Mashg‘lotning maqsadi: Turli materiallar bilan ishlashga o‘rgatish, ijod qilishga o‘rgatish. Dars uchun kerakli jihozlar
Download 14.64 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg\'ulot urug\'lardan applikatsiya tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘lotda foydalanadigan usul
- II.Mashg‘ulotning rejasi : 1.Urug‘lar bilan ishlash. 2. Urug‘lardan turli narsalar tayyorlash. III.Yangi mavzuni tushuntirish qismi.
- Uyga vazifa mavzuni mustahkamlash. IV.Baholash qismi.
Amaliy mashg‘ulot. Urug’lardan applikatsiya tayyorlash. Mashg‘lotning maqsadi: Turli materiallar bilan ishlashga o‘rgatish, ijod qilishga o‘rgatish. Dars uchun kerakli jihozlar: Karton, qog‘oz, yelim, pichoqcha, turli meva va sabzavotlar, daraxtlar urug‘lari, qo‘llanmalar, ko‘rgazmali qurollar. Mashg‘lotda foydalanadigan usul: Bu darsni musobaqa va tanlov tarzida o‘tkazish mumkin. I.Tashkiliy qism: 3 bosqichdan iborat bo‘lib, unda salomlashish, o‘quv xonasining sanitariya-gigienik holati, talabalarning mashg‘ulotga tayyorgarligi, davomat, o‘tilgan mavzuni aniqlash, diqqatni jamlash. II.Mashg‘ulotning rejasi: 1.Urug‘lar bilan ishlash. 2. Urug‘lardan turli narsalar tayyorlash. III.Yangi mavzuni tushuntirish qismi. Yangi mavzu bo‘yicha talabalar savollariga o‘qituvchi javob berganidan so‘ng amaliy ish qismiga o‘tiladi. Talaba o‘quvchilarni atrofimizdagi barcha narsalarga estetik qarashga, o‘sha narsalardan turli ijodiy ishlar tayyorlashga va ularni dekorativ bezashga va zavq olishga o‘rgatmoqlik biz o‘qituvchilar zimmasidadir. Bugungi darsimizda turli meva, sabzavot, daraxtlar urug‘laridan turli narsa, o‘yinchoqlar yasash va tasvirlar hosil qilish ishlari olib boriladi. Applikatsiya usulida turli tasvirlar hosil qilish uchun turli rangdagi va turli shakldagi urug‘lar kerak bo‘lib, shaklni kerakli joylariga, kerakli rangda va shakldagi urug‘lardan foydalanib tasvirlar hosil qilinadi. Ba’zi bir urug‘larni o‘rtasidan bo‘lib ishlatiladi yoki kerakli shakllarga keltirish uchun pichoqchadan foydalaniladi. Urug‘larni karton qog‘ozga elimlash maqsadga muvofiqdir. Ushbu tayyorlangan ishlarni kelgusida maktab mehnat mashg‘ulotlarida ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanishlari mumkin. Urug‘lardan gullar, oddiy naqsh kompozitsiyalari, hasharotlar, hayvonlar, mevalar va multfilm va ertak qahramonlari tasvirini ishlashlari mumkin. Dars “Chaqiriq” usulida olib borilib, o‘qituvchi turli savollar va mavzular bilan turli chaqiriqqa tortadi. Dars davomida o‘qituvchi amaliy yordamlar berib boradi. Talabalar turli shakllarini o‘z fantaziyalari orqali ijodiy ishlaydilar. Mavzu ushbu darsda yakunlanadi va ishlar baholanadi. Uyga vazifa mavzuni mustahkamlash. IV.Baholash qismi. Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi. V.Uyga vazifa berish. Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi. Urug‘lar va ularni ishlatish haqida ma’lumotlar Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug‘lari yordamida xilma-xil applikatsiya ishlarini bajarish mumkin. Ayni bir ishda xilma-xil meva urug‘laridan foydalanish mumkin. Meva va poliz ekinlarining urug‘lari tabiatda keng tarqalgan, to‘plash va saqlash oson bo‘lgan material hisoblanadi. • Urug‘lar meva va poliz ekinlaridan ajaratib olinadi; • ortiqcha narsalardan tozalab yuvib quritiladi; • quritishda urug‘larning shakli buzilmasligi uchun qog‘oz orasiga solib quritiladi; • urug‘lar qurigandan so‘ng akvarel bo‘yoqlaridan foydalanib rang berish mumkin. Download 14.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling