Masala. XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holatlar
Download 132.22 Kb.
|
O’zbekistonning eng yangi tarixi
Farg'ona fojeasi yuz berdi. XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sobiq ittifoqda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz jarayonlari kuchayib, betartiblik avj olib ketdi. O'z navbatida necha yillar davomida hal etilmagan, xalqning sabr kosasini to'ldirgan muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga sabab bo'ldi. Bunday salbiy holatlar, afsuski, O'zbekistonni ham chetlab o'tmadi. 1989 yilning may oyi ohirlari, iyunning boshlari butun Farg`ona viloyati janjal-to'polonlar alangasi ichida qoldi. Dastlab 23 may kuni boshlangan fojia ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan so'ng Marg`ilon va Qo'qon shaharlariga tarqaldi.
Qadimdan o'zining bag`rikenglik, mehmondo'stlik, mehr-shafqatlilik fazilatlari bilan shuhrat qozongan halq hech qachon birovga nisbatan adovatda bo'lmagan, qo'l ko'tarmagan. Biroq, sobiq ittifoqdagi buzg`unchi kuchlar ta'sirida ana shunday favqulodda kutilmagan fojia sodir etildi va begunoh insonlar qurbon bo'ldi, mingga yaqin kishi jarohatlandi, sakkiz yuzdan ortiq uyga o't qo'yildi, davlat va jamoat idoralarining binolariga ziyon etkazildi. Ommaviy chiqish va to'polonlarda o'ttiz mingga yaqin odam ishtirok etib, yetkazilgan ziyon bir necha million rubldan ortib ketdi. Hukmron partiya va sovet hukumati rahbarlari bo'layotgan bu jarayonlardan manfaatdordek, fojia ildizlarini so'rab-surishtirishni o'ylamas edi. Ular ana shunday betayin pozitsiyasi bilan O'zbekistonda beqaror vaziyatni vujudga keltirish, ohir-oqibatda butun O'rta Osiyoda fuqarolar urushini, qonli fojialarni avj oldirishni ko'zlab yurgan, qizil imperiyani qanday qilib bo'lsa-da saqlab qolishga intilayotgan Markazdagi yovuz kuchlarga yo'l ochib berayotgan edi. Farg’ona fojialari zamirida shovinizmga aloqador sabablar ham bor edi. Bu voqealar, aytish mumkinki, 1986 yili Qozog’iston poytaxti Olmaotada amalga oshirilgan “Metel” operatsiyasining davomi edi. Albatta, ssenariylar shakli, tashkiliy uslubi jihatidan ular har xil bo'lishi mumkin. Biroq, maqsad bitta: mavjud siyosiy tuzumni turli alg’ov-dalg’ovlar, to's-to'polonlar, milliy respublikalardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni chigallashtirish orqali saqlab qolishga harakat edi. Download 132.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling