Kaptarlar urug‘ining ayrim turlarini aniqlash jadvali
1 (2) Qanotlarida oq dog‘lar bor, lekin qora ko‘ndalang – targ‘il chiziq yoki dog‘lar bo‘lmaydi. Bo‘ynining yon tomonlarida oqchil dog‘lari bor.
Gov kaptar – Columba palimbus L.
O‘zbekistonning faqat tog‘ o‘rmonlarida uya quradi.
2 (1) Qanotlarida va bo‘ynida oq dog‘lar bo‘lmaydi. Qanotlarida va bo‘ynida oq dog‘lar bo‘lmaydi. Qanotlarida qora ko‘ndalang chiziqlar yoki qora dog‘lar bo‘ladi.
3 (4) Dumining uchi oldida serbar ko‘ndalang oq chiziq bor.
Tog‘ kaptari – Columba rupestris Pallas
Respublikamiz tog‘li tumanlarining sharqiy qismida uchraydi.
4 (3) Dumining uchi oldida serbar ko‘ndalang oq chiziq yo‘q.
5 (6) Jig‘ildon va bo‘yin patlarida metallsimon yaltiroq rang bor. Qanotlarida 2 ta qoramtir chiziq bor. Tumshug‘i qora.
Ko‘k kaptar – Columba livia L.
Respublikamizda keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |