Mashg‘lotning maqsadi: Turli materiallar bilan ishlashga o‘rgatish, ijod qilishga o‘rgatish. Dars uchun kerakli jihozlar


Download 14.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.11.2023
Hajmi14.64 Kb.
#1753703
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot urug\'lardan applikatsiya tayyorlash



Amaliy mashg‘ulot. Urug’lardan applikatsiya tayyorlash. 
Mashg‘lotning maqsadi: Turli materiallar bilan ishlashga 
o‘rgatish, ijod qilishga o‘rgatish.
Dars uchun kerakli jihozlar: Karton, qog‘oz, yelim,
pichoqcha, turli meva va sabzavotlar, daraxtlar urug‘lari,
qo‘llanmalar, ko‘rgazmali qurollar.
Mashg‘lotda foydalanadigan usul: Bu darsni musobaqa 
va tanlov tarzida o‘tkazish mumkin.
I.Tashkiliy qism:
3 bosqichdan iborat bo‘lib, unda salomlashish, o‘quv
xonasining sanitariya-gigienik holati, talabalarning
mashg‘ulotga tayyorgarligi, davomat, o‘tilgan mavzuni 
aniqlash, diqqatni jamlash.
II.Mashg‘ulotning rejasi:
1.Urug‘lar bilan ishlash.
2. Urug‘lardan turli narsalar tayyorlash.
III.Yangi mavzuni tushuntirish qismi.
Yangi mavzu bo‘yicha talabalar savollariga o‘qituvchi
javob berganidan so‘ng amaliy ish qismiga o‘tiladi.
Talaba o‘quvchilarni atrofimizdagi barcha narsalarga
estetik qarashga, o‘sha narsalardan turli ijodiy ishlar
tayyorlashga va ularni dekorativ bezashga va zavq
olishga o‘rgatmoqlik biz o‘qituvchilar zimmasidadir.


Bugungi darsimizda turli meva, sabzavot, daraxtlar 
urug‘laridan turli narsa, o‘yinchoqlar yasash va tasvirlar
hosil qilish ishlari olib boriladi. Applikatsiya usulida turli 
tasvirlar hosil qilish uchun turli rangdagi va turli shakldagi 
urug‘lar kerak bo‘lib, shaklni kerakli joylariga, kerakli 
rangda va shakldagi urug‘lardan foydalanib tasvirlar
hosil qilinadi. Ba’zi bir urug‘larni o‘rtasidan bo‘lib
ishlatiladi yoki kerakli shakllarga keltirish uchun
pichoqchadan foydalaniladi. Urug‘larni karton qog‘ozga
elimlash maqsadga muvofiqdir. Ushbu tayyorlangan
ishlarni kelgusida maktab mehnat mashg‘ulotlarida
ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanishlari mumkin.
Urug‘lardan gullar, oddiy naqsh kompozitsiyalari,
hasharotlar, hayvonlar, mevalar va multfilm va ertak 
qahramonlari tasvirini ishlashlari mumkin.
Dars “Chaqiriq” usulida olib borilib, o‘qituvchi turli
savollar va mavzular bilan turli chaqiriqqa tortadi. Dars 
davomida o‘qituvchi amaliy yordamlar berib boradi. 
Talabalar turli shakllarini o‘z fantaziyalari orqali ijodiy 
ishlaydilar. Mavzu ushbu darsda yakunlanadi va ishlar 
baholanadi.
Uyga vazifa mavzuni mustahkamlash.
IV.Baholash qismi.
Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga
ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari 
baholanadi.
V.Uyga vazifa berish.


Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni
bitkazib kelish aytiladi.
Urug‘lar va ularni ishlatish haqida ma’lumotlar
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug‘lari
yordamida
xilma-xil applikatsiya ishlarini bajarish mumkin. Ayni bir 
ishda xilma-xil
meva urug‘laridan foydalanish mumkin.
Meva va poliz ekinlarining urug‘lari tabiatda keng 
tarqalgan, to‘plash va saqlash oson bo‘lgan material 
hisoblanadi.


• Urug‘lar meva va poliz ekinlaridan ajaratib olinadi;
• ortiqcha narsalardan tozalab yuvib quritiladi;
• quritishda urug‘larning shakli buzilmasligi uchun
qog‘oz orasiga solib quritiladi;
• urug‘lar qurigandan so‘ng akvarel bo‘yoqlaridan
foydalanib rang berish mumkin. 

Download 14.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling