Mashg‘ulot №1 mavzu: “Hayot faoliyati xavfsizligi “faniga kirish hayot faoliyat xavfsizligining tabiat aspektlari
Download 14.55 Kb.
|
1-seminar javobi. hayot faoliyati
MASHG‘ULOT № 1 MAVZU: “Hayot faoliyati xavfsizligi “faniga kirish.hayot faoliyat xavfsizligining tabiat aspektlari. Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar: Xayot faoliyati xavfsizligi fanining ahamiyati va vazifalari. Xayot faoliyati xavfsizligi fanining ahamiyatida qaysi PF va konunlarni bilasiz. Xavf to‘g‘risida tushuncha bering. Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar. Faoliyat nimani anglatadi. Xavfsizlik sistemasini tushuntirib bering. Javoblari: 1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanini o‘qitishdan asosiy maqsad inson va tabiiy atrof muhitni antropogen va tabiiy faktorlardan xavfsizligi va muxofazalanganligini ta’minlashdan iborat. Xayotiy faoliyat xavfsizligi (XFX) tushunchasi ko‘p uchraydigan ta’riflar bilan belgilanib, fan sifatida 80 yillar boshida shakllangan. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy vazifalaridan biri xavfsizlik darajasini mumkin kadar oshirishdan iboratdir. Ushbu vazifa quyidagi uch xil yo‘nalishdagi tadbirlar orqali amalga oshirilishi mumkin:
b) YUqori malakali mutaxassislar va kadrlarni tayyorlash. d) Favqulodda xolatlarni bartaraf etish. 2. Bu moddalar BMTning «Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasining 3, 23-moddalariga hamohangdir. Ya’ni deklaratsiyaning 3-moddasida «Har bir inson yashash huquqiga ega..», 23-moddasida esa «Har bir inson mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli va qulay sharoitlar .huquqiga ega» deb belgilab o'tilgan. O'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish ‘zbekiston Respublikasi «Mehnat qonunlari kodeksi» asosida olib boriladi. Bu me’yoriy hujjat 1996-yilda kuchga kirib, unda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, hamma korxona va muassasalarga mehnat sharoitini yaxshilash, baxtsiz hodisalaming oldini olish uchun zarur choralami ko‘rish kerakligi belgilab berilgan. O'zbekiston espublikasining 1993-yildagi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunida ishlovchilaming mehnatini va sog'lig'ini ta'minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarida mehnat muhofazasini tashkil etishning yagona tartibini o'rnatishga qaratilgan. 3. Xavflar - yashirin va xaqiqiy bo‘ladi. YAshirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo‘lishi lozim. Bu shartlar sabab deb ataladi. Xavf va sabablarni misollarda ko‘rish mumkin; 1. So‘nggi 30 yil ichida tabiiy ofatlar ikki marta ko‘paygan. 2. 1909 yildan 1974 yilgacha asab kasalliklar 24 marta ko‘paygan. 3. Dunyoda 500 mln. ga yaqin nogironlar bo‘lib, ularning 1/5 qismi baxtsiz xodisa natijasida bo‘lgan.Xavflar kelib chiqishi bo‘yicha; tabiiy, texnik, antropogen, ekologik va aralashbo‘ladi. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo‘yicha fizik, kimyoviy,biologik va ruxiy turlarga bo‘linadi. Kelib chiqadigan oqibatlari bo‘yicha - charchash, kasallanish, jaroxatlanish, xalokatlar, yong‘inlar va o‘limga olib boradigan xavflarga farqlanadi. Xavfni namoyon bo‘ladigan muxiti buyicha - maishiy, sport, yul transport, ishlab chiqarish va xarbiy. 4. Faoliyat — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat F. zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning , har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, F. shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy F. (insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy F. (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish); maʼnaviy F. (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va boshqa sohalardagi F.). 5. Xavfsizlik sistemasi - bu xavfsizlikning murakkab masalalarini xal qilish yo‘llarini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig‘indisidir. Sodir bo‘lgan xavflar bilan sabablar o‘rtasida sabab-oqibat aloqasi bor. O‘z yo‘lida bir sabab ikkinchisi sababiy oqibat bo‘lib chiqadi. Shunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon sistema yaratadi. Download 14.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling