Masalaning sharti: Berilgan (d, m, n) o‘lchamlarga asosan bolt, gayka, shaybalarni alohida, hamda biriktirilgan holatlarda A3 formatda chizilsin
Download 0.62 Mb.
|
15 мавзу амалий машгулот (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shpilkali birikma. Masalaning sharti
9-chizma Shpilkali birikma. Masalaning sharti: Berilgan d ва m o‘lchamlarga asosan shpilka, gayka, shaybalarni alohida, hamda biriktirilgan holatlarda A3 formatda chizilsin. Masalani yechish algoritmi: 1. Variantdagi d ning qiymatini formulalarga qo‘yib hisoblaymiz va kerakli o‘lchamlarga ega bo‘lamiz. 2. O‘q chiziqlarni o‘tkazamiz va gabarit o‘lchamlarga asoslanib chizmani joylashtiramiz. 3. Chapdan korinish joylashadigan joy, o‘qlar kesishayotgan nuqtani markaz qilib d diametrli aylana chizamiz. 4. d1=0,85d formuladan foydalanib rezbaning ichki diametrini chizamiz. E’tibor beringki u aylananing taxminan ¾ qismi qadar bo‘lib, ingichka chiziq bilan chiziladi va o‘qlarni to‘rt nuqtada kesib o‘tgani ma’qul. 10-chizma 5. Shpikaning umumiy uzunligini belgilaymiz. 6. Sterjenning har ikkala uchidan ichkari tomonga faska kengligi c, hamda l1 va l0 masofalarni o‘lchaymiz va belgilangan nuqtalardan o‘qqa perpendikular qilib chiziqlar o‘tkazamiz. 7. Faska kengligini beruvchi chiziq sterjen konturi bilan kesishgan joylardan 45˚ burchak ostida kesmalar chiqaramiz. 10-chizma. Shpikali birikma chizmasini chizishda shpika uyasi chuqurligi l1ga e’tibor berish kerak bo‘lib u biriktirilayotgan buyum materialiga bog‘liq holda po‘lat uchun 1d, cho‘yan uchun 1,25d hamda yengil qotishma bo‘lganda 2d qilib olinadi. Shpika uyasida shpikadan keyin qo‘shimcha 0,5d masofa qoldiriladi. Shpika uyasidagi rezba uzunligi qo‘shimcha 0,5d masofaning yarmiga qadar davom ettiriladi. Shpikaning tugashi va shpika uyasining (11-chizma) boshlanishidagi shiziq turlarining o‘zgarishiga diqqat qiling. Bunda tashqi rezbaning ichki rezbaga o‘tishi ro‘y beradi. Keltirilayotgan chizmada uyaga qotirilgan shpilkani chizishdagi geometrik yasashlarning sirkul usuli ko‘rsatilgan, uchburchak chizg‘ich yordamida bajarishni o‘ylab ko‘ring. 12-chizma 4-jadvalda shpilkali birikma uchun o‘lchamlar va variantlar keltirilgan. 12-chizmada vazifani bajarish namunasi ko‘rsatilgan. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling