MashG‘ulot-26


G‘urraklar urug‘ining ayrim turlarini aniqlash jadvali


Download 38.57 Kb.
bet11/11
Sana02.01.2022
Hajmi38.57 Kb.
#190147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MASHG‘ULOT-26. Qushlar sinfi vakillarini aniqlash.

G‘urraklar urug‘ining ayrim turlarini aniqlash jadvali

1 (2) Tanasining orqa tomoni bir xil rangda, chetida tangachasimon oq rangli patlar bo‘lmaydi. Bo‘ynining orqasida qora rangli yarim halqa bor.

Musicha – Streptopelia senegalensis L.

Respublikamizda keng tarqalgan.

2 (1) Tanasining orqa tomoni bir xil rangda bo‘lmay, o‘rtasi qoramtir, chetlarida oqish tangachasimon patlari bor.

3 (4) Iligi 25 mm dan kalta. Birinchi katta qoquv patining tashqi yelpig‘ichi oq rangda.

Ғurrak – Streptopelia turtur L.

O‘zbekistonda keng tarqalgan.



Qizilishtonsimonlar (Piciformes) turkumi

Kichik va o‘rtacha kattalikdagi qushlar bo‘lib, asosan daraxtda yashashga moslashgan. Ikkita barmog‘i oldinga, ikkita yoki bitta barmog‘i orqaga qaragan. Keyingi barmoqlarining bittasi yon tomonga burilishi mumkin. Tumshug‘i uzun, to‘g‘ri va o‘tkir iskanaga o‘xshash. Rul patlari qattiq. O‘zbekiston faunasida bitta – qizilishtonlar (Picidae) oilasining turlari tarqalgan.



Qizilishtonlar oilasining urug‘larini aniqlash jadvali

1 (2) O‘rtadagi rul patlari uzun, uchi qattiq va o‘tkirlashgan. Burun teshiklari qilsimon pat bilan qoplangan.

Ola qizilishtonlar – Dendrocopos Koch.

Turi oq qanotli qizilishton – Dendrocopos leucopterus Salvad. O‘zbekistondagi hamma daraxtzorlarda uya quradi.

2 (1) O‘rtadagi rul patlari uzun emas, uchi yumshoq, tekis. Burun teshiklari pat bilan qoplanmagan.

Burmabo‘yinlar – Junx L.



Turi burmabo‘yin – Junx torquilla L. O‘zbekistonda bu qush uchib o‘tishi davrida uchraydi.

Ish tartibi:

Qushlar sinfidan Respublikamizda keng tarqalgan chumchuqsimonlar, tovuqsimonlar, kaptarsimonlar va qizilishtonsimonlar turkumlarining ayrim oilalari, urug‘lari va turlarini kollektsiyalardan foydalangan holda aniqlagichlar asosida o‘rganib, sistematik qolatini albomingizga yozib oling.
Download 38.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling