kb.
#1557501
1   2
Bog'liq
12-mavzu. Statistik indekslar (1)

Dehqon bozorlari

Miqdori, tonna

Bahosi, kg /so’m

iyun

iyul

iyun

iyul

1

100

105

900

1100

2

400

390

1100

1200

3

250

800

700

770

4

350

115

1200

1820

Hisoblang: a) bahoning o’zgaruvchan, o’zgarmas va tuzilmaviy siljishlar indekslarini; b) tegishli xulosa qiling.


9.14-masala. Kichik korxonalar bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori va tannarxi to’g’risida quyidagi ma’lumotlar mavjud:

Kichik korxona

Mahsulot hajmidagi ulushi, %

Mahsulot birligining
tannarxi, so’m

I chorak

II chorak

I chorak

II chorak

1

45

30

280

290

2

25

45

375

370

3

30

25

490

490

Kichik korxonalar bo’yicha quyidagilarni hisoblang:

  1. Alohida indekslarni;

  2. Tannarxning umumiy indekslarini: a) o’zgaruvchan tarkibli; b) o’zgarmas tarkibli; v) tarkibiy siljishlar.

  3. Tegishli xulosalar qiling.

9.15-masala. Konditer fabrikasi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar ma’lum:

Mahsulot turi

Oylar bo’yicha ishlab chiqarilgan, kg

1 kg uchun o’zgarmas baholar,
ming so’m

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

Parvarda
Konfetlar
Shokolod

4800
6450
1400

4950
7110
1600

5000
8100
1750

6410
9000
1500

2,20
4,50
9,60

Yanvar-Aprel oylari uchun konditer fabrikasi bo’yicha mahsulot fizik hajmining bazisli va zanjirsimon indekslarni hisoblang. Indekslarni hisoblashda qaysi vaznlardan (o’zgaruvchan va o’zgarmas) foydalandingiz?


9.16-masala. Fermer xo’jaligining etishtirgan va sotgan mahsulotlari quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi:

Mahsulot turi

Bir birligining bahosi ,
ming so’m

Sotilgan hajm

May

Iyun

Iyul

May

Iyun

Iyul

Gilos, kg
Shaftoli, kg
Sut, l



2,5
3,0
0,9

2,0
15
1,1

1,8
1,0
1,2

4800
1400
1600

2000
6000
1800

500
1000
1700

Yuqoridagi mahsulotlar bo’yicha o’zgarmas va o’zgaruvchan vaznlardagi bazisli va zanjirsimon indekslar aniqlansin. Hisoblangan indekslarni to’g’riligini (noto’g’riligini) bazisli va zanjirsimon indekslarni o’zaro bog’liqligidan foydalanib tekshirib ko’rilsin.


9.17-masala. Joriy yilda tuman savdo korxonalarining tovar oboroti hajmi solishtirma baholarda 140 mlrd.so’mni tashkil qildi. Baholar pasayishi natijasida aholi 7 mlrd. so’mni tejab qoldi.
O’tgan davr tovar oboroti 100 mlrd.so’m ekanligi ma’lum bo’lsa, tovar oborotining fizik hajmi va baho indekslari hisoblansin?


9.18-masala. Tumandagi xo’jalik buyumlari bilan savdo qiluvchi do’konlarning tovar oboroti joriy yilda 19 mlrd.so’mni tashkil etadi va uning fizik hajmi o’tgan davrga qaraganda 5 mlrd.so’mga ortdi. Joriy davrda sotilgan tovarlarni bahosi o’tgan davrga nisbatan 5% past bo’lgan.


Aniqlang: a) tovar oboroti va tovar oborotining fizik hajmi indekslarini; b) baholar pasayishi hisobidan aholi tejab qolgan summani.


9.19-masala. Malika supermarketining joriy davr tovar oboroti o’tgan davrga qaraganda 30 mln.so’mga yoki 20% ga oshgan. Baholar o’sishi natijasida aholi 5 mln.so’m ortiqcha xarajat qilgan.


Aniqlang: a)joriy va bazis davri tovar oboroti hajmini; b) baholar, tovar oboroti va tovar oborotining fizik hajmi indekslarini.


9.20-masala. Joriy davrda o’tgan davrga nisbatan baholar 3% ga o’sgan holda tovar oborotining fizik hajmi 20% ga ortgan. Tovar oboroti qanday o’zgargan?


9.21-masala. Har bir savdo xodimiga to’g’ri keladigan tovar oboroti joriy davrda o’tgan davrga nisbatan 10% ga oshgan. Savdo xodimlari soni o’zgarmay qolsa tovar oborotida qanday o’zgarish bo’ladi?


9.22-masala. Mahsulot tannarxi 2% pasaygani holda, ishlab chiqarish hajmi 20% ga ortsa qilingan umumiy xarajatlar summasi qanday o’zgaradi?


9.23-masala. G’isht zavodida ishlab chiqarilgan mahsulot soni 2 baravarga, ishlovchilari soni esa 40% oshsa bitta ishchiga to’g’ri keladigan mahsulot hajmi qanday o’zgaradi?


9.24-masala. Bank xodimlari soni 20 % ga, ish haqi fondi esa 20% oshsa o’rtacha ish haqi qanchaga o’zgaradi?


9.25-masala. Tikuv tsexida ishlab chiqarilgan bitta ko’ylakning tannarxi joriy davrda o’tgan davrga nisbatan 10% pasaygan, ishlab chiqarilgan ko’ylaklar soni 42% oshgan. Ko’ylaklar ishlab chiqarish umumiy xarajatlari qanchaga o’zgarganligini aniqlang.


9.26-masala. Korxonada mahsulot bir birligini ishlab chiqarish xarajatlari 5% ga pasaygan, umumiy xarajatlar-18%ga. Ishlab chiqarish hajmi qanday o’zgarganligini aniqlang.


9.27-masala. Sotiladigan mahsulotlar hajmi 1,5 marta oshgan, mahsulot bir birligining bahosi esa 8% ga pasaygan. Sotishdan keladigan yalpi tushum summasi qanday o’zgarganligini aniqlang.


9.28-masala. Dehqon bozorida sotilgan xo’l mevalarning narxi 7% ga o’sgan, tovar oboroti hajmi 12% ga pasaygan. Tovar oborotining fizik hajmi qanday o’zgarganligini aniqlang.
9.29-masala. “Fayz-baraka” fermer xo’jaligining ekin maydoni 3% kamaygan, o’rtacha hosildorlik esa 12% ga o’sgan. Yalpi hosil indeksini aniqlang.


9.30-masala. Dehqon bozorida sotilgan go’sht mahsulotlarini narxi 5% pasaysa, miqdori esa 5% oshsa tovar oboroti hajmi o’zgaradimi?


9.31-masala. Talabalarni o’quv yili davomida to’plagan ballari miqdori o’tgan o’quv yiliga nisbatan 12% ga oshgan, talabalar soni esa o’zgarmagan. To’plangan ballar miqdori nima hisobidan oshgan?


Download 121.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling