Masalalari


Geometrik shakllar va o‘lchashlar


Download 155.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana27.03.2023
Hajmi155.91 Kb.
#1299876
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
x22WnJIc1Kd1UyDHiL5I2Ca3Hfi1V4qKOcI67pU9

Geometrik shakllar va o‘lchashlar
To‘g‘ri chiziqlarning kesishishi natijasida hosil bo‘lgan burchaklarning 
turlarini aniqlash va chizish, bu burchaklarning o‘zaro bog‘liqligini geometrik 
shakllarda, shu jumladan, burchak va kesmalarni o‘lchashga doir muammolarni 
yechishda foydalanish;
Dekart tekisligidagi nuqtalar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish. 
Ikki o‘lchovli shakllarni aniqlash va ularning geometrik xossalaridan 
foydalanish, masalan, perimetr, yuz va Pifagor teoremasiga doir masalalarni 
yechish. 
Tekislikda geometrik shakl almashtirishlar (parallel ko‘chirish va burishlar) 
chizmalarini aniqlash va chizish; 


O‘zaro teng va o‘xshash uchburchaklar va to‘rtburchaklarni aniqlash va 
ularga doir masalalarni yechish 
Uch o‘lchovli shakllarni aniqlash va ularning geometrik xossalarini
sirtining yuzi va hajmiga doir masalalarni yechish; 
Uch o‘lchovli shakllarni ularning ikki o‘lchovli tasvirlari bilan bog‘lash. 
Ma’lumotlar bilan ishlash
Muammolarni hal qilish uchun bir yoki bir nechta manbalardan 
ma’lumotlarni o‘qish va talqin qilish (taqqoslash, xulosa chiqarish). 
Ma’lumot yig‘ishning tegishli tartibini aniqlash; savollarga javob berishga 
yordam beradigan ma’lumotlarni tashkil qilish va taqdim etish. 
Ma’lumotlar 
taqsimotini 
umumlashtirish 
orqali 
uning 
statistik 
xarakteristikalari (o‘rta qiymat, moda, mediana, o‘zgarish kengligini) hisoblash
ulardan foydalanish yoki talqin qilish. 
Statistika va ehtimollik
Elementar va bo‘g‘liq hodisalar uchun: ehtimollikni olingan natijalarning 
nisbatlariga asoslanib aniqlash (masalan, kubchani tashlash yoki qopdan ma’lum 
rangdagi sharni olish);
Tajriba natijalari asosida (empirik) ehtimollikni baholash. 
 
Nazorat savollari:
1. TIMSS xalqaro tadqiqoti dasturining maqsadi va tadqiqot yo‘nalishlari 
qaysilar? 
2. TIMSS–2023 da matematika fanining qamrov doirasini tavsiflang? 
3. Matematika fani mazmun sohalarini tavsiflang? 
4. IV sinfda matematika mazmun sohasi qaysilar? 
5. 8- sinf uchun matematika fanidan TIMSS topshiriqlari fanining mazmun 
sohalari bo‘yicha qanday taqsimlangan?
6. TIMSS tadqiqotlarida VIII sinf uchun matematika fanining mazmun 
sohalari qaysi? 
7. Matematika fanidan TIMSS – 2023 da o‘quvchilar yutuqlari qaysi 
o‘lchov yo‘nalishi bo‘yicha baholanadi? 

Download 155.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling