Masalaning qo’yilishi va uning dolzarbligini asoslash


Trenajor dasturiy mahsulotlar yaratish bo’yicha mavjud manbalar tahlili


Download 1.99 Mb.
bet4/9
Sana13.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1355587
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HISOBOT TAYYOR

1.2.Trenajor dasturiy mahsulotlar yaratish bo’yicha mavjud manbalar tahlili


Axborot-modellashuvchi o’qitish kompleksi (trenajor) bu inson-operatorning mehnat quroli va o’qitiluvchi faoliyatining sifatini doimiy nazorat qilishni tahminlaydigan «inson-mashina» tizimni boshqarish uchun zarur bo’lgan kasbiy ko’nikmalar va bilimlarni shakllantirish va takomillashtirish uchun mo’ljallangan tashqi muhit bilan o’zaro ishlashga kasbiy tayyorlashning dasturiy-texnik vositasi hisoblanadi.


Muammoni yechishda, trenajor tizimining nazariyasini va amaliyotini nazariy negizi bo’lib hisoblangan, trenajor tizimiga katta hissa qo’shgan vatandosh tadqiqotchilarimiz bor, ular (Abutaliev F.B., Bekmuratov T.F., Kamilov M.M., Yusupbekov N.R., Kasqmov S.S., Gulyamov SH.M., Igamberdiev X.Z., Adilov F.T. i dr.) va chet yelda (Ageykin D.I., Bodner V.A., Verlang’ A. F., Venda V.F., Dozortsev V.M., Dunkan K., Lomov B.F., Perelg’man I.I., Rasmussen Y., Sorkin JI.o., CHistyakova T.B., SHukshunov V.M. va b.)
Avtomatlashtirilgan trenajor-o’rgatuvchi tizimni (ATO’T) yechish masalasi samarali bo’lishi uchun tizim o’zini tarkibiga operatorlarni malakali tanlashni o’tkazuvchi, o’rganayotgan xodimni baholash xarakteristikalash va testlashni, shuningdek, tizimda boshlang’ich va joriy bilim saviyasini aniqlashni kiritish kerak. Taqdim etilgan kerakli axborot tufayli o’rgatish jarayoni indvidual va egiluvchan hisoblanadi, bu esa uni samaradorligini oshiradi.
O’qitishning boshqa vositalariga nisbatan trenajorlarning afzalliklariga yuqori tejamkorlik, o’qitish uchun kam vaqt sarflanishi, o’qitish jarayonini har tomonlama nazorat qilish imkoniyati, trenajor mashqlaridagi vaziyatlarni keng yangilash, trenajor mashqlarini vaqt bo’yicha imkoniyati va o’zgarishi kiradi.
Turli tipdagi trenajorlardan foydalanish tajribasi o’quv-trenajor jarayon vaqtining (3-4 marta) va anhanaviy metodlarni o’qitishga sarflanadigan xarajatlarga nisbatan operatorlarni tayyorlashga sarflanadigan (4-12 marta) vaqtning sezilarli qisqarish imkoniyati to’g’risida dalolat beradi. Amaliyotda turli sohalarda qo’llanilishini hisobga olgan holda trenajorlar vazifasi, o’qitilayotganlar soni, o’qitish printsipi, o’qitilayotganlarni nazorat qilish va baholash metodlari bo’yicha tasniflanadi.
Kompleksli trenajorlar muayyan tipdagi “inson-mashina” tizimining operatorlarini funktsional majburiyatlarini to’liq hajmda birgalikda yoki individual tayyorlashni tahminlaydi. eng keng imkoniyatlarni universal tipdagi trenajorlar o’z iichga oladi.
Teskari bog’lanishli o’qitiladigan komplekslarda operatorga teskari aloqa zanjiri yordamida uning ishlash sifati to’g’risidagi axborot, signallar – zarur ko’nikmalarni tezroq o’zlashtirish imkonini beradigan yordamchi signallar kelib tushadi. Teskari bog’lanishli o’qitiladigan kompleksning turlari bo’lib o’qitiluvchining o’ziga xos xususiyatlariga moslashadigan o’qitishning adaptiv tizimi hisoblanadi. Ushbu o’ziga xos xususiyatlarga muvofiq trenirovkalarni o’tkazish tezligi o’zgaradi va operatorga qo’yiladigan vazifalar murakkablashadi. Bunday tizim o’quvchining harakatlarini nazorat qilish va baholash tizimidan olinadigan Ma’lumotlardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Trenajorlardan foydalanish sohasiga muvofiq sodda ko’nikmalarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan stendli, namunaviy vazifalarni hal etish uchun mahlum algoritmlardan foydalanishda ko’nikmalarni qayta ishlash uchun xizmat qiluvchi trenajorli tizimlar, texnologik turdagi boshqaruv printsiplarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan murakkab o’qitish komplekslarga bo’linishi mumkin. Uchastka bo’yicha o’qitilish sifatida o’qitishning avvalgi bosqichida operator-texnologlarni tayyorlashda alohida apparatlar bilan ishlash ko’nikmalarni egallash uchun trenajorlardan keng foydalaniladi. 1.1-rasmda o’qitiluvchi qurilmalarning tasnifi keltirilgan.

1.1-rasm. O’qitiluvchi qurilmalar tasnifi

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling