Masharipova zulfira raximboyevnaning


I.2.Azot saqlagan birikmalarning ionitlarga sorbsiyasi


Download 449.89 Kb.
bet7/26
Sana18.06.2023
Hajmi449.89 Kb.
#1578874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
ASOSIDAGI IONITLARGA AZOT SAQLAGAN BIRIKMALARNING SORBSIYASI

I.2.Azot saqlagan birikmalarning ionitlarga sorbsiyasi

Аholi sonining ortishi bilan ularning ehtiyojini qondirish uchun ishlab chiqarish korxonalarining hajmi ortib bormoqda. Sanoat korxonalarining turli jarayonlarida koʼp miqdorda tabiiy oqova suv ishlatiladi va ishlatilgandan soʼng chiqindi oqova suvlar hosil boʼladi. Tabiiy oqova suvlar sanoat korxonalarida ishlatishdan oldin tayyorlanadi, maʼlum bosqichda hisobiga hosil boʼlgan qattiqligi yumshatiladi.[44]


Respublikamiz sanoat korxonalarida ishlatiladigan sorbentlar chet eldan import qilinadi. Shuning uchun mahalliy xomashyolar asosida ionitlar olish va fizik-kimyoviy xossalarini oʼrganish orqali oqova suvlarni tozalashga qoʼllash dolzarb va katta amaliy ahamiyatga ega. Jahon miqyosida olimlar tomonidan yangi ionitlarning sorbsion xossalari baholashda kinetik va termodinamik taxlillardan keng foydalaniladi.
Sorbsiya kinetikasi jarayonini 5 ta bosqich koʼrinishida taqdim qilish mumkin:
1. Chiqib chiqariluvchi ionlarning eritmadan ionit yuzasiga qarab koʼchishi.
2. Chiqib chiqariluvchi ionlar ionit ichida, funksional guruhlar band qilgan joyga qarab koʼchishi.
3. Ionlarning almashinish reaksiyasi.
4. Chiqib chiqaruvchi ionlarning ionit ichida almashinish joyidan yuzaga qarab koʼchishi.
5. Chiqib chiqarilgan ionning ionit yuzasidan eritmaga qarab koʼchishi.
Butun jarayonning tezligi eng sekin kechadigan bosqich bilan limitlanadi. Ionlar almashmaydigan oʼzaro taʼsirlar holatida ham jarayonning sxemasi sifat va miqdoriy (kinetik) jihatdan ionli almashinish uchun yuqorida keltirilgan sxemadan farq qiladigan bir nechta bosqichlardan tarkib topadi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Yutiladigan zarrachalarning eritmadan ionit granula yuzasiga qarab koʼchishi.
2. Yutiladigan zarrachalarning granula ichida ionlarni biriktiruvchi guruhlar joylashgan joylarga qarab koʼchishi.
3. Yutiladigan zarrachalarning ionlarni biriktiruvchi guruhlar bilan birikmalar hosil qilish reaktsiyasi.
4. Аgar bu birikmalarning hosil boʼlish jarayonida oʼzaro taʼsirlashishning qandaydir bir mahsulotlar hosil boʼlsa, u holda tabiiyki, ular taʼsirlashish joyidan tashqi eritmaga qaytadigan yoʼlni qaytadan bosib oʼtishi lozim boʼladi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda agar birikmaning koordinatsion soni katta boʼlsa, yutiladigan zarracha tomonidan jamlaydigan guruhlarning “qidirilishi” bilan bogʼliq boʼlgan sterik qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Yutiladigan zarrachaning jamlaydigan guruh bilan birikma hosil qilish reaktsiyasining oʼzi birikmaning tabiatiga bogʼliq ravishda turlicha tezlikda boʼlib oʼtishi mumkin [45]
Sun’iy eritmalardan Ca2+ va Mg2+ sorbtsiyasini o’rganishda Lengmyur va Freundlix izoterma modellari qo’llanildi.
Buning uchun statik almashuv sig’imi NaOH bo’yicha 3,6 mg∙ekvg bo’lgan Na+ formadagi donador sulfokationitdan 3g/ml miqdorda 0.1, 0.075, 0.05 va 0.025 Mli Ca2+ va Mg2+ ionlari saqlagan 100 mlli eritmalarida 313 K haroratda, muvozanatga kelguncha (10-12 saotgacha) o’rganildi.

Download 449.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling