4-sinfda proportsional miqdorli masalalar echishning shakl va yo’llari
4-sinfda o'quvchilar tenglamalar tuzish yo'li bilan masalalarning bir necha xili yechiladi. Avval algebraik usul bilan shunday masalalar yechiladiki, ularda noma'lim qo'shiluvchini, noma'lum kamayuvchini yoki ayriluvchini topish talab qilinadi.
Bu xildagi masalalar bilan ishlashning mohiyatini quyidagi masalani misolida o'rgatamiz: “Vagondan 380 sentener ko'mir tushirilgandan keyin undan tushirilganidan 2 marta kam ko'mir qoldi. Dastlab vagonda necha sentener ko'mir bo'lgan?”.
Keys-stadidagi asosiy muammo
O'quvchilarda masalani analiz qilishga o'rgatish..
Muammoni tasdiqlovchi dalillar
Muammoli vaziyatni tahlil qilishga harakat qilamiz. Quyidagi muammolarni topamiz:
Vagondan tushirilganiga qadar bo'lgan - izlanayotgan ko' mir miqdori;
Undan tushirilgan miqdorni kamaytirish;
Qolgan ko'mirni masala sharti bo'yicha 2 marta kamaytirish;
O'quvchilarda analiz qilishga oid tasavvurini kengaytirish;
Berilgan masala asosida tenglama tuza olishlarini amalda ko'rish.
Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari
Dasrlab vagonda qancha sentener ko' mir bo' lgani;
Vagondan 380 sentener ko'mir tushurilgani;
Qolgan ko'mirni topish;
Berilgan masalani tenglama ko'rinishida yozish.
Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari
o'quvchilarning masala yuzasidan analiz qilishi umunlashtirish;
o'quvchilar masalani tenglama ko'rinishida qanday yozilishini bilib
oladilar;
O'quvchilar noma'lum - izlanayotgan sonni topa oladilar;
Berilgan masala asosida tenglama qanday yechilishini o'rganadilar;
ko'rgazmali qurollardan keng foydalanib, o'quvchilar tasavvuri
kengaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |