Masala yechish usullari
Telegram @mirzayev_biologiya
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
energiya va fotosintez YECHISH USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yechimi 1 — Usul
- Javob: A) 540 ; 1116 You tobe kanalimiz : biologiya online maktab Telegram
- Javob: A) 1710 61
Telegram
@mirzayev_biologiya 59. Botir bir sutka davomida qabul qilgan ovqati ratsionida yog‘ va oqsilning miqdori teng, uglevod miqdori oqsil miqdoridan 4,5 marta ko‘p. To‘qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal o‘tishi va ish bajarishi uchun 2548 kkalni tashkil etgan bo‘lsa, uning ovqat ratsionidagi uglevodning (a) miqdorini (gramm) va yog‘ning parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiya (b) miqdorini (kkal) aniqlang. A) a – 540; b – 1116 B) a – 360; b – 744 C) a – 500; b – 1216 D) a – 640; b – 2116 Yechimi 1 — Usul Oqsilni gramini x bilan belgilaymiz. Shunda yogʻ ham x. Uglevod 4,5x. Toʻqima va organlar hayotiy jarayonlari uchun energiyaning 2/3 qismi ketadi. 1) 2548•1,5=3822 bu umumiy energiya 2) 4,1x + 9,3x + (4,5x)4,1 = 3822 x = 120 3) 120•4,5=540 4) 120•9,3=1116 2 — Usul 1) Oqsil - x Uglevod - y Yogʻ - z 2) 4,1x + 9,3z + (4,1y) = 3822 x = z y / x = 4,5 x = 120 oqsil y = 540 uglevod z = 120 yogʻ 3 — Usul 1) Oqsilni 100 gramm deb qabul qilib olaman shunda yogʻ ham 100 g chunki ogʻirligi teng deyilgan. Uglevod esa 450 gramm (100•4,5) 2) 100 • 4,1 = 410 kkal 450 • 4,1 = 1845 kkal 100 • 9,3 = 930 kkal 3) 410 + 1845 + 930 = 3185 4) Oqsil 100 g boʻlganda umumiy 3185 kkal energiya chiqarkan bizda esa 3822 bor 3185 kkal ------- 100 g oqsil 3822 kkal ------- x = 120 g 3185 ------- 450 g uglevod 3822 ------- x = 540 g 3185 ------- 100 g yogʻ 38222 ----- x = 120 g Javob: A) 540 ; 1116 You tobe kanalimiz : biologiya online maktab Telegram @mirzayev_biologiya 60.Temurning tana massasi 70 kg bo'lib, bir kunlik iste'mol qilgan uglevodidan hosil bo'lgan jami energiya 2050 kkalga teng. Ozuqadagi kunlik oqsil va yog' miqdori teng bo'lib, uglevod miqdori ulardan 2,5 martta ko'p. Ovqat hazm qilishga va bir kecha kunduzda bajarilgan ishga sarflangan energiya miqdorini aniqlang. A) 1710 B) 3390 C) 3930 D) 1680 Yechimi 1) 2050 / 4,1 = 500 g uglevod 2) 500 / 2,5 = 200 g oqsil va yog' Oqsil va yoʻgʻ miqdori teng. 3) 200 / 2 = 100 4) 100 • 4,1 = 410 kkal oqsil 5) 100 • 9,3 = 930 kkal yog 6) 2050 + 930 + 410 = 3390 jami energiya 70 kg uchun asosiy modda almashinuvini taminlashga sarflanadiga energiya 1680 kkal 7) 3390 - 1680 = 1710 kkal Javob: A) 1710 61.Komilning ovqat ratsionida oqsil, yogʼ va uglevodning umumiy miqdori 700 g bo‘lib, oqsildan ajralgan energiya 410 kkal ni tashkil etadi. Agar ovqat tarkibidagi yog‘dan hosil bo‘lgan energiya oqsilning parchalanishidan hosil bo'lgan energiyadan 520 kkal ga ko‘p bo‘lsa, bir kecha-kunduzda hosil bo‘lgan jami energiyaning qanchasi (kkal) ertalabki ovqatlanishdan hosil bo'lgan? (Ratsional ovqatlanishning yuqori foiziga amal qilingan) A) 1017 B) 1356 C) 678 D) 508,5 Yechish 1) 410 / 4,1 = 100 g oqsil 2) 410 + 520 = 930 kkal yogʻdan ajralgan energiya 3) 930 / 9,3 = 100 g yogʻ 4) 700 - 200 = 500 g uglevod 5) 500 • 4,1 = 2050 kkal 6) 410 + 930 + 2050 = 3390 Ertalabki ovqat bir kecha kunduzgi ovqat kaloriyasining 25 - 30 % ini tashkil qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling