-o‘q otish vaqtlarida, o‘qning me’yoridan tashqari yo‘nalishini o‘zgartirganida.
Avtomatning umumiy ko‘rinishi
Jangovar holatlarda imkon qadar qurollarni me’yoriy jang holatiga keltirishni yo‘llarini qilish kerak.
Qurolni jangovar qolatiga keltirishdan oldin uni diqqatlik bilan ko‘zdan kechirib chiqish kerak va nosozligini payqab qolinsa o‘rnida bartaraf qilish kerak.
Qurollarni me’yoriy jang holatiga keltirish va tekshirish vzvod komandiri boshchiligida, o‘qotar maydonlarida shamol bo‘lmaganida, yopiq tirlarda, bo‘lmasa o‘qotar maydoninig shamoldan saqlangan va yorug‘ligi etarli bo‘lgan hududlarida amalga oshiriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlar (qism komandirigacha bo‘lgan shaxslar) qurollarni me’yoriy jang holatiga keltirish qoidalariga amal qilishlarini nazorat qilishga majburdir.
Qurollarni me’yoriy jang holatiga keltirishda komandirlar tanlagan eng yaxshi merganlar tomonidan amalga oshiriladi.
Qurollarni me’yoriy jang holatiga keltirishda qurolga biriktilgan shaxs, qurollar ustasi o‘ziga keraklik anjomlari bilan qatnashishi kerak.
Avtomatni me’yoriy jangovar holatiga keltirishda bir xil partiyadan iborat patronlardan foydalaniladi.
Masofa 100 metr, nishoncha holati “3”.
Otish holati – yotib qurolni elkaga tiragan holda.
Avtomatdan yotib o‘t ochish holati
O‘q otish tekshiruv nishonlariga otiladi (agar tekshiruv nishoni bo‘lmasa eniga 25 sm, bo‘yiga 35 sm to‘rtburchakka) tekshiruv
nishoniga o‘q otilayotganida nishon nuqtasi mo‘ljal nuqtasi uning pastdan o‘rtasi hisoblanadi.
Nishonning o‘rta pastki qismi mo‘ljalga olinadi. Nishon otuvchining ko‘z balandligi darajasida o‘rnatilishi lozim.
IV. AVTOMATNI ME’YORIY URISH HOLATGA KELTIRISH
Avtomatni jangovar holatini tekshirish uchun otuvchi tekshiruv nishoniga qarata 4 dona o‘q uzadi.
Agar to‘rtta yoki uchta (bittasi chiqib ketsa) o‘q yig‘imi 15 sm li doira ichida joylashgan bo‘lsa, jangovar holati me’yoriy deb hisoblanadi.
Agar otilgan o‘qlar yuqorida ko‘rsatilgandek qoiniqarli bo‘lmasa, otishma qaytariladi.
Agar tekkan o‘qlarning yig‘imi me’yoriy deb hisoblansa, o‘rta tegish nuqtasi topiladi.
O‘rta tegish nuqtasini topish
-ikkita yaqin o‘q tekkan nuqtalar to‘g‘ri chiziq bilan tutashtiriladi va teng ikkiga bo‘linadi.
-teng ikkiga bo‘lingan chiziqning o‘rtasidan uchinchi yaqinrok joylashgan o‘q urniga to‘g‘ri chiziq tortamiz va uni teng uchga bo‘lamiz;
-teng uchga bo‘lingan chiziqning birinchi chiziqqa yaqin bo‘lgan nuqtasidan to‘rtinchi o‘q urniga to‘g‘ri chiziq tortamiz va uni teng to‘rtga bo‘lamiz.
To‘rtga bo‘lingan chiziqning ikkinchi chiziqqa yaqin bo‘lgan kesilmasi o‘rta tegish nuqtsi bo‘lib hisoblanadi.
Agar to‘rtta otilgan o‘qlar 15 sm, aylanaga joylashmasa (bittasi chiqib ketgan hollarda), u holda uchta bir – biriga yaqin joylashgan o‘qlar o‘rni bilan aniqlanadi.
3-o‘quv savoli O‘q otish vaqtida avtomatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklar va ularni bartaraf etish usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |