Masalaning qo’yilishi va uning dolzarbligini asoslash
Download 1.99 Mb.
|
HISOBOT TAYYOR
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI . XULOSA . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI . ILOVA
Mundarija KIRISH ASOSIY QISM 1.1. Masalaning qo’yilishi va uning dolzarbligini asoslash. 1.2. Trenajor dasturiy mahsulot ishlab chiqish va ularning klassifikatsiyasi bo’yicha mavjud manbaalar tahlili. 1.3. Trenajor dasturiy mahsulotlar yaratish vositalari tahlili va ularni mavzuga moslarini ajratish. 1.4. Trenajor dasturiy mahsulot yaratish texnologiyasi. II. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. ILOVA. Hech qachon o’rganishdan to’xtama, Chunki hayot o’rgatishdan to’xtmaydi. (A.Navoiy) KIRISHKompyuter holat trenajorlariga ishlov berishda multimedia texnologiyalarini qo’llash orqali turli noshtatli holatlarni ishlab berish metodikasini qayta ishlab chiqarish va uskunalar yordamida turli amaliy murakkab eksperimentlarni yaratish imkoniyatini amalga oshiradi. Multimedia texnologiyalarini va senariyaga oid modellarni qo’llash, predmet sohasida bilimlarni tasavvur qilish foydalanuvchini idroki va model qonunlariga asoslangan va qator intellektual funktsiyalarga ega, samarali trenajor komplekslarni yaratish va loyihalashtirish yechimini taklif qilishga imkon beradi. Trenajorlar zamonaviy tushunchada bir tipli yoki bir-biriga o’xshaydigan ish harakatli uskunalarda ishlash uchun katta hajmli mutaxassislarni tayyorlashga zarur bo’lgan paytlarda, birinchi navbatda xarbiy muhtojlikda faqat industrial jamiyatda paydo bo’lgan. Ammo o’tgan asrning oxirgi choragida dunyo birlashmasining tezlik bilan hayratda qoldiradigan darajada kompyuterlashtirilishi, birgina inson hayoti uchun emas, balki butun insoniyat xavfi bilan bog’liq ekspluatatsiya, murakkab texnikani yaratilishi bilan, butun industriya – trenajor texnologiyasi paydo bo’ldi. Zamonaviy trenajor va o’rgatishni dasturiy tayyorloviga nazariy tayyorlov bilan birga amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish printsiplari kiritaladi, shunda trenajor o’rganuvchi bilan birga malakasini oshirib boradi. Trenajor texnologiyalari real obhektlarda o’qitishdagi xatolar favqulodda holatlarga olib kelishi, ularni tuzatish esa katta moliyaviy xarajatlarga olib kelishi mumkin bo’lganda rivojlanadi: harbiy ishlarda, tibbiyotda, atom energetikasida, aviatsiya va kosmosda tabiiy ofatlarni bartaraf etishda. Trenajor texnologiyalari hozirgi vaqtgacha yer yuzidagi ishlab chiqarishlarni rivojlangan sohalarida shakllangan. Ushbu mavzuda talabalarga mavzu mazmunini boyitish uchun m odulli tizimga asoslangan didaktik vositalar ishlab chiqish, turli xil maqsadlar uchun ishlanmalar, namoyishlar hamda ularning shakllarini o’zgartirish yoki yangi yaratish bo’yicha dasturiy ta’minotning yangi imkoniyatlari o’rgatiladi. Bitiruv malakaviy ishida keltirib o’tilgan Ma’lumotlar bazasini SQL yordamida boshqarish bo’yicha trenajor dasturiy mahsulot yaratish mavzusi ham aynan manashu yo’nalishda foydalaniladigan didaktik mahsulotlarni yaratishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot imkoniyatlarini o’rganish hamda ular yordamida dars mashg’ulotlari uchun elektron trenajor mahsulot yaratishni nazarda tutiladi. Ushbu sohadagi muammolar va mazkur ishning zarurati. Trenayoj dasturiy mahsulotlar bo’yicha juda ko’plab dasturiy vositalar ishlab chiqilgan, lekin yo’nalish bo’yicha yangi dasturiy instrumentlar ham yaratilmoqdaki, ularni imkoniyatlari yanada kengroq va ko’proq ahamiyat kasb etmoqda. SHunday muammolarni hal qilish maqsadida Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari fanining mashg’ulotlari uchun trenajor dasturiy mahsulot ishlab chiqish ishning asosiy o’zagi hisoblanadi. Bu vazifani bajaruvchi dasturiy vositalar ham o’quvchiga turli tipdagi mulg’timediali didaktik vositalarini yaratish uchun mo’ljallangan dasturiy vositalar imkoniyatlarini ochib berish hisoblanadi. Bu dasturiy vositalarni o’rganishning asosiy sababi ham o’rganuvchilarning mazkur soha bo’yicha tahlim olayotgan talabalarni didaktik vositalar bilan tahminlash hamda fan o’qituvchilarini o’zlari mustaqil didaktik vositalarni ishlab chiqishlari uchun bilim saviyalarini yanada oshirish. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling