MashG‘ulot-26
Download 38.57 Kb.
|
MASHG‘ULOT-26. Qushlar sinfi vakillarini aniqlash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsadi
mashG‘ulot-26. Qushlar sinfi vakillarini aniqlash. Kerakli materiallar va jihozlar: o‘lkamiz faunasida keng tarqalgan chumchuqsimonlar, tovuqsimonlar, kaptarsimonlar va qizilishtonsimonlar turkumlariga kiruvchi qushlar kollektsiya materiallari (20-30 ta turga kiruvchi qush tulumlari), qushlarni aniqlash bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, kerakli o‘lchamlarga ega bo‘lgan (50 sm li lineyka yoki oddiy o‘lchov lentasi) lineykalar, shtangentsirkul yoki tsirkul. Mavzuning maqsadi: O‘zbekistonda keng tarqalgan va turli sistematik guruqlarga kiruvchi qushlar vakillarini kollektsiya materiallari asosida aniqlagichlar yordamida o‘rganish. Ishning mazmuni Іozirgi kunda qushlar sinfiga 40 ta turkumga mansub bo‘lgan 8500 dan ortiq turi kiradi. MDІda esa 24 ta turkumga kiruvchi 800 ga yaqin qush turlari uchraydi. Respublikamizda qushlarning 432 ta turi borligi aniqlangan. Qushlar sinfi ikkita kenja sinfga bo‘linadi: 1-kenja sinf. Birlamchi qushlar yoki kaltakesak dumlilar – Saururae. 2-kenja sinf. Haqiqiy qushlar yoki Yelpig‘ich dumlilar – Orniturae. Birlamchi qushlar kenja sinfi vakillari qirilib ketgan. Ular yura davrida keng tarqalgan. Haqiqiy qushlar kenja sinfi o‘z navbatida uchta katta turkumga bo‘linadi: ko‘krak tojsiz qushlar (Ratitae), pingvinlar (Impennes) va ko‘krak tojli qushlar (Carinatae). Qushlarni aniqlashga kirishishdan oldin tanasidagi pat-par qoplamining nomlarini va ularning o‘lchamlarini yaxshilab o‘rganish lozim. Buning uchun 98-rasmdan foydalaniladi. Quyida O‘zbekistonda keng tarqalgan va biologik qamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘krak tojli qushlar katta turkumining chumchuqsimonlar, tovuqsimonlar, kaptarsimonlar va qizilishtonsimonlar turkumlariga kiruvchi qushlar vakillarini kollektsiya materiallari asosida o‘rganilib aniqlagichlari keltiriladi. Download 38.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling