Masalani yechishning axborot texnologiyasi Reja


Algoritm tushunchasi va uning vazifasi


Download 63.5 Kb.
bet2/3
Sana06.11.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1751927
1   2   3
Bog'liq
Masalani yechishning axborot texnologiyasi

Algoritm tushunchasi va uning vazifasi
Algoritm so’zi o’rta asrlarda paydo bo’lib, buyuk o’zbek mutafakkiri Al-Xorazmiyning (783-855) ishlari bilan yevropaliklarning birinchi bor tanishishi bilan bog’liqdir. Bu ilmiy ishlar ularda juda chuqur taasurot qoldirib algoritm (algoritmi) so’zining kelib chiqishiga sabab bo’ldiki, u Al-Xorazmiy ismining lotincha aytilishidir.
Algoritm deganda, berilgan masalani yechish uchun ma‘lum tartib bilan bajarilishi kerak bo’lgan chekli sondagi buyruqlar ketma-ketligini tushuniladi.
Biror masalani kompyuterda yechishda eng muhim va ma‘suliyatli ishlardan biri qo’yilgan masalani yechish algoritmini yaratish bo’lib, bu jarayonda bajarilishi kerak bo’lgan hamma bo’lajak buyruqlar ketma-ketligi aniqlanadi. Ma‘lumki, kompyuterning o’zi hech qanday masalani yechmaydi, balki dastur ko’rinishida yozilgan algoritmni bajaruvchi hisoblanadi xolos. Shuning uchun, algoritmda yo’l qo’yilgan xato hisoblash jarayonining noto’g’ri bajarilishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida yechilayotgan masalaning xato natijasiga olib keladi.
Biror sohaga tegishli masalani yechish algoritmini yaratish, algoritm to’zuvchidan shu sohani mukammal bilgan holda, qo’yilgan masalani chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Bunda masalani yechish uchun kerak bo’lgan ishlarning rejasini to’za bilish muhim ahamiyatga ega. Shuningdeq masalani yechishda ishtirok yetadigan ob‘ektlarning qaysilari boshlang’ich ma‘lumot (masalani yechish uchun zarur bo’lgan ma‘lumotlar) va qaysilari natijaligini aniqlash, ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishni aniq va to’la ko’rsata bilish lozim.

Algoritmni ifodalash usullari, uning xossalari va O’nga qo’yiladigan talablar
Masalani yechishning algoritmini turli usullar bilan ifodalash mumkin:
- so’z bilan;
- blok-sxemalar shaklida;
- formulalar orqali;
- algoritmik tillar orqali va x.z.
Endi biror usulda tuzilgan algoritmning ayrim xossalari va algoritmga qo’yilgan ba‘zi bir talablarni ko’rib chiqaylik:

  1. Algoritm har doim bir qiymatlidir, ya‘ni uni bir hil boshlang’ich qiymatlar bilan ko’p marta qo’llash har doim bir hil natija beradi.

  2. Algoritm birgina masalani yechish qoidasi bo’lib qolmay, balki turli-tuman boshlang’ich shartlar asosida ma‘lum turdagi masalalar to’plamini yechish yo’lidir.

  3. Algoritmni qo’llash natijasida chekli qadamdan keyin natijaga erishamiz yoki natijaga erishish mumkin emasligi haqidagi ma‘lumotga ega bo’lamiz.


Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling