Qirg‘ovullar oilasining urug‘lari va turlarini aniqlash jadvali
1 (2) Qanoti 240 mm gacha. Dumi qanotidan uzun, o‘tkir, ponasimon (250 mm dan oshadi). Yon rul patlari o‘rtadagilardan ancha kalta.
Qirg‘ovullar – Phasianus L.
Turi oddiy qirg‘ovul – Phasianus colchicus L.
O‘zbekistondagi hamma to‘qayzorlarda tarqalgan.
2 (1) Dumi ancha kalta va ponasimon emas. Qanotidan kalta bo‘lib, 220 mm dan oshmaydi. Yon rul patlari o‘rtadagilariga deyarli teng.
3 (4) O‘lchami katta, qanoti 240 mm dan, tsevkasi 60 mm dan uzun.
Ularlar – Tetraogallus Gray
Turi Himolay ulari – Tetraogallus himalayensis Gray. O‘zbekistondagi baland tog‘larda – Tyanshan, Turkiston tizma tog‘i va Boysun tog‘ida yashaydi.
4 (3) O‘lchami kichik, qanoti 200 mm dan, iligi 60 mm dan oshmaydi.
5 (6) Oyoqlari to‘q qizil rangda. Bo‘yni qora halqa bilan o‘ralgan. Katta qoquv patlarining yelpig‘ichlarida ko‘ndalang chiziqlar yo‘q, bir xil rangda.
Kakliklar – Alectoris Kaup.
Turi kaklik – Alectoris kakelik Falk. O‘zbekistondagi hamma tog‘li tumanlarda yashaydi.
6 (5) Oyoqlari boshqacha rangda, bo‘ynida qora halqasi yo‘q. Katta qoquv patlarining yelpig‘ichlari ko‘ndalang chiziqli bo‘ladi.
7 (8) Qanoti 120 mm dan uzun. Rul patlari 6 juft.
Cho‘l tovuqchalari – Ammoperdix Could.
Bitta turi – chil kaklik – Ammoperdix griseogularis Brandt bor. U Mang‘ishloq, Ustyurt, Qizilqum tog‘lari, Nurota, Turkiston va Zarafshon tizma tog‘lari etaklarida tarqalgan.
8 (7) Qanoti 120 mm dan, iligi 30 mm dan kalta, rul patlari ustidan yopqich patlar bilan to‘liq qoplangan.
Bedanalar – Coturnix Bonnat.
Turi bedana – Coturnix soturnix L. O‘zbekistonda keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |