Chumchuqsimonlar (Passeriformes) turkumi
Asosan mayda va o‘rtacha kattalikdagi qushlar hisoblanadi. Tumshug‘i yashash sharoitiga va oziqlanish usuliga ko‘ra har xil kattalikda va turli shaklda bo‘ladi. Katta qoquv patlari 10-11 ta, lekin bulardan birinchisi, odatda reduktsiyalangan. Tsevkasi pat bilan qoplanmagan. Barmoqlari 4 ta bo‘lib, 3 tasi oldinga, 1 tasi orqaga qaragan. Hamma barmoqlari tsevkasiga nisbatan bir xil balandlikda joylashgan.
O‘zbekiston faunasida chumchuqsimonlarning 21 ta oilasining vakillari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |