Масалалар устида ишлаш режаси


Boshlangich sinf matematika darslarida masalalar yechishning pedagogik-psixologik asoslari


Download 65.99 Kb.
bet2/7
Sana13.02.2023
Hajmi65.99 Kb.
#1194837
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4- sinfda tipik masalalar yechishning qulay usullari

1.1. Boshlangich sinf matematika darslarida masalalar yechishning pedagogik-psixologik asoslari.
Masalalar yechish matematika o’qitishning tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan turib matematikani o’zlashtirishni tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Matematikada masalalar yechilish nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutloqo tabiiy yo’lidir. Matematika masalalar yechishning u yoki bu nazariy materiallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim ro’lini ta’kidlab, dasturda shunday deyiladi: «Natural sonlar arifmetikasi va nolni o’rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so’z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qo’llanilishini talab qiladigan u yoki bu masalani echish bilan bog’lanadi». Masala deb, tom ma’noda shunday savolga aytiladiki, uni yechish uchun berilgan sonlar va berilgan sonlar bilan izlangan sonlar orasidagi so’zlar bilan ifodalangan bog’lanishga ko’ra izlangan sonini topishga aytiladi.( 5,6,7).
Bunday masalalar turmushda va har qanday kasbda uchraydi. Hisob kitobga doir masalalarda amallar tanlash masalasi qiyin bo’lmaydi.
Hisob kitobga doir masalalarning ikki xil ahamiyati bor, birinchidan bunday masalalarni yechish arifmetik amallarni bajarish malakalarini hosil qilishga yordam beradi. Ikkinchidan o’quvchilar arifmetika bilimlarini turmush tajribasidan kelib chiqqan masalalarni hal qilishga tadbiq qilishni o’rganadi. Hisob kitob masalalaridan tashqari matematik mazmuni murakkabroq bo’lgan masalalar ham yechiladi. Bunday masalalarning ko’pchilik qismi metod bilan, ya’ni tenglamalar tuzish va yechish bilan hal qilinadi. Arifmetik yo’l bilan yechish esa ziyraklik mulohaza qila bilishni, ozmi ko’pmi tasavvur qila bilishni diqqat qilishni, qiyinchiliklarni yengishda matonatli bo’lishni talab qiladi. Masalalar yechish bilan quyidagi maqsadlarga erishiladi. (5).

  1. O’quvchilar masalalar yechishar ekan, miqdorlar orasidagi bog’lanishni tushunishni, ular orasidagi munosabatni topishni tegishli amalni tanlashni o’rganadilar.

  2. Masalalar shartlarida turmushdagi olingan materialdan foydalanish matematikani hozirgi zamon bilan bog’lashga mustaqil respublikamizning qurilish sohasidagi muvoffaqiyatlarimiz haqidagi o’quvchilarning bilimlarini aniqlashtirishga yordam beradi.

1. Masalalarda ko’pincha matematik tushunchalar, masalan, bo’lishning ikki turi ayirmali va karrali nisbatda orttirish va kamaytirish amallar qo’llanishning turli xil hollarni va hokazolar aniqlandi.

  1. Masalalar yechishda u yoki bu amalning qo’llanishi matematik amallarni mustaxkamlaydi.

  2. Atrofdagi turmushdan olingan masalalarni kishini maktabda olgan bilim asoslarini tushunishda ishlata biladigan qilib tarbiyalaydi.

  3. Masalalar yechish matematika mashg’ulotlariga qiziqish va havas uyg’otishiga yordam beradi.

O’quvchilar sodda masalalar yechish bilan miqdor orasidagi bog’lanishni tushunishni va u yoki bu arifmetik amalni qo’llanishning turli hollarini ko’rsatib, sodda masalalar yechishni takrorlash foydalidir.
qo’shish amali:
1. qo’shiluvchilar berilganda yig’indini topish. 2 berilgan sonni bir necha birlik orttirish kerak bo’lganda ishlatiladi. (8).
Ayirishda ikki sonning berilgan yig’indisi va qo’shiluvchilarning biri bo’yicha ikkinchi qo’shiluvchi (qoldiq) topiladi. Shuning uchun ayirish bilan 1-qoldiqni topishga doir masalar 2-sonni bir necha birlik kamaytirishga doir masalar yechiladi, bu yerda izlangan qo’shiluvchi yig’indini topish uchun bir necha birlik (ayiriluvchi) qo’shiluvchi sondir. 3. Sonning ayirmasini topishga doir masalalar (ayirmasini taqqoslash) echiladi. Bu erda kamayuvchini topish uchun noma’lum qo’shiluvchi berilgan qo’shiluvchiga (ayiriluvchiga) qo’shilgan.(8,9,10)
Butun songa ko’paytirish vositasi bilan quyidagicha masalalar yechiladi:

  1. Teng qo’shiluvchilardan biri (ko’payuvchi) bo’yicha yig’indi (ko’paytma) topiladi.

  2. Berilgan son (ko’payuvchi) ko’paytuvchida nechta birlik bo’lsa, shuncha marta orttiriladi.

Ikki ko’paytuvchining ko’paytmasi (bo’linuvchi) va ko’paytuvchilardan biri bo’yicha bo’lish vositasi bilan ikkinchi ko’paytuvchi topiladi. Butun songa bo’lishda izlangan ko’paytuvchi ko’paytuvchi bo’lishi mumkin, u holda bo’linuvchi butun son, bo’luvchi-butun son bo’linadigan teng bo’laklar soni, bo’linma teng bo’laklardan birining miqdoridir. Masalalarda bo’lishni qo’llashning ikkinchi holi bo’ luvchida nechta birlik bo’lsa, berilgan sonni shuncha marta kamaytirishdan iborat. Sodda masalalarni yechishda amal tanlash markaziy va shu bilan birga eng qiyin masaladir. O’quvchilar sodda masalani echishda masala shartining mazmunini o’zlashtirib olib, izlagan son bilan berilgan son qanday bog’lanishda ekanligini bilib olishlari va bunday masalani yechish uchun amallar tanlab olishlari kerak. Murakkab masalalar yechish uni sodda masalalarga ajratish va uni shu sodda masalalarni yechishga keltiradi. Shuning uchun o’quvchilar sodda masalalar yechishni o’zlashtirib olganlaridan va etarli darajada hisoblash malakalari hosil qilganlaridan keyinginga murakkab masalalar yechishni boshlash mumkin.
Ma’lumki, sodda masalani yechish berilgan sonlar bilan izlangan sonlar orasidagi bog’lanishni topish va orifmetik amallar tanlashdan iboratdir. Murakkab masalalar echishga kirishishdan oldin o’qituvchi bir qator mashqlar o’tkazishi kerak. Bu mashqlar a) izlangan sonni aniqlash uchun savollar tuzish; b) qo’yilgan savolga javob berish uchun ma’lumotlar tanlash; v) masalaning savoliga javob topish uchun amallar ko’rsatishdan iboratdir. Murakkab masalaning echimini quyidagi qismlardan iborat.

  1. Masalaning mazmunini o’quvchilar tushunib olish.

  2. Masalani tahlil qilish va reja tuzish.

  3. Masalani echish va rasmiylashtirish.

  4. Yechishni tekshirish.




  1. Boshlang’ich sinfda masalalar yechishning vazifalari

Boshlang’ich sinfda sodda va murakkab masalalarni yechish malakasini tarkib toptirish bo’yicha birinchi va ikkinchi sinflarda boshlangan ish uchinchi sinfda davom ettiriladi. Uchinchi sinfda, eng oldin, dastur tomonidan birinchi va ikkinchi sinflar kurslariga kiritilgan sodda va murakkab masalalarni yechish ko’nikma va malakalari yanada mustaxkamlanadi. To’gri bunday masalalarni yechishda o’quvchilar bir xonali, ikki xonali, uch xonali sonlar bilangina emas, balki ko’p xonali sonlar bilan xam tegishli xisoblashlar bajarishadi.Bundan tashkari uchinchi sinf kursida bir qator yangi ko’rinishdagi sodda va murakkab masalalar berilgan. Xususan, bu kursda xarakatga doir sodda masalalar, to’g’ri to’rtburchakni bo’yini, enini va yuzini xisoblashga doir masalalar , u eki bu voqeani boshlanish vaqtini xisoblashga doir masalalar berilgan. Murakkab masalalar orasidan xarakatga doir, proporsional bo’lishga doir, noma’lumni ikki ayirma bo’yicha topishga doir tipik masalalarni ajratish kerak.Uchinchi sinfda o’quvchilarning masalalarni tenglamalar tuzish bilan yechish usulini egallashlariga doir asosiy ish amalga oshiriladi.Xususan uchinchi sinfda no’malumni topishga doir sodda masalalarni yechish ko’nikmasi mustaxkamlanadi. Shu bilan birga bolalar ayirma yoki munosabat tushunchalari bilan bog’lik bo’lgan sodda masalalarni va xar xil murakkab masalalarni algebraik yechish usuli bilan birinchi marta uchrashadilar.
Matnli masalalar echish u eki bu tushunchani,munosabatni, xisoblash malakalarini tarkib toptirishdan tashqari, o’quvchilarning bilim doiralarini kengaytirishga, ba’zi miqdorlar va ular orasidagi bog’lanishlarni chuqurroq tushuntirshga imkon beradi.
O’quvchilarning masalani taxlil qilishning umumiy metodini qay darajada egallab olganliklarini va masala echimini mustaqil topishda ularga erdam beradigan vositalarni qanday qo’llana olishlari masalalar yechish malakasini xosil qilishda muxim rol o’ynaydi.Masalaning mazmunini o’zlartirish masalaning qisqa yozuvini bajarish, echish rejasini tuzish, echimni tegishli yozma yoki og’zaki tushuntirishlar bilan yozish, yechimning to’griligini tekshirishdan iborat.
Masala ustida ishlash uning mazmunini o’zlashtirishdan boshlanadi.O’quvchilar masalani o’qib chiqib, unda aks ettirilgan xayotiy vaziyatni aniq tasavvur qila olishlari kerak.Uchinchi sinf o’quvchilari buni mustaqil bajara oladigan bo’ lishlari kerak.
Masalani qisqa yozish malakasini tarkib toptirilishiga birinchi sinfdan boshlaboq katta e’ tibor beriladi. Shu bilan birga, birinchi sinfda masalaning qisqa yozuvi, asosan,o’qituvchi raxbarligida amalga oshirilgan bo’lsa ikkinchi va uchinchi sinflarda bolalarni masalaning qisqa yozuvini mustaqil bajarishga tayyorlash vazifasi qo’yiladi.Shuni eslatib o’tamizki,masalaning sharti qiyin bo’lganda, berilganlar orasidagi bog’lanishlarni tushunib olish qiyin bo’lganda yangi xil masalalarni echishda qisqa yozuv maqsadga muvofiqdir.
Bir qator masalalarni rasm va chizmalar bilan tasvirlash katta yordam beradi. Shuni eslatib o’tamizki, masalalarga chizma yoki rasm yasash uchun biror umumiy ko’rsatma berib bo’lmaydi.Ko’pincha,bir masalaning o’ziga doir grafik tasvirlarni xar xil usul bilan berish mumkin.Shu sababli o’qituvchining vazifasi bu ishga doim raxbarlik qilishdan,grafik model yasashning eng ratsional formalarini tanlashda o’quvchilarga yordam berishdan iborat.
Shunga qaramay masalalarning grafik illyustratsiyalarini yasashga doir ba’zi umumiy tavsiyalarni ifodalashga xarakat qilish mumkin. Grafik illyustratsiya masalaga kirgan miqdorlar orasidagi munosabat va boglanishlarni aniqlashga yordam berishi kerak. Shu sababli,grafik modelni yasashga kirishilar ekan,berilgan va izlanayotgan miqdorlarni tasvirlovchi geometrik obrazlarni shunday joylashtirish kerakki, masalada qaralayotgan miqdorlar orasidagi munosabatlar etarlicha ravshan ko’rinib tursin. Masalani taxlil qilishning umumiy sxemasini keltiramiz.



Download 65.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling